Chirchiq-2023 Mundarija: Kirish I bob. Hadis yoshlar axloqiy masalalarining falsafiy mezoni sifatida


II BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA IMOM AL-BUXORIY HADISLARINING O‘RGATILISHI


Download 42.66 Kb.
bet3/4
Sana07.03.2023
Hajmi42.66 Kb.
#1246074
1   2   3   4
Bog'liq
Ismatova Aziza kurs ishi

II BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA IMOM AL-BUXORIY HADISLARINING O‘RGATILISHI
2.1. Ta’lim-tarbiya jarayonida hadislardan foydalanishning ilmiy-amaliy va pedagogik ahamiyati
Hadis - islom dinida Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyati, uning diniy va axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Muhammad payg‘ambar biror gap aytgan, biror ish qilib ko‘rsatgan yoki boshqalar qilgan biron-bir ishni ko‘rib turib, uni man etmagan bo‘lsa, ana shu uch holat sunnat hisoblanadi. Ana shunday xatti-harakatlar yoki ko‘rsatmalar hadis deb yuritiladi. Hadislarda islom dinining qonun-qoidalari bilan birgalikda insoniy fazilatlar ham keng tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog‘ tushiradigan yomon sifatlar qoralanadi. Ya’ni, hadislarda o‘zaro do‘stona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, insof-tavfiqli bo‘lish targ‘ib qilingan. Razolat, kibr-u havo, adovat, hasad, xiyonat, yolg‘onchilik, fitna-fasod, zulm kabi illatlarga nafrat tuyg‘ulari ifodalangan.
Vaqt o‘tishi bilan turli ijtimoiy ziddiyatlar, dindagi ichki g‘oyaviy kurashlar natijasida soxta hadislar ham paydo bo‘la boshlagan. Natijada hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar - muhaddislar hadislarni ishonchli manbalar asosida qayta ko‘rib chiqishga, ularning haqiqiylarini soxtalaridan ajratishga kirishganlar. Shunday qilib, islom olamining turli yerlarida hadis ilmining yirik targ‘ibotchilari va mualliflari paydo bo‘la boshladi.
Hadis ilmining rivojlanishiga, ayniqsa, bizning yurtimizdan yetishib chiqqan muhaddislar ulkan hissa qo‘shishgan. Mashhur muhaddislar orasida Imom Buxoriy eng oldingi o‘rinda turadi. Uning yozgan kitoblari ichida eng mashhuri «Al-jome’ as-sahih» (bu asar «Al-jome’ as-sahih» nomi bilan ham mashhur)asaridir. Imom Buxoriygacha o‘tgan muhaddislar hadis kitoblariga barcha eshitgan hadislarini kiritar edilar. Hadislarni barcha shartlari bilan tekshirib, ularni sahih (ishonchli) yoki g‘ayrisahih (ishonarsiz) qismlarga ajratmas edilar. Birinchi bo‘lib bu uslubni Imom Buxoriy joriy etgan.
Hadislar tuzilishiga ko‘ra, yuqorida ta’kidlanganidek, ikki qismdan - hadisning mazmuni (matni) va uning sanadidan iborat. Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro‘yxati hadisning musnadi deyiladi. Muhammad payg‘ambardan so‘ng biron-bir hadis yozib olingunga qadar o‘tgan vaqt ichida ushbu hadisni bir-biriga naql qilib kelgan roviylar tartibida (musnadda) uzilish bo‘lmasa, bunday hadislar ishonchli hisoblangan.
Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Ta’lim maskanlarimiz ma’naviy baquvvat, bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan faхrlanish tuyg‘usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa ta’lim - tarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan biridir. Xalq ta’limi tizimida hal qiluvchi inson-o‘qituvchidir. Agar o‘qituvchi ijodkor va izlanuvchan bo‘lsa, o‘quvchining bilim darajasi ham baland bo‘ladi. O‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. Pedagog xodimlar o‘zlarini kasb ko‘nikmalari muallimlik va tarbiyachilik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart, deb ta’kidlanadi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda. O‘qituvchi kasbining nozikligi, mas‘uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to‘g‘risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo‘yiladigan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirishish mahorati, muomala madaniyati Sharq mutafakkirlarining asarlarida o‘z ifodasini topgan. Sharq pedagogikasi va pedagogik mahorati ming yillik tarixga ega. Sharq ma’naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg‘onish davrida juda rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Devoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma’naviy-axloqiy kamolotida muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zini nomunosib tutgan odam hech vaqt boshqalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi. Ustoz, muallimsiz qolganda zamon, Nodonlikdan qora bo‘lurdi jahon, - deb hitob qiladi u «Iskandar xirodnomasi» asarida. O‘zbek adabiyotining dahosi Alisher Navoiy o‘z asarlari va ilmiy qarashlarida o‘qituvchilik qobiliyati va uning obro‘si, odobi yuzasidan ibratomuz mulohazalar yuritadi. Alloma fikricha o‘qituvchi faoliyatini ijodiy yondashuvsiz tasavvur qila olmaydi. U doimo o‘z ustida mukammal ishlashi, tajriba oshirib borishi zarur deydi. Ana shu boisdan uning asarlarida odob, axloq, ziyraklak, irodaviy kuch, poklik, samimiylik xislatlari asosiy o‘rinni egallaydi. O‘qituvchining har jihatdan ibrat va namuna bo‘lishlari ta’lim va tarbiya garovi ekanligiga ishora qilgan. O‘qituvchining kasb mahoratini tarbiyalashning mohiyati to‘g‘risidagi mulohazalar «Qobusnoma», «Xotamnoma», «Qutadg‘u Bilig» kabi buyuk asarlarda ham bayon etib berilgan. Chunki bu asarlarning barchasi odobnomaning xuddi o‘zginasi bo‘lganligi sababli tarbiyachi-murabbiyning o‘ziga xos xislatlarining shakllanish bosqichlari ifodalab berilgan.
Hozirgi davrda mamlakatimizda pedagogik faoliyatning rivojlanishida jahon mutafakkir-olimlarining pedagogik qarashlari va ta’limotlari ijobiy ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi-sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi;
- bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatani tabiatiga va oilasiga bo‘lgan muhabbati; keng bilimga ega bo‘lish, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;
- yosh pedagog psixologiya, pedagogika, yoshlar fiziologiyasi, maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;
- o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustaqil bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi sohasi bo‘yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;
-ta’lim-tarbiya metodikasini egallashi;
- o‘z ishiga ijodiy yondashishi;
- pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari va pedagogik taktga ega bo‘lishi;
- o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi kabi talablarga to‘la javob bera olishga intilishi lozim va shart.
Ushbu vazifa va maqsadlarni ijobiy hal etishi natijasida o‘qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u ta’limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarida umumiy didaktik printsiplarni qanchalik to‘g‘ri amalga oshirishiga bog‘liq.
Ma’lumki, o‘qituvchi faoliyati ta’lim jarayonining tashqi tomonini tashkil qiladi, chunki u o‘qitadi, ta’lim beradi Shunga asosan o‘qituvchi dars muammolariga to‘g‘ri yondoshishi uchun ta’lim jarayonining asosiy komponentlarini bilishi, ularning o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirini tushunishi lozim. Xulosa qilib aytganda, ta’lim - tarbiya jarayonida hadislardan foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati beqiyos bo‘lib, u shaxsning ma’naviyatini yuqori darajaga olib chiqadi. Undagi insoniy tuyg‘ularni kamol topib, ildiz otishida o‘ziga xos omil hisoblanadi.

2.2. Maktab o‘quvchilarida milliy, umuminsoniy g‘oyalarni shakllantirishda Imom Buxoriy hadislarining o’rni.


Alloma asarlarida axloqiy tarbiyaga oid taʼlimotlarining markazida komillik, insonlarning oʼzaro mehribon boʼlishlari, bir – birlariga har doim yordam berish, ahil – totuv yashash kerakligi, halol mehnat qilish, yaxshilik, ezgulik gʼoyalari yotadi. Imom Buxoriy qalbi pok, iymonli, atrofdagilariga umuman zarar yetkazmaydigan, odamlarga faqat yaxshilik qiladigan va yordam beradigan insonlarnigina axloqan barkamol deb hisoblaydi.
Imom Buxoriy hadislaridan: “Insonlarga yomonlik qilishdan uzoq tur. Zero bu oʼzingga sadaqadir”. Yaʼni, boshqalarga foydasi tegadigan odam eng yaxshi insondir. Islom insonning manman, xudbin boʼlib, faqat oʼz manfaatini oʼylab, ish tutishini maʼqul koʼrmaydi. Аlloh boshqalar uchun fidoyi, samimiy va hojatbaror bandalarini qadrlaydi.
Demak, hadisning mohiyati shunga qaratilganki, odamlar bir – biriga faqatgina moddiy narsalar bilan yordam berish emas, balki moddiy va maʼnaviy imkoniyatiga qarab muhtojlarga yordam berishi, imkoniyati boʼlmaganida esa birovlarga umuman yomonlik qilmaslik bilan ham birovlarga yaxshilik qilishi eʼtirof etilgan. Аlbatta, alloma yaxshi amallarni har kishi oʼzidan, oilasidan va qarindosh – urugʼlaridan, soʼngra esa qoʼni – qoʼshnisidan boshlashi lozimligini uqtirib oʼtadi. “Oltin Silsila. Sahihul Buxoriy” asarining birinchi juzʼida, “Qoʼli va tilidan musulmonlar omonda boʼlgan kishi(ning amali)”, degan hadis kiritilgan.
Аlbatta, insonlar oʼrtasidagi munosabatlarda qoʼl bilan til aʼzolari asosiy vazifani bajaradi. Shu asarning ettinchi bobida “Oʼzi uchun yaxshi koʼrgan narsasini birodariga ham ravo koʼrmaguncha moʼmin boʼla olmaydi”, deydilar.
Bu bilan mutafakkir insonlarni doimo yaxshilikka, ezgu ishlarga daʼvat qiladi. Yaxshilik va ezgulik inson axloqining asosiy fazilatlaridan biridir. Аl-Buxoriy barcha insonlar bir - birlari bilan aka-uka, opa –singil va birodar ekanini alohida qayd etadi. Ular bir-birlari bilan oʼzaro hamjihatlikda, bir – birlarini qoʼllab quvvatlab yashashlari lozimligi eʼtirof etiladi. Alloma “Аl-Аdab al-mufrad” asarida ham inson axloqi odobi, maʼnaviy kamolotiga doir hadislarni turli mavzular boʼyicha tasnif qilgan va izohlar bergan.
Аsarning ilk boblarida ota – ona oldida farzandlik burchlari, ota – onani rozi qilish, ularning haqini ado qilish, ota – ona amriga itoat qilish, ularga yaxshilik qilish, ularni dilini ogʼritmaslik, qarindosh – urugʼlarga mehr – shavqat, rahmdillik, yosh bolalarga, ayollarga mehr – muruvvatli boʼlish, bolalar va kattalar arazlashib, urishib qolganda yarashtirib qoʼyish, imorat qurishda va boshqa ishlarda kamtarlik bilan ish tutish, takabburlik va soʼkinishning yomonligi, jabr – zulmning yomonligi, rostgoʼylik va yolgʼonlik, halol va harom, savob va gunoh ishlar kabi inson maʼnaviy hayotiga doir muhim muammolar toʼgʼrisida fikr yuritilgan. Jumladan, “Kimki rizqi moʼl, umri uzoq boʼlishini istasa, qarindoshlarini ziyorat qilsin (ular bilan munosabatni davom ettirsin).”
Hadisi sharifda “silai rahm”, yaʼni qarindoshlar bilan rishtalarni mustahkamlash xususida tavsiya bor. “Silai rahm” qarindoshlik rishtalari va masʼuliyatining unitilmasligidir. Qarindoshlar ichida yordam va eʼtiborga muhojirlar boʼlsa, ulardan yordamni ayamaslik kerak. Qarindoshlik rishtasini uzish katta gunoh sanaladi. Qarindoshlar bilan yaxshi munosabatda boʼlish rizqning koʼpayishi, hayotning osoyishta, quvonch bilan oʼtishi va umrning uzoq boʼlishiga sababdir.
Аl – Buxoriy merosida qoʼshnichilik munosabatlariga alohida toʼxtalib oʼtiladi. Yaxni qoʼshnichilik munosabatlari ulugʼlanadi va uni rivojlantirish yoqlab chiqiladi. Hadisdan: Hazrati Oisha onamiz hikoya qiladilar: “Аlloh Rasulidan bir kuni: “Yo Rasululloh! Mening ikki qoʼshnim bor. Bulardan qaysisiga hadya beray?” deb soʼradim. Аllohning Rasuli: “Qaysi birining eshigi yaqinroq boʼlsa, oʼshanga”, deb javob berdilar”. Bu hadisda qoʼshnining haqqi bilan bogʼliq qimmatli tavsiya berilgan. Insonning bir emas, bir nechta qoʼshnisi boʼlishi aniq. Bularning barchasiga birdek eʼtibor berib, sovgʼa ulashish juda qiyin. Shunday vaziyatda qanday yoʼl tutish kerakligi hadisda koʼrsatilgan. Eng yaqin qoʼshniga yaxshilik qilish oqilona tadbirdir.
Demak, allomaning inson bu dunyodagi har bir hatti – harakati, oʼzida namoyon etgan axloqiy jihatlari uchun oxir – oqibat mukofotlanishi yoki aksincha jazolanishi mumkinligini eʼtirof etishi, insonlar oʼrtasidagi muruvvat, yaxshilik, mehr – oqibat, ezgulik ravnaqi yoʼlidagi daʼvatdir. Umuman olganda, Imom Buxoriy asarlarida: halollik, poklik, ota –onaga hurmat, yaxshilik, birodarlik, doʼstlik, vafodorlik, mehribonlik, saxovatpeshalik, sabr – qanoat, ezgulik, adolatlilik, hamjihatlik, gʼamxoʼrlik, kechirimlilik, beozorlik, ilmlilik, insonning axloqiy tarbiyasini shakllantiradigan fazilatlarni kiritadi. Hasad, manmanlik, behayolik, tajavvuzkorlik, buzgʼunchilik, jaholat, gʼiybat, nohaqlik, adolatsizlik, xiyonat, tuhmat, adovat, zulm, qotillik, ota – onaga itoatsizlik, iymonsizlik kabi salbiy tuban illatlar qattiq qoralanadi. Bugungi kunda xalqimiz oʼz oldiga qoʼygan buyuk maqsadlarga, ezgu niyatlarga erishish, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlar rejalarning samarasi, avvalambor yuqori malakali, yuksak tafakkurga ega boʼlgan mutaxassislarni tayyorlash, tarbiyalash taraqqiyotimizning asosiy sharti hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot startegiyasi” toʼgʼrisidagi farmonida 2belgilangan (7 ta ustivor yoʼnalish), “Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish” yoʼnalishida, “Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur oʼrganish va targʼib etish” maqsadga muvofiqligi, dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari va ilmiy tadqiqot markazlari, universitetlar bilan hamkorlikda, buyuk ajdodlarimizning boy – ilmiy – maʼnaviy merosini keng oʼrganish hamda targʼib qilishga katta eʼtibor qaratilayotganligi diqqatga sazovordir.
Bunda asosan, Imom Buxoriy taʼlimotlarni oʼrganish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida Yangi Oʼzbekiston yoshlarining maʼnaviy barkamol jihatdan kamolotga erishishlari, egallagan bilim va malakalarni oʼz faoliyatlarida, jamiyatimiz taraqqiyoti yoʼlida toʼla namoyon etish imkoniyatiga ega boʼladigan darajada tarbiyalash muhim vazifalardandir. Аlbatta, bu ezgu vazifani ijobiy hal etishda xalqimiz maʼnaviy merosining ahamiyati kattadir. Shu sababli maʼnaviy merosimizni tiklash, oʼrganish va hayotga tatbiq etish, jahon andozalari darajasiga koʼtarishga alohida eʼtibor qaratish darkordir.
Xulosa qilganda, Imom al-Buxoriy hadislarining jahonshumul ahamiyati insoniylik, insonparvarlik Vatanga muhabbat haqida tarbiya berishi bilan yosh avlodda ezgulik va go’zallik tuyg’ularini mujassamlashtiradi. Ilm-fanda "Hadis ilmining amiri" deb bir ovozdan tan olingan Imom Ismoil al Buxoriy hadislari mehr-oqibat, sahiylik, ota-ona va kattalarga omad, yetim-yesirlarga muruvvat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, halollik, turli xalqlarning o’zaro do’st, tinch-totuv yashashlari kabi insoniy fazilatlari barkamol avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan.


Xulosa
Yurtimizda yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning bebaho ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq qilish, ular qoldirgan asarlarni ilmiy-izohli tarjima qilib, ommalashtirish hamda xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozmalarning elektron nusxalarini to‘plab, xalqimizga yetkazish dolzarb masalalarga aylanmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo‘tabar zot merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom dinida Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba’ bo‘lib, ahli islom e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i hisoblanadi. Mana, o‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan munavvar etib, haq va diyonat yo‘liga chorlab kelmoqda3”.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy milodiy 810-yilda (194-hijriy) Buxoro shahrida dunyoga kelib, bolalik chog‘laridanoq Buxorodagi yetuk allomalardan dars olib, hadis ilmida kuchli xotira va o‘tkir zehn sohibi bo‘lib voyaga yetdi. Imom al-Buxoriy o‘n olti yoshida onasi va akasi Ahmad hamrohligida Makka shahriga haj qilgani borib, o‘sha yerda qoldi va hadis ilmini o‘rganishda davom etdi. U yerdagi zabardast ulamolardan Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallamning hadislarini yozib olib, o‘sha davrdagi Islom olamida mashhur bo‘lgan ilmiy markazlarga safar qildi, qishloq va shaharlarni kezdi, hadis ilmidagi bahs-munozalarda ishtirok etdi. Natijada, Imom al-Buxoriy hadis ilmida kamolotga erishib, o‘zi yod olgan 600 mingga yaqin hadislarni sahih va g‘ayri sahihlariga ajratdi.
Imom al-Buxoriy Islom olami va muhaddislar orasida “Imom ul-Muhaddisiyn” (Barcha muhaddislarning peshvosi) deb hurmat bilan tilga olinadi. Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” (Ishonarli to‘plam) asari haqida so‘z ketganda shuni aytish mumkinki, mazkur manba Islom dini ta’limotida Qur’oni karimdan keyin asosiy manba sifatida foydalaniladi. Imom al-Buxoriy yashagan davrdan oldin ta’lif etilgan hadis kitoblarida sahih va g‘ayri sahih hadislar aralash holda berilgan bo‘lib, o‘quvchi ulardagi biror hadisni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini, hadis rivoyat qiluvchining ahvolini tekshirmay va aniqlamay turib, bilolmasdi. Buning uchun o‘quvchi o‘sha hadisga aniqlik kiritish maqsadida ulamolardan so‘rashga majbur bo‘lardi.
Mana shunday og‘ir davrda Imom al-Buxoriy “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobini 16 yilda yozib tugatib, unga 7275 dan ortiq sahih hadislarni boblarga ajratib tartibli ravishda jamladi.
Bundan tashqari, Imom al Buxoriyning “Al-Adab al-Mufrad” (Odob durdonalari), “Birr ul-Volidayn” (Ota-onani hurmat qilish), “At-Tarix al-Kabir” (Katta tarix), “At-Tarix al-Avsat” (O‘rtacha tarix), “At-Tarix as-Sag‘iyr” (Kichik tarix), “Al-Jome’ al-Kabir” (Katta hadislar to‘plami), “Kitab al-Ilal” (Nuqsonli hadislar kitobi), “Kitab al-Kunya” (Hadis roviylarining taxalluslari) kabi yigirmadan ortiq asarlarlari mavjud.
Imom Buxoriyning ijodiy merosi o‘zining hajmi, zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini to‘la-to‘kis qamrab olganligi bilan kishini hayratga soladi.
Demak, hadislar mazmunan har bir mo‘minning ishonchini, e’tiqodini mustahkamlaydi va shu bilan birga insonni ma’naviy kamolotga da’vat etadi. Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib hisoblanadi va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.



Download 42.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling