Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti “Bolalar sporti” kafedrasi oʻqituvchisi Gimazutdinov Radik Galimovich tomonidan tayyorlangan “Bolalarni suzishga oʻrgatish metodikasi”nomli o`quv qo`llanmasiga taqriz


Download 17.14 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi17.14 Kb.
#1466257
Bog'liq
РАДИК ТАШҚИ Тақриз


Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti “Bolalar sporti” kafedrasi oʻqituvchisi Gimazutdinov Radik Galimovich tomonidan tayyorlangan “Bolalarni suzishga oʻrgatish metodikasi”nomli o`quv qo`llanmasiga
TAQRIZ
Bugungi kunda sport vositasida o‘quvchi-yoshlarni har tomonlama rivojlantirish parametrlarini kengaytirish asosida ularning salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarziga odatlantirish va ijtimoiylashtirish hamda sport musobaqalari muayyan xalq va davlatni tanishtirish, yutuqlarini targ‘ib qilish vositasi sifatida e’tirof etilmoqda. Bu, o‘z navbatida, Koreya, Xitoy, Yaponiya, AQSh, Kanada, Avstraliya kabi rivojlangan davlatlarda ta’lim-tarbiya jarayonini sport mashg‘ulotlari bilan integrasiyalash sohasida katta tajriba to‘planishiga asos bo‘lib, maktablardagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini ta’lim bosqichlariga o‘zaro muvofiq tarzda darajalash, o‘quvchi-talabalarni kompleks rivojlantirish parametrlarini kengaytirish mexanizmlarini joriy etish zaruriyatining yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Oʻzbekistonning dаvlаt siyosаtidа mаmlаkаtdа jismoniy tаrbiya vа sportning yanаdа rivojlаnishi, sogʻlom аvlodni tаrbiyalаsh ustuvor yoʻnаlishgа аylаndi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son Farmoniga muvofiq suv sporti turlari boʻyicha sport zahirasi va yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash, suv sporti turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash va toʻgarak ishlarini yoʻlga qoʻyish, sport muassasalari trenerlari va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish borasida tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish belgilab qoʻyilgan. Mazkur farmon ijrosini ta’minlashda suv soprti mutaxasislarini tayyorlash ularning bilim koʻnikma va malakalarini shakllantirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish ularning metodik ta’minotini ta’minlash muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Muallif Gimazutdinov Radik Galimovich tomonidan yaratilgan “Bolalarni suzishga oʻrgatish metodikasi” nomli oʻquv qoʻllanmasida kirish, 3 bob, 23 paragraf, ilovalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlib, xorijiy adabiyotlar asosida ishlangan.
Gimazutdinov Radik Galimovich tomonidan tayyorlangan “Bolalarni suzishga oʻrgatish metodikasi” nomli oʻquv qoʻllanma 60111900 – Maktabgacha va boshlangʻich ta’limda jismoniy tarbiya va sport ta’lim yoʻnalishi uchun moʻljallangan boʻlib, talabalar bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishda nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga egadir. Mazkur oʻquv qoʻllanmani nashrga tavsiya etaman.



T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Ibraximov S. U.







Download 17.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling