Chirchiq davlat pedagogika universiteti boshlang‘ich ta’lim fakulteti


Download 289.5 Kb.
bet5/6
Sana06.04.2023
Hajmi289.5 Kb.
#1330075
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Амалиёт кундалик БОТ

1. Talabalar faoliyatini baholash:
- 5 - a’lo;
- 4 - yaxshi;
- 3 - qoniqarli;
- 2 - qoniqarsiz.


2. Pedagogik nazorat shakllari:
- individual va guruh bilan suhbatlarni uyushtirish;
- amaliyotchi talabalarning hujjatlarini izchil, doimiy tekshirib borish;
- talabalar faoliyatining hisobga olinishini ta’minlash;
- amaliyotchi talabalar tomonidan tashkil etilayotgan darslarni va guruhdan, ta’lim muassasasidan tashqari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kuzatish.

Amaliyotchi talabalarning pedagogik faoliyatlarini nazorat qilish va baholash quyidagicha amalga oshiriladi:


5 ball (a’lo)
- talaba o‘quvchilar bilan mustaqil ishlaydi, zimmasidagi vazifalarni to‘g‘ri anglaydi, maqsadni aniq qo‘ya oladi;
- jamoa a’zolarning yosh, individual xususiyatlarini, ular bilan tashkil etiladigan pedagogik faoliyatning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olib, o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning shakllarini tashkil qilish usullarini tanlaydi;
- o‘quvchilarning rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajalarini hisobga oladi;
- tarbiyaviy ishlar samaradorligini tahlil qiladi;
- guruh rahbari sifatida tashkilotchilik qobiliyatiga, keng dunyoqarashga, boy tafakkurga, ilg‘or ish tajribalari, innovatsion g‘oyalaridan samarali foydalanish malakasiga ega;
- faoliyatni tashkil etishda bilishga oid, loyihalash, ijodiy-amaliy, tadqiqotchilik, muloqatga kirishuvchanlik, tashkilotchilik, izchillikni ta’minlash va texnik-texnologik malakalarga egalikni namoyon etadi.
4 (yaxshi)
- talaba ayrim hollarda tarbiyaviy ish nazariyasi va metodikasi bo‘yicha etarlicha bilimga ega emasligini, jamoa bilan tashkil etiladigan tadbirlarni uyushtirishga tayyorlanish va o‘tkazishda mustaqil, ijodkor ekanligi sust namoyon qiladi;
- tarbiyaviy faoliyat maqsadlarini aniqlashda, tarbiya metodlarini tanlashda kichik xatolarga yo‘l qo‘yadi, murakkab pedagogik vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishda ma’lum qiyinchiliklarga duch keladi;
- faoliyatni tashkil etishda bilishga oid loyihalash, ijodiy-amaliy, tadqiqotchilik, muloqotga kirishuvchanlik, tashkilotchilik, izchillikni ta’minlash va texnik-texnologik malakalarga egalikni namoyon etishga harakat qilsa-da, biroq, ma’lum qiyinchiliklarga duch keladi.
3 (qoniqarli)
- talaba tarbiya maqsadi va vazifalarini aniqlashda, ta’lim va tarbiya metodlarini tanlashda qiyinchiliklarga duch keladi;
- tadbirlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishda xatolarga yo‘l qo‘yadi;
- tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini etarli darajada hisobga olmaydi;
- qo‘shimcha metodik qo‘llanmalardan foydalanishda tashabbuskorlik, faollik etishmaydi;
- faoliyatni tashkil etishda bilishga oid loyihalash, ijodiy-amaliy, tadqiqotchilik, muloqotga kirishuvchanlik, tashkilotchilik, izchillikni ta’minlash, texnik-texnologik malakalarga egalikni namoyon etishda jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi.



Download 289.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling