Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo
Download 1.6 Mb.
|
kurs ishi kognitiv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik monitoring
- Ekologik monitoring
- . Bioekologik (sanitariya – gigiyenik) monitoring
Iqlim monitoringi iqlim tizimlarinig (atmosfera - okean - quruqlik yuzasi – kriosfera (yun. krios sovuq, muz) - biota) holatining monitoringi kiradi. Bu monitoringning asosiy maqsadi - iqlimning ehtimoliy o‘zgarishlarini baholashdir. Bunday holda biotaning holati yuza albedosining (lot. albus yorqin, ravshan) o‘zgarishlarini aniqlash uchun zarur bo‘ladi.
Biologik monitoring - biotaning holatini, uning antropogen omillarga ta’sirlanishini (reaktsiyasini), biota holatining funksiyasini va bu funksiyalarning turli darajalarda me`yoriy tabiiy holatlardan og‘ishini aniqlaydi (bu yerda molekulyar, xujayraviy organizmlar, populyatsiyalar, turkumlar darajalari nazarda tutiladi). Bu xildagi monitoringning kichik tizimini sanitariya - gigiyena monitoringi (atrof -muhit ta’siri ostida inson salomatligining holatini aniqlash) va genetik monitoring (turli populyatsiyalarda irsiy belgilarning ehtimoliy o‘zgarishlarini kuzatish) tashkil etadi. Ekologik monitoring deb biosferani tashkil etuvchi abiotik komponentlar holatini va ekosistemalarda ifloslanish, yerlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish, urbanizatsiya va boshqalarning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan antropogen o‘zgarishlarni aniqlash tushuniladi. Monitoringning bu tipi majmuali sajiyaga ega bo‘lib, sistemali yondashuv bilan bog‘liq va shu sababli biosfera qo‘riqxonalarida kuzatishlarni rejalashtirishda asosiy tip hisoblanadi. Monitoringning bu tipini ham bioekologik biosistemali va biosferaviy turlarga ajratiladi. Monitoring turlari orasida o‘ziga xos muammolarni hal etishda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan ekstren (lot. ekstra tashqari, favqulodda,zudlik bilan) monitoring muhim ahamiyatga ega. Bunday monitoringlar atmosferada SO2 miqdorining oshishi, ozon qatlamidagi o‘zgarishlar, neft tashuvchi kemalar halokatining oqibatlarini kuzatishda muhim ahamiyatga ega. V.A.Kovda va A.S.Kerjentsev monitoring tizimini daraja va bo‘limlarga ajratishgan. Ekologik monitoring axborotlarni umumlashtirish miqyoslariga ko‘ra global, hududiy (regional) va lokal (mahalliy) monitoringga ajratishadi. Ekologik monitoringning bioekologik, geokimyoviy va geofizikaviy bo‘limlari parametrlarining o‘ziga xos xususiyatlari, kuzatish va baholash metodlariga ko‘ra ajratiladi. Y.A.Izraelning (1979) fikricha, ekologik monitoring biosferaviy monitoringning kichik tizimini tashkil etadi va biosferani tashkil etuvchi abiotik komponentlarning antropogen o‘zgarishlarini, ekosistemalarning bu o‘zgarishlarga ta’sirlanishini va ekosistemalardan antropogen sistemalarni kuzatish, baholash va bashoratlashni o‘z ichiga oladi. Ekologik monitoringda uning biologik va fizikaviy jihatlari ajratiladi. Umuman ekologik monitoring biosfera holatini juda keng global miqiyoslarida baholash uchun muhim ahamiyatga ega. Geografik nuqtai nazardan atrof-muhit monitoringi – tabiatdan foydalanishni optimallashtirish va atrof muhitni muhofaza qilish uchun tabiiy muhitning antropagen ta’siri ostida o‘zgarishlarini uning tabiiy dinamikasini hisobga olgan holda kuzatish, baholash, bashoratlash tizimidir. Atrof muhit monitoringini tashkil etish turli tabiiy sharoitlarda (geosistemalarda) modda va energiya o‘zgarishi jarayonlari to‘g‘risidagi bilimlarga tayanmog‘i lozim. Atrof muhit monitoringining masofaviy uslublarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish muhim ilmiy ahamiyatga ega. Monitoring ko‘p axbarotli tizim bo‘lib, uning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson ta’sirida o‘zgarishini kuzatish, bashoratlashtirish va olingan ma’lumotlar asosida baholashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish A.Rafiqov (2000) fikricha quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi: 1.Tabiiy muhitning inson ta’sirida o‘zgarishini keng miqiyosda kuzatishni tashkil qilish. 2.Ta’sir manbalarini aniqlash hamda o‘zgarishning sabablarini belgilash. 3.Kuzatilayotgan o‘zgarishlarni baholash, ta’sirning samarodorligini aniqlash. 4.Atrof muhit o‘zgarishini bashoratini ishlab chiqish hamda o‘zgarish yo‘nalishini belgilash. 5.Tabiatda vujudga kelgan xatarli o‘zgarishlarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Atrof muhit monitoringi asosida inson va boshqa tirik mavjudotlar uchun muhim bo‘lgan havo, suv va tuproqning turli chiqindilar, zararli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanish holati, sifatining buzilishi va asosiy ko‘rsatgichlarning o‘zgarishi kuzatiladi. Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar ruxsat etiladigan miqdor (REM - PDK) ko‘rsatkichlari bilan qiyoslanadi va o‘zgarishlar baholanadi. O‘zgarishlarning yo‘nalishlari bashoratlashtiriladi. Atrof muhitning holati va unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, ularning manbalari va omillari to‘g`risida boshqaruv organlariga ma’lumotlar beriladi. Bu ma’lumotlar boshqaruv organlari tomonidan atrof- muhitda sodir bo‘layotgan salbiy o‘zgarishlarning oqibatlarini bartaraf qilishiga muljallangan chora-tadbirlarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Atrof muhit monitoringida masofaviy, ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash, tahliliy ekspress va boshqa tadqiqot usullari qo‘llaniladi. Monitoringni tashkil etishda turli xil vazifalarni hal etish lozim bo‘ladi. I.P.Gerasimov (1976) umumiy vazifalariga ko‘ra atrof muhit monitoringini 3 turga ajratadi: 1. Bioekologik (sanitariya – gigiyenik) monitoring atrof muhit holatini inson (aholi) salomatligiga ta’sirini kuzatishdan iborat bo‘lgan vazifani o‘z oldiga qo‘yadi. Bioekologik monitoringda insonning bioekologik mavjudot sifatida atrof muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga nisbatan xastalanish, o‘lim - tug‘ilish, umrning qisqarishi, mehnat qobiliyatini saqlanishi va boshqa xil ta’sirlanishlarida namoyon bo‘ladigan ko‘rsatkichlar nazorat qilinadi. Bioekologik monitoring sanitariya nazoratlariga asoslanadi va uning uchun tibbiiy geografiya bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. Bioekologik monitoringda, shuningdek, inson salomatligi va hayotiy faoliyatiga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan chiqindilar va kimyoviy moddalar - mineral o‘g‘itlar, pestitsidlar, turli gazlar (O,SO2,CO, CO2), og‘ir metallar, nitratlar, turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradigan organizmlar, radiatsion ifloslanishning REM ko‘rsatkichlaridan oshmasligi nazorat qilinadi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling