Chirchiq davlad pedagogika unverstiteti gumanitar fanlar fakulteti


Download 389.88 Kb.
bet2/4
Sana17.02.2023
Hajmi389.88 Kb.
#1206187
1   2   3   4
Bog'liq
OBIDAXON MUSTAQIL ISH (2)

O (o‘qu) harfi. Bu harf uchi o‘ngga qaragan burchak shakliga o ega. O‘qu harfi lablangan til orqa o va u unlilarini bildiradi: zGu oğuz - oʻgʻiz, zquT toquz - toʻqqiz, uxDQ qadğu – qayǧu (BX).
Ö (o‘ku) harfi. Bu harf bir butun va ikki yarim tayoqchadan tuzilib, yarim tayoqchalar burchak hosil qilgan holda butun tayoqchaning o‘ng tomoniga, yarmidan yuqorisiga quyidagi ilgaklarda birlashtiriladi: w. Bu harf lablangan til oldi ö va ü unlilarini bildiradi: wrtw ötrü - keyin, Frwt türk - turk, xLv uluğ - ulugʻ (KT).
E harfi. Bu harf O‘rxun yodgorliklarida yo‘q. Buning shakli ayqashgan yoki yondoshgan ikki yoy yoki burchakdan iborat: e. Bu harf e tovushini bildiradi. Quyidagi harflar lab undoshlarini bildiradi:
P (pi) harfi. Bu harf p harfidan ilgagining chap tomonga qaraganligi bilan farqlanadi p va p fonemasini anglatadi: ap apa – opa (O‘ngin), poQ qop – butunlay (KT), pL alp – pahlavon (To‘n).
B (ab) harfi. B b fonemasining “yo‘g‘on”, b harfi “ingichka” variantini bildiradi: DoB bod - urug‘, NDoB bodun – xalq, Glib bilig – bilim, aGlib bilgä – dono (Ton).
M (mi) harfi. Bu harf m fonemasini anglatadi va m shakliga ega. Transkriptsiyada ham, translitertsiyada ham m harfi bilan ifodalanadi: ixmQ qamağï – hammasi, imrgj - yigirma, auuB zms semiz buqa – semiz buqa (To‘n).
Til oldi tish undoshlari: T (at) harfi. T, Ô harflari t fonemasining “qalin” variantini, t esa “ingichka” variantini bildiradi. Bu harf transliteratsiyada t harfi bilan ko‘rsatiladi. T belgisi ko‘proq yenisey manbalarida, Ô esa orxun bitiglarida uchraydi:
Ô, T harflariga misol: auuB uRuÔ turuq buqa – oriq buqa, uu#vÔ Tonuquq – kishi oti (Ton); t harfining misoli: Frwt türk – turk, gtib bitig – yozuv (KT). D (ad) harfi.
D harfi d fonemasining qalin, d esa ingichka variantini bildiradi. Transliteratsiyada d bilan beriladi.
D harfiga misol: aDjt tašda - toshda, xDY yadağ – yayov (To‘n). d harfining misoli: wgd ädgü – ezgu, dw öd – vaqt (KT).
S (as) harfi. S harfi s fonemasining qalin, s ingichka variantini ifodalaydi, s ba’zan sh ni ham bildiradi. Misollar: aRS asra – pastda (KT), NxSBÔ tabïsğan – tovushqon (To‘n), ws sü - qo‘shin, isik kiši – kishi (KT).
Z (zi) harfi. z harfi z fonemasini bildiradi. Transkriptsiyada ham, transliteratsiyada ham z bilan beriladi: azw üzä - yuqorida, izY yazï – tekislik, zQ qïz – qiz (To‘n). N (än) harfi.
N harfi n fonemasining qalin variantini, n ingichka variantini anglatadi.
N harfiga misol: NxQ qağan - xoqon, miÔNQS saqïntïm – o‘yladim (To‘n).
n harfining misoli: nwt tün – tun, nmwt tümän – o‘n ming (KT).
# harfi ñ tovushini bildiradi. Muhimi shundaki, # harfi bilan kelgan soʻz boshqa bir oʻrinda ikki harf - JN (ya’ni ny) bilan ham yozilishi mumkin: uu#vÔ (Toʻn) // uuJNvÔ – Toñuquq (BX). Matnlardagi ushbu imlo xususiyati # harfining vazifasiga oydinlik kiritadi: u [ñ] tovushini ifoda etgan. Ushbu harf quyidagi soʻzlarda qoʻllanilgan: x# añïğ – yovuz, #vu qoñ – qoy (KT).
Oʻrxun bitiglarida [ñ] bilan kelgan soʻzlar keyingi davr matnlarida [n] yoki [y] bilan keladi. Masalan, uygʻur yozuvli “Syuan-szan kechmishi” asarida: ayïğ - yovuz, čiğay - yoqsil; “Qutadgʻu bilig”ning xirot nusxasida: qoy - qo‘y, čïğay - yoʻqsil. [ñ] // [y] mosligi hozirgi oʻzbek tilida ham uchrab turadi: qanda-qayda. Yoki qadimgi [n] qanï, qancha kabi soʻzlarda ham saqlanib qolgan. Qadimgi [ñ] ni Mahmud Koshgʻariy arab xatida harfi bilan bergan. Uning yozishiga qaraganda, [y] li soʻzlarni [n] ga aylantirish dialektal xususiyatdir. Soʻz oʻrtasi va oxirida kelgan [y] ni argʻular [n] ga almashtirganlar: qoy - qon “qoy”, čiğay - čiğan “kambagʻal”, qayu – qanu “qaysi” (DLT,1,67). Ushbu misollarning bari koʻk turk bitiglari tiliga xos boʻlgan [ñ] sonor [n] ga variant sifatida ([n~ñ]) qoʻllanganidan dalolat beradi.

Download 389.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling