Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet43/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Finikiya shaharlariga “dengiz xalqlari” bosqinidan so‘ng o‘ziga kelib olishlari uchun ko‘p vaqt talab etilmadi. Qadimgi Finikiya hududlari hozirgi zamonaviy Livan hududlariga to‘g’ri keladi21
Er.av. XII asrdayoq Sidon qayta qurib bo‘lindi, undan chiqqan bir guruh odamlar Tirni egallab, obodonlashtiradilar (shundan keyin barcha finikiyaliklarni “sidonliklar” deb ataldilar).
Er.av. XII asrda Misrning Osiyodagi hokimiyati kuchsizlanib, yo‘qoladi va keyingi o‘n yilliklarda finikiyaliklar (avvalo “sidonliklar”ning Tir podsholigi) mustaqil ravishda G’arbiy O‘rta yer dengizini buyuk finikiya mustamlakalashtirishi deb nomlangan jarayonni amalga oshiradilar. Keyin Tir Sidonni va boshqa shaharlarni bo‘ysundiradi va butun Janubiy–markaziy Finikiya va Tir-Sidon davlatini birlashtiradi. Bu davlat o‘z rivojining eng cho‘qqisiga shoh Axiram (Xiram, er.av.969-936yy.) vaqtida chiqadi. Finikiyaning eng asosiy shaharlari: Tir, Sidon va Bibl Misr va Bobil mollarini Gretsiyaga, yunon mollarini esa Sharqqa sotib, tranzit savdo orqali boyir edi. Finikiya zargarlarining asboblari (tilla va kumush kosalar, taqinchoqlar, fil suyagidan yasalgan bezaklar va b.) Sharqda va antik dunyoda yuqori baholangan. Finikiyaliklarning savdosi qaroqchilik bilan barobar olib borilgan.
Mintaqaviy Suriyaning tarixi bu mintaqaga bostirib kirib, unga er.av. XI asrning ikkinchi yarmida joylashgan oromiylar bilan belgilanadi. Suriya oromiylarining asosiy markazi Damashq vohasi bo‘lib, u yerda er.av. X-VIII asrlarda ularning katta davlati (Aram-Damashq) mavjud edi. Uning iqtisodi rivojlangan qora molchilik, Yaqin Sharqda mashhur qurol ishlab chiqarish va jun tranzit savdosiga asoslangan edi.
Bir muddat butun Sharqiy O‘rta yer dengizi Damashq hokimiyati ostida bo‘lib qolgan. Ammo Damashq podsholigi kuchi mustahkam bo‘lmay, og’ir va holdan toydiruvchi urushlar tufayli Er.av. IX asr oxirida Ossuriya shohi Adad-nerari 3 tomonidan bosib olinadi va talanadi (o‘lja sifatida juda ko‘p miqdorda temirni qo‘lga kiritadi).

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling