Chirchiq davlat pedagogika universiteti rajabova irina taxirovna


Download 0.79 Mb.
bet4/29
Sana02.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1740746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Avtorefeat Rajabova Irina yangisi

Tadqiqotning maqsadi hikoya janri ildizlari va genezisi, badiiy mahorat va ijodkor konsepsiyasi muammosini tadqiq qilishda I.Bunin, A.Chexov, V.Rasputin, I.Turgenov, A.Qahhor, Sh.Xolmirzayev, O‘.Umarbekov O‘.Hoshimov kabi yozuvachilarning syujet va kompozitsiya yaratishdagi uslubiy-shakliy izlanishlarini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
hikoya janri taraqqiyotida syujet va kompozitsion yaxlitliknining o‘ziga xosligini, ijodkor konsepsiyasi va mahorat muammosi o‘zbek va rus adabiyotshunosligida yuzaga kelgan ilmiy-nazariy tushunchalar negizida uyg‘unlashtirish;
o‘zbek va rus hikoyachiligida janriy izlanishlar, yangilanishlarni jahon adabiyotida ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlarini I.Bunin, A.Chexov, V,Rasputin, I.Turgenov, A.Qahhor, Sh.Xolmirzayev asalari misolida qiyosiy-tipologik tarzda talqin qilish hamda hikoya janrining ifoda xususiyatlarini talqin qilishda dunyo adabiyotining ilg‘or an’analari ta’sirida aks etgan badiiy komponentlar tig‘izligini tavsiflash;
A.Chexov uslubiga xos an’ana va ixchamlik prinsiplarini A.Qahhor ijodiga ta’siri masalalarini dalolatlash va janr taraqqiyotida badiiy uslubning umumiy va xususiy xususiyatlarini boshqa adiblar misolida ham asoslash;
syujet va kompozitsiya yaratishda yozuvchi individual uslubining o‘sish-o‘zgarishlarida badiiy mahorat va tajriba, iste’dodning roli muhimligini aniqlash hamda badiiy xronotopning roman voqeligi, syujet va kompozitsiya yaxlitligini ta’minlashdagi muhim omil ekanligini isbotlash.
Tadqiqot obyekti sifatida I.Bunin, A.Chexov, V.Rasputin, I.Turgenov, A.Qahhor, Sh.Xolmirzayev kabi yozuvchilarning asarlari olindi. Hikoya janri poetikasini va yozuvchi badiiy mahoratni biografik, qiyosiy usulda o‘rganishga murojaat qilindi.
Tadqiqot predmetini hikoya janri taraqqiyotida badiiy mahorat va ijodkor konsepsiyasini aniqlash, syujet va kompozitsiya uyg‘unligi, adabiy ta’sirdan ijodiy o‘ziga xoslikni jahon adabiyotshunosligida kuzatilayotgan monografik tadqiqotlar hamda falsafiy-psixologik talqin estetikasini, mushtarak va alohidalik qirralari tashkil qiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling