Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet42/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Ma’ruza№10,11


Mavzu:Qadimgi Sharqiy o‘rta Yer dengizi davlatlari

Reja:




  1. O‘rta yer dengizi davlatlari.

  2. Finikiya davlati va yozuvi

  3. Isroil – Yahudiy podsholigi.

  4. Xorij bosqinchilariga qarshi kurash

  5. Sharqiy O`rta yer dengizi madaniyati.



O‘rta yer dengizi davlatlari. Taxminan er.av. XXII asrda, Akkad davlati qulaganidan keyin O‘rta Yevfratga yaqin yerda joylashgan Jabal Bishri tog’i va Suriya chegaralarini yangi som ko‘chmanchilari – sutilar (bungacha Quyi Mesopotamiyaning janubiy chegaralarida yashagan) egallaydilar. Mesopotamiyaliklar belgilagan “amoreylar” nomi shularga taaluqli bo‘lib, fanda ham shu nom bilan tanilganlar.
Er.av. XXI asrning ikkinchi yarmida suti-amoreylar butun Suriya-Falastindan o‘tib, mintaqaning shimoliy qismiga zich joylashadilar. Shu vaqtdan boshlab Sharqiy O‘rta yer dengizi tarixining O‘rta bronza deb nomlanuvchi davri boshlanadi.
Er.av. XIX asrning oxirida suriya amoreylaridan bir qabila guruhi Yamxad deb nom chiqargan katta davlat tuzishga harakat qiladi. Uning asoschisi xatto o‘z qarorgohiga ham ega emasdi, ammo Mari shohi bilan tenglarcha yozishma qilib, butun Shimoliy va qisman Janubiy Suriyani nazorat qilgan. Bobillik Xammurapi va marilik Zimrilimaning zamondoshi va ittifoqchisi ikkinchi hukmdor Yamxada podsho unvonini olib, Xalpuni (Aleppo, hozir Xaleb) o‘z poytaxti qiladi.
Yamxad Mari bilan keng savdo qilar, bu davlatni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (non, zaytun moyi, uzum vinosi va asal) bilan ta'minlar edi. Shuningdek matolar berar va o‘rniga qalay olardi.
Er.av. XVIII asr oxirida butun Sharqiy O‘rta yer dengizi bo‘ylab shimoldan janubgacha bu vaqtga kelib Hosildor Yarim oy mamlakatlari bo‘yicha keng joylashayotgan xurrit qabilalari o‘tadilar. Amorey Yamxadi xurritlarning “buyuk podsholigi”, ta'sir doirasi Tavrga qadar yoyilgan Xalpa bilan almashadi.
Er.av. XVII asr boshi va XVI asr oxirida Shimoliy Suriyani xettlar nazorat qilar, XVI asr oxiriga kelib esa u Mitanniga bo‘ysungan.
Falastin va Janubiy Suriya giksoslar Misrdan haydalgach va Sharuxen yiqilishi bilan Misr fir'avni Yaxmos I qo‘l ostiga o‘tadi. Shunday qilib, er.av. XVI asr oxirida Sharqiy O‘rta yer dengizi Misr bilan Mitanni o‘rtasida bo‘lib olingan.
Metallurgiya va boshqa hunarmandchiliklardagi o‘zgarishlar (xususan, finikiyaliklar tomonidan qirmizi rang ishlab chiqarishning ochilish) keyingi bir necha yuz yillikni (er.av. XVI-XII asrlar) Suriya-Falastin tarixining So‘ngi bronza davri nomi ostida ajratib ko‘rsatadi.
Uning birinchi yuz yilligi Misr va Mitanni o‘rtasidagi Sharqiy O‘rta yer dengizini nazorat qilish uchun bo‘lgan to‘xtovsiz kurash bilan o‘tadi.
Er.av. XIII asrning birinchi choragidagi yangi Xett-Misr urushlaridan keyin, bir yarim asr ilgari bo‘lganidek, tomonlar yana tinchlik bilan Sharqiy O‘rta yer dengizini bo‘lib oladilar. Suriyaning katta qismi, Kadet va Amurruni ham qo‘shganda, xettlarga, Janubiy Finikiya, Damashq va Falastin esa Misrga tegadi. Bu davrning odatdagi shahar-davlati Ugarit hisoblanib, u Ikkidaryo oralig’i, Misr va Kichik Osiyo bilan, Falastin hamda dengiz orti mamlakatlari bilan keng savdo olib borardi.
Ugarit davlatining taraqqiyoti er.av. XV asr oxiri va XIV asr boshiga kelib pasayadi. Mamlakatning barcha ozod aholisi uch tabaqaga bo‘linar edi: 1. “Ugarit mamlakati o‘g’illari” mavqei borgan sari pasayib borayotgan dehqon-jamoachilar. 2. Shohdan yer maydonlari oluvchi yaqinlari - “Shoh qullari”. 3. O‘z yerlariga ega bo‘lmagan va amaldorlar yerlarida o‘tirgan - “Shoh qullari qullari”. Bular o‘z yeri va jamoadan ajragan, kasod bo‘lgan dehqonlar bo‘lgan.
Er.av. XII asr boshida Sharqiy O‘rta yer dengiziga egey-anatoliya xalqlari (Misr manbalarida “dengiz xalqlari” deyilgan) bosib kiradi. Kelgindilar asta-sekin mahalliy aholi “filistim”larga, ya'ni “peleset”ga qo‘shilib boradilar. Shu so‘zdan Falastin nomi kelib chiqqan.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling