Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo
Download 1.6 Mb.
|
kurs ishi kognitiv
2.2 Monitoring haqida tushuncha
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta'siri kuchayib ketdi. Oqibatda sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqa boshladi. Bu esa atrof-muhit holatini doimiy kuzatib borish tizimini tashkil qilishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan fanda yangi, monitoring (lotincha "monitor" — esga soladigan, ogohlantiradigan) tushunchasi paydo bo'ldi. Tabiiy muhit holatini nazorat qilish atrof muhit holatining monitoringi va uning sifat ko‘rsatgichlarini (tavsiflarini) geografik, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini hisobga olgan holda tartibga solishni o‘z ichiga oladi. Monitoring tizimini tashkil etishda bu jihatlarning barchasi albatta e’tiborga olinishi shart emas, ammo atrof muhit holatini nazorat qilishda atrof muhit ifloslanishi va muhofazasi muammolarining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini e’tiborga olish zarur bo‘ladi. Monotoringning antropogen ta’sirning kimyoviy, fizikaviy va biologik manbalarni hamda omillarni, shuningdek, bu omillar tufayli tabiiy muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar samarasini kuzatishlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi navbatda biologik sistemalarning ta’sirlanishini kuzatish lozim. Bunday hollarda odatda kimyoviy, fizikaviy va biologik ko‘rsatkichlar kuzatib boriladi. Atrof muhit monitoringi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni va muhit holatini kuzatish; atrof tabiiy muhitning haqiqiy holatini baholash; atrof tabiiy muhit holatining bashorati va bu holatning bahosi; Shunday qilib, monitoring – atrof muhit holatini kuzatish, baholash va bashoratlsh tizimidir. Monitoring tizimi quyidagi belgilarga qarab tavsiflanadi: monitoring olib borilayotgan hudud yoki akvatoriyaning maydoniga ko‘ra; kuzatish ( atmosfera, okean, tuproq va b.) obyektiga ko‘ra; metodlariga (bevosita asboblar bilan o‘lchash, masofaviy tasvir, bevosita indikatsiya va b.) ko‘ra; kuzatish olib borilayotgan samara va jarayon nisbatining darajasiga ko‘ra; ta’sir turlariga (geofizikaviy, biologik, tabiiy-geografik, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy) ko‘ra; maqsadlariga (muhitning hozirgi holatini aniqlash, atrof muhit tendensiyalarini ochib berish, hodisalarni tadqiq qilish, modellarni baholash va bir o‘lchamga keltirish, qisqa muddatli bashorat, uzoq muddatli xulosalar, tadqiqotlar va bashoratlarning iqtisodiy samaradorligini optimallashtirish va oshirish, muhitga bo‘ladigan ta’sirlarni nazorat qilib borish). Geotizimli monitoringni amalga oshirishda hududda havo, suv, tuproq, o'simlik, hayvonot dunyosi, inson salomatligiga salbiy ta'sir etuvchi omillar va ifloslantiruvchi manbalar bo'yicha kuzatish tashkil qilinadi. Bu borada geotizimning o'ziga xos xususiyatlari e'tiborga olinmog'i lozim. Cho'llarda kemiruvchilar turli xatarli kasalliklarni tarqatuvchi manba hisoblanadi. Buning oqibatida ma'lum vaqt mobaynida katta hududda yuqumli kasallik o'chog'i yuzaga keladi. Shuni hisobga olib, cho'l geotizimida muntazam ravishda monitoring ishlarini olib borish lozim bo'ladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling