- Kezi kelganda eslatib o‘tish joizki, hozirgi taraqqiyotimiz me’yoriy hujjatlarni raqamli texnologiyalar asosida yuritishga asoslanmoqda. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari raqamli texnologiyalar asosida me’yoriy hujjatlarni yuritish ko‘nikmasini egallashi zaruriyat hisoblanadi. Misol uchun, bugungi kunda onlayn shaklda taqdim etilgan me’yoriy hujjatlar huquqiy jihatdan asosga ega, shu sababli ularni kompyuter kabi axborot-kommunikasion vositalardan foydalanib ijrosini ta’minlashga o‘rganish istiqbolli yo‘nalishlardan biridir.
- Shunday qilib boshlang‘ich ta’lim me’yoriy hujjatlarini tizimlashtirish bu ularni qoidalarga binoan tartiblash, ijro muddatini shakllantirish va yuritish asoslarini belgilab olishdan iborat. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mana shunday ko‘nikmalarga ega bo‘lishi ularning professional pedagog sifatida voyaga yetishi uchun asoslardan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati - 1.Djurayev R. Ta’lim menejmenti. – Toshkent, 2006
- 2.Jabborova O.M., Umarova Z.A. Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2022
- 3.Jabborova O.M. Boshlang‘ich ta’lim metodikasining yangi nazariy masalalari. – Toshkent, 2022
E`tiboringiz uchun raxmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |