Chirchiq davlat pedagogika Universiteti Boshlang`ich ta`lim fakulteti 22. 1-Guruh talabalari Nabiyeva Rushana va baqoyeva Mohinurning Talimda me`yoriy hujjatlar fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Tayyorladi: Nabiyeva R, Baqoyeva m tekshirdi


O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida boshlang‘ich ta’limga oid normalar


Download 1.85 Mb.
bet2/5
Sana04.05.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1426385
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rushana

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida boshlang‘ich ta’limga oid normalar

  • Boshlang‘ich ta’limning bilim berish vazifasi shundan iboratki, o‘quvchilar dastlabki bosqichda aniq, tabiiy va gumanitar fanlar bo‘yicha dastlabki tushunchalarga ega bo‘lishadi. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini tarkib toptirish, ularda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratiladi. Ayni paytda, mazkur vazifasining ijrosi jarayonida o‘quvchilarning layoqati fanlar kesimi asosida aniqlanadi va ularni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida boshlang‘ich ta’limga oid normalar

  • Boshlang‘ich ta’limning yana bir vazifasi o‘quvchilarda ko‘nikma asoslarini shakllantirishdan iborat. Ko‘nikma - bu muayyan xarakatning tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarishdir. Shu jihatdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ko‘nikma asoslarini tarkib toptirish deganda ularda bilim olish va tarbiyalanish jarayonida aniq va maqsadli xarakatlarni tarkib toptirish nazarda tutiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ko‘nikma asoslarini tarkib toptirish ularning keyingi ta’limdagi faoliyati uchun asos hisoblanadi.
  • E’tibor berilsa ta’lim to‘g‘risidagi Qonunda boshlang‘ich ta’limning vazifalari aniq belgilab qo‘yilgan.

Boshlang‘ich ta’lim hujjatlarini yuritishning qisqa, tezkor va uzoq muddatlarini belgilash

  • Boshlang‘ich ta’limga oid me’yoriy hujjatlar mazmuni, ularda qo‘yilgan vazifalar va ko‘rsatmalar xususiyatlariga asosan mazkur hujjatlarning ijrosini ta’minlashda aniq muddatlarni belgilab olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshlang‘ich ta’limga oid me’yoriy hujjatlarni yuritishda qisqa muddat kamida 1 oydan iborat bo‘ladi. Bunda hujjatda belgilangan vazifalar xususiyatidan kelib chiqiladi Shuningdek, boshlang‘ich ta’limga oid me’yoriy hujjatlarning tezkor muddati 3 kundan iborat bo‘ladi va bunda ijro uchun taqdim etilgan me’yoriy hujjatda bir yoki ikki masalaning yechimini hal qilish nazarda tutilgan bo‘ladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling