Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet29/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Diplomatik hujjatlar. Eng qadimgi diplomatik hujjatlardan ikki loy silindrda bitilgan er. avv. XXIV asrga oid Lagash va Umma o`rtasidagi chegara janjali to`grisidagi yozuv bizgacha yetib kelgan. Er. avv. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o`rtasidagi shartnoma; er.avv. II ming yillik boshlariga tegishli Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er. avv. II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to`g`risidaboy ma’lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarnaarxividir.
Tarixiy mazmundagi yozuvlar. SHumer shaharlari, Akkad, Bobil va Osuriya davlatlari podsholarining bizgacha yetib kelgan yozuvlari juda katta ilmiy qimmatga egadir. SHunday yozuvlardan biri er. avv. XXIV asrga oid Lagash davlatining yuksalishi, uning qo`shni Umma bilan urushi to`g`risida hikoya qiladigan Lagash hokimi Eannatumning chegarada tosh taxtaga bitilgan «Kalxatlar stelasi» deb ataladigan yozuvidir. Er. avv. XXIV asrga oid Lagash hokimi Urukagina, er. avv. XXII asrga oid Lagash hokimi Gudeaning qurilish va bag`ishlov yozuvlari, Akkad podshosi Rimushning (er. avv. XXIII asr) Elamga yurishlari to`g`risidagi yozuvlari va «Manishtusu yodgorligi (obelisk)»da podsho yer zahirasi, uning jamoa yeri hisobidan ko`payishi to`g`risida ma’lumot berilgan.
Bizgacha Osuriya podsholarining judako`p yozuvlari yetib kelgan. «Sargon II ning Ashshurga xati», er. avv. 714-yilda Urartuga qarshi yurishi bayon qilingan xatlari yetib kelgan. Podsho Ashshurbanipalning batafsil tarixiy ma’lumot beruvchi yilnomasi shular jumlasidandir. Yangi Bobil podsholarining 140 ga yaqin yozuvlari bizga ma’lum. Tarixiy asarlar keyinroq, er. avv. IV-III asarlarda paydo bo`ldi. Kohin Beroesning (Bobildagi Marduk ibodatxoansi kohini) 3 qismdan ibotrat «Bobil va Xaldey tarixi»da to`fon davridan makedoniyalik Iskandar davrigacha bo`lgan voqealar bayon qilingan. Bizgachabuasarning parchalari o`rtaasr tarixchilari asarlarida keltirilgan ma’lumotlar orqali yetib kelgan.
SHumer-Akkad adabiy yodgorliklari. Bizgacha Mesopotamiya tarixiga oid qator adabiy yodgorliklar yetib kelgan. Jumladan,Uruk podshosi Jmerkar to`g`risidagi epik poemalardaSHumerning ilk suloladavrida (er. avv. III ming yillik boshlari) uzoq mamlakat Aratta (Eron hududi) bilan aloqasi to`g`risida qiziqarli ma’lumotlar beriladi.
SHumerning «Gilgamesh va Aga» poemasida Uruk shahrining Kish shahri qaramligidan mustaqil bo`lishi uchun kurashi to`g`risida aniq ma’lumotlar mavjud. Akkad podsholigining asoschisi Buyuk Sargon to`g`risidagi Akkadafsonalari saqlanib qolgan.
SHumer, Bobil va Osuriyaadabiy yodgorliklaridan qimmatli tarixiy ma’lumotlar olish mumkin. «Gilgamesh» dostoni haqiqiy tarixiy xazina hisoblanib, uning matni Nineviya shahridagi mashhur Osuriya podshosi Ashshurbanipal (er. avv. VII asr) kutubxonasidan topilgan. Bu doston er. avv. II ming yillik boshlaridayaratilgan deb taxmin qilinadi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling