Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


Otlar egalik, kelishik kabi so‘z o‘zgartirish, turli ma’no va vazifa uchun qo‘llanuvchi vazifadosh shakllarga hamda o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga egaligi bilan ajralib turadi


Download 142.98 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi142.98 Kb.
#1536835
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ona tili

Otlar egalik, kelishik kabi so‘z o‘zgartirish, turli ma’no va vazifa uchun qo‘llanuvchi vazifadosh shakllarga hamda o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga egaligi bilan ajralib turadi.

Otlarning muhim belgilaridan biri ularning sifat, son, olmosh, fe’l va ravish distributsiyasida kelishi, ya’ni ular bilan birika olishidir: katta bino, ikkinchi kurs, barcha inson, kitob o‘qimoq, ko‘p odam.


1.Otning so‘z turkumlar tizimida tutgan o’rni. 2.Otning ma’no guruhlari. a)atoqli otlar; b)turdosh otlar. 3. Atoqli otlarning turlari. 4. Turdosh otlarning turlari
Narsa, shaxs, hodisa, joy kabilarning nomlarini bildiradigan kim?, nima?, qayer? sо‘roqlariga javob beruvchi sо‘zlar ot deyiladi. Misol uchun: Ahmad, uy, О‘zbekiston. Otlar ma’no va grammatik xususiyatlariga kо‘ra atoqli otlar va turdosh otlarga bо‘linadi. Bir xildagi predmetlardan biriga atab qо‘yilgan otlar atoqli otlar deyiladi: atoqli otlarga inson ismlari, uy hayvonlari nomlari va boshqa atab qо‘yilgan nomlar kiradi: Fotima, Olapar, Toshkent... Bir turdagi narsalarning umumiy nomini bildirgan otlar turdosh otlardir: maktab, odam, daraxt. Turdosh otlar aniq va mavhum otlarga bо‘linadi. Aniq narsani anglatadigan otlar aniq otlar deyiladi: tosh, daftar, uy. Mavhum tushunchani bildiradigan otlar mavhum otlardir: baxt, qayg‘u, g‘am, dev, ajina
Turdosh otlar bitta narsa yoki tо‘dani ifodalashiga kо‘ra yakka va jamlovchi otlarga bо‘linadi. Bir turdagi predmetning bittasini bildiradigan otlar uy, yakka otlar deyiladi: О‘quvchi, ishchi, gul, uy, odam va boshqalar. О‘zi birlik shaklida bо‘lib, mazmunan kо‘plikni bildiradigan otlar jamlovchi ot deyiladi: xalq, armiya.
Otlarda son. Otlar birlik va kо‘plik shakllarida ishlatilishi mumkin. Otlarning kо‘pligi -lar qо‘shimchasi bilan ifodalanadi: odamlar, kо‘chalar. Otning birligini kо‘rsatuvchi maxsus qо‘shimcha yо‘q: odam, kо‘cha.
Otlarda egalik. Narsaning uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini bildiradigan shakllar egalik qо‘shimchalari deyiladi.
Ayrim shaxs yoki narsa-buyumga atab qo‘yilgan nomlar atoqli ot deyiladi. Kishilarning ism, familiyasi, joy hamda hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar, gazeta, jurnal, kitob, tarixiy voqea kabilarning nomlari atoqli otlardir. Masalan: Toshloq tumani, Mustaqillik kuni, «Gulxan» jurnali, Olapar. Atoqli otlar doimo bosh harf bilan yoziladi.
Kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, binolar hamda tashkilotlarga atab qo‘yilgan nomlar qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Ammo shahar, kinoteatr, jamoa xo‘jaligi kishilar nomiga qo‘yilgan bo‘lsa, qo‘shtirnoq ishlatilmaydi. Ularda nomidagi, nomli so‘zlari qo‘llanadi.
Otni boshqa sо‘zlar bilan bog‘laydigan shakllar kelishiklardir. Otlarning kelishik qо‘shimchalarini olib о‘zgarishi turlanish deyiladi.
О‘zbek tilida kelishiklar 6 ta.
Otlar lug‘aviy ma’nosiga qо‘shimcha ma’no beruvchi shakllar: kichraytirish, erkalash, hurmat, qarashlilik, chegara kabilarga ega.
Kichraytirish qо‘shimchasi: -cha – yigitcha.
Erkalash qо‘shimchalari: -chak, -choq, -loq, -gina – qizaloq, toychoq, kelinchak, bolaginam; -jon, -xon, -oy, -niso kabi qо‘shimchalar otlarga qо‘shilib hurmatlash, erkalash ma’nolarini ifodalaydi: Onajon, Baxtiniso.
-niki qо‘shimchasi qarashlilikni bildiradi: meniki, uniki. -gacha qо‘shimchasi chegara ma’nosini bildiradi: tonggacha, uygacha.
Otlar asosan ikki usul: morfologik usul, sintaktik usul bilan yasaladi. Morfologik usul sermahsul. Bular:

  • shaxs oti yasovchi  qо‘shimchalar: -chi, -dosh, -kash, -bon, -dor, -boz, -paz, -xon, -shunos, -dо‘z, -soz, -gar, (-kar), -parvar, -xо‘r, -furush. M: gulchi, sinfdosh, bog‘bon, oshpaz, etkdо‘z, kirakash, soatsoz, chilangar, xalqparvar;

  • narsa-qurol oti yasovchi qо‘shimchalar: -gich, -g‘ich (-kich, -qich), -gi (-ki, -qi, -g‘i), -k (-ik, -ak), -q (-iq, -oq, -uq), -mi, -im, -um, -ma, -indi, -in, -un, -mak, -moq, -dak, -doq, -g‘in, -qin, -don. о‘chirgich, yuvg‘ich, supurgi, elak, chopiq, yig‘im, yuvindi, toshqin, yong‘in, guldon;

  • о‘rin joy oti yasovchi qо‘shimchalar: -zor, -iston, -loq, -xona, -goh, -ma. M: tolzor, tojikiston, toshloq, ishxona, oliygox, tashlama

  • mavhum ot yasovchi qо‘shimchalar; -lik, -ch, -inch. M: tinchlik, sog‘inch

  • harakat-holat oti yasovchi qо‘shimchalar: -chilik, -garchilik, -sh, -ish, -lashtirish -m, -im, -um M: loygarchilik, terim, yog‘ingarchilik, о‘tirish, umumlashtirish

Sintaktik usul bilan ot yasash:

  • qо‘shma ot: oshqovoq, qо‘lqop;

  • murakkab ot: Markaziy Osiyo;

  • juft ot: ota-ona yasaladi. Ixchamlik maqsadida ba’zi otlar
    qisqartirilib qо‘llaniladi: BMT, О‘zR.

XULOSA
So‘z turkumlari masalasi, garcha butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham ko‘plab tadqiqotlarda ob’ekt qilib olingan bo‘lsa-da, hammaga bir xil darajada manzur bo‘ladigan holatda o’rganilmagan. So‘z turkumlari bilan bog‘liq material, ma’lumot lug‘atlardan olinmasligi kerak. Chunki ular lug‘atlarga qayta ishlanib kiritilgan bo‘ladi. Bizning ushbu ishimizda matndagi barcha so‘z va ularning turli grammatik qoidalari qulaylicha tahlil qilishinishi mumkin. O‘zbek tilida so‘z turkumlarini o‘rganish boshlang‘ich sinflarda o‘rganilgan bilimlarga asoslangan holda olib borilishi, o‘tilganlarni takrorlash, mustahkamlash va umumlashtirish uchun quyidagi savollardan foydalanish mumkin.
O‘quvchi matndagi so‘zlarning turkumlariga to‘g‘ri ajrata olsa, gap bo‘laklarini aniqlashda ham qiynalmaydi. Demak, bu tahlil o‘z-o‘zidan sintaktik tahlil bilan bog‘lanadi. So‘z turkumlarining mohiyatiga to‘la tushunmasdan turib, sintaktik tahlil vaqitida gapning bosh bo‘laklari bilan grammatik munosabatga kirishmaydigan so‘zlar (“bo‘laklar)ni aniqlash mumkin emas. So‘z turkumlari bo‘yicha tahlil, so‘z tarkibi bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil kabi, morfologik tahlilning bir ko‘rinishi bo‘lib, u maktab dasturidagi “So‘z turkumlari” mavzusining masalalarini qamrab oladi.
Muxtasar qilib aytganda, Shu paytgacha ona tilini oʻqitishdan maqsad tilning grammatikasini oʻrgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga koʻproq urgʻu berilgan. Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urgʻu berilgan. Yaʼni asosiy eʼtibor soʻz, uning maʼnolari, oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lugʻat boyligi kabi tomonlarga qaratilgan.


Download 142.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling