Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Qadimgi Arabiston tarixi manbalari va tarixshunosligi


Download 1.44 Mb.
bet46/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Qadimgi Arabiston tarixi manbalari va tarixshunosligi. Arabiston yarim orolining qadimgi tarixiga oid manbalar to`rt asosiy qismdan iborat: Epigrafik ma’lumotlar,ashyoviy yodgorliklar,yozma manbalar,antik mualliflar ma’lumotlari.

Janubiy Arabistonning tosh, jez, sopolga yozilgan va o`z mazmuniga ko`ra, ikki guruhga bo`linadigan davlat hujjatlari (podsho farmonlari, podsholarning harbiy va ichki siyosatga oid yozuvlari) va xususiy-huquqiy qabrtosh lavhalari, sun'iy sug`orish inshootlaridagi yozuvlardan 2500 tasi saqlanib qolgan.
Arxeologik qazishmalar bizga boy ma’lumotlar beradi. Qadimgi Saba podsholigining bosh shahri Marib xarobalari (Yaman Arab Respublikasi poytaxti Sanaga yaqin joy) o`rganildi. Shahardan saroy qoldiqlari, devorlar va haykallar topildi. Shaharning g`arbidagi ulkan Marib to`g`oni qoldiqlari kishini hayratga soladi. Kataban poytaxti Timna shahri ibodatxonalari, nekropol va qal’a qoldiqlari qazib ochildi. Nabatey podsholigi poytaxti Petra shahridan me’morchilik inshootlari va haykallar topildi.
Bundan tashqari, Arabiston va arablar to`g`risidagi qisqa ma’lumotlar Osuriya, Yangi Bobil, Eron manbalari va Bibliyada uchraydi. Antik tarixchilar Gerodot (er. avv. V asr)ning «Tarix» asarida, Feofrastning (er. avv. IV asr) «O`simliklar tarixi», Diodorning (er. avv. I asr) «Tarixiy kutubxona» va Strabonning (er. avv. I asr) «Geografiya» kabi asarlarida qadimgi Arabiston to`g`risida qator ma’lumotlar bor.
Arabiston tarixi XIX asrdan o`rganila boshlandi. Dastlab epigrafik yozuvlar tadqiq qilindi. XX asrda Belgiya, Fransiya, Avstriya va AQShda Arabiston xalqlarining geografiyasi, madaniyati, dini va xronologiyasiga bag`ishlangan qator tadqiqotlar e’lon qilindi.
3. Shimoliy Arabiston. Qadimda Shimoliy Arabiston, Suriya va Mesopotamiya cho`llarining keng hududlarida odamlarning asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lib, it, eshak, yirik shoxli qoramollar boqilgan. Bu hududda yashagan urug` va qabilalar qabilalar ittifoqi va kichik davlat birlashmalarini shakllantirdilar. Ularning hokimlari Osuriya hujjatlarida «podsho» deb ataladi. Qadimgi davlat birlashmalari asta-sekin harbiy san’atni va qo`shinlarni shakllantirdi. Jangchilar tuyaga ikki kishidan minib, jang qilganlar. Arablar o`zlarining kuchli qo`shnilari Misr, Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`ining kichik davlatlari va Osuriya bilan xalqaro ziddiyatlarga tortildilar.
Er. avv. 853-yilda Qarkara yonidagi bo`lgan jangda osuriyaliklar arablar ham kirgan koalitsiya qo`shinlarini tor-mor keltirdilar. Arablar Osuriyaning Misrga qarshi yurishida asosiy to`siq bo`ldi. Bir necha arab qabilalari Osuriya tomonidan bo`ysundirildi. Arablar Osuriyaning raqiblari-Misr va Bobil bilan ittifoq tuzdilar. Osuriya er. avv. VII asrning 40 yillarida arab qabilalarini to`liq bo`ysundirishga erishdi. Yangi Bobil podsholigi ham Arabiston yarim orolida o`rnashib olishga urindi. Bobil podshosi Nabonid Shimoliy Arabistonning bosh markazlaridan biri Teymu shahrini bo`ysundirib, uni o`z qarorgohiga aylantirdi. U bir necha qo`shni arab qabilalarining shahar va vodiylarini o`ziga bo`ysundirdi. Er. avv. VI asrda Eron davlatining kuchayishi va uning bosqinchilik yurishlari rejasi Arabiston yarim orolining shimoliy qismida forslarning arablar bilan aloqa o`rnatishiga olib keldi. Shartnoma bo`yicha, fors podshosi Kambiz er. avv. 525-yil Misrga yurish vaqtida arab nabateylari yeridan o`tish huquqini va sahrodan o`tish davrida ulardan fors qo`shinlarini suv bilan ta’minlashga roziligini oldi. Arab qabilalari Ahmoniylar Eroniga bir yilda ming talant (30 tonna) miqdorida xiroj to`lash majburiyatini oldilar. Arablar harbiy yurishlar davrida fors qo`shinlari tarkibiga kiritildilar. Ular yunon-fors urushlari davrida fors qo`shinlari tarkibiga kirdilar. Arablar G`azo shahri uchun jangda (er. avv. IV asr) yunon-makedon qo`shinlariga qattiq qarshilik ko`rsatdilar. Iskandarning Misrga yurishi davrida arab qabilalarining ko`pchiligi yunon-makedonlarga bo`ysunmadi. Shu sababli, Iskandar Sharqqa yurishini tugatgach, unga bo`ysunganliklarini bildirib, elchi yubormagan arablarga qarshi yurish qilishni rejalashtirdi. Lekin bu reja amalga oshmay qoldi. Arablar Rim davlati bilan ham aloqada bo`ldilar. Rimliklar er. avv. 106-yillar atrofida Yamanga suqilib kirishga urindilar va Nabatey davlatini bosib oldilar.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling