me’yoriy hujjatlarni yuritishning muddatlari:
Tezkor muddatli
Uzoq muddatli
Qisqa muddatli
- Misol uchun, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sog‘liqni saqlashga oid hujjatlar ko‘p hollarda qisqa muddatli va biro muammoni hal etishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar esa tezkor muddatga ega bo‘ladi. Shuningdek, boshlang‘ich ta’limga oid me’yoriy hujjatlarni yuiritishda uzoq muddatli shakl ham amal qiladi. Ko‘p hollarda bunday muddat butun o‘quv yili davomi asosida belgilanadi. Bunday hujjatlarda ko‘p hollarda o‘quv rejasi yoki dasturlariga kiritilgan yangiliklar belgilangan bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta’lim hujjatlarini yuritishning qisqa, tezkor va uzoq muddatlarini belgilash - Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’limga oid me’yoriy hujjatlarni yuritishning qisqa, tezkor va uzoq muddatlari bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
- Kezi kelganda ta’kidlash lozimki, “Qonun hujjatlari milliy bazasi” (portali) vositasida Ish yuritish tartibi reglamentlari bilan tanishib borish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga tavsiya etiladi. Bundan tashqari pedagog olimlarimiz tomonidan maktabni boshqarish masalalari bo‘yicha ham ilmiy-metodik kitoblar e’lon qilingan va ular bilan ham tanishish samarali hisoblanadi.
- Hozirgi zamon ta’lim tizimi boshqaruvida me’yoriy hujjatlar va ularni yuritish asoslaridan xabardorlik muhim masala hisoblanadi. Shu jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining me’yoriy hujjatlarni yuritish asoslarini belgilash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi muhimdir. Buning uchun quyidagilarga amal qilish kutilgan samarani beradi:
- a) me’yoriy hujjatlarning mazmunini aniq tushunish va ularning ijro muddatini belgilab olish;
- b) me’yoriy hujjatlarning ijrosi bo‘yicha hisobotlar taqdim etish muddatini belgilab olish;
- v) me’yoriy hujjatlar ijrosida kimlar bilan hamkorlikni qilishni belgilab olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |