Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari


Download 77.9 Kb.
bet13/20
Sana25.10.2023
Hajmi77.9 Kb.
#1720800
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Kurs ishi - Qurvonaliyev Mansurbek

1.3. Turkiyaning turistik markazlari
Istanbul. Istanbul — nainki turk dunyosiga dong‘i ketgan, balki jahonga mashhur bo‘lgan qadimiy majmualar joylashgan, millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb qilgan shahardir. Bu shahar garchi hozir davlatning markaziy poytaxti hisoblanmasa-da, qadimdan to bugungi kungacha turkiyaliklarning asosiy sanoat, savdo va madaniy markazi hisoblanadi.
Geografik joylashuviga, iqlim sharoitiga ko‘ra, bu xudud xususiyatida dunyoning hech bir mintaqasida uchramaydigan go‘zal tabiati bor. Negaki, Osiyo va Yevropani qitʼasini birlashtirgan Bosfor bo‘g‘ozi aynan shu qadimiy shaharda joylashgan.
Antaliya. Antaliya Turkiyaning janubidagi O`rta yer dengizi sohilidagi kurort va port shahar. Shaharning doimiy aholisi 1 milliondan sal ko`proqni tashkil qiladi, yozda esa faol sayyohlar oqimi tufayli shaharda yashayotganlar soni 2 milliondan oshishi mumkin. Shu o`rinda aytib o`tish kerakki, ayni paytda Antaliyada qat`iy karantin qoidalariga amal qilinayotganiga guvoh bo`ldik. Turizm nuqtalari, markaziy ko`chalar hamda yirik savdo va xizmat ko`rsatish ob`ektlarida ijtimoiy masofa saqlagan holda sifatli faoliyat yo`lga qo`yilgan.Antaliya hududi shartli ravishda eski va yangi shaharlarga bo`linadi. Rasmiy ma`muriy bo`linish 5 ta tumanga: Aksu, Dushemealti, Kepez, Konyaalti, Muratpashaga bo`lingan. Ma`lum qilinishicha, hozirgi Antaliyada odamlar tosh va bronza davridan boshlab yashab kelishgan. Tarixda hudud Likiya va Pamfiliya tarkibiga kirgan. Miloddan avvalgi 159 yilda Pergamon qiroli Attalus II buyrug`i bilan Attaliya shahriga asos solinadi. Hozir Attalus II ning haykali shahar markaziga o`rnatilgan. Shundan so`ng, Attaliya uzoq vaqt davomida Rimga, keyin Vizantiyaga tegishli bo`lgan. Saljuqiylar ekspansiyasining boshlanishi bilan mintaqada Islom dini yoyila boshlaydi. 1207 yilda Saljuqiylar mintaqani bosib olgach, Attaliyaning nomini yunoncha Adaliya deb o`zgartiriladi. 1423 yilda esa Adaliya Usmonli turklari tomonidan zabt etiladi va shahar Antaliya nomini oladi. Ma`lumotlarga qaraganda, XX asr oxirida Turkiyaning turistik salohiyatini jadal rivojlantirish fonida Antaliya mamlakatning eng muhim sayyohlik markaziga aylangan. D400 avtomagistrali uni boshqa kurort zonalari bilan bog`laydi va 1998 yil qisqa vaqt ichida aeroportda mamlakatdagi yo`lovchi tashish bo`yicha uchinchi o`rinni egalladi. Hozirgi paytga kelib esa Antaliya Turkiya nomi bilan parallel ishlatiladi, dunyoning eng nomdor turizm markazlaridan biriga aylandi.
Taqsim maydoni. Dunyo mamlakatlarining asosiy maydonlari singari Turkiyaning ham xalq birlashadigan, birligini shu maydonda ko‘radigan bir majmuasi bor. Bu Taqsim maydonidir. Istanbulning markaziy qismida joylashgan maydon doimo mahalliy aholi va sayyohlar bilan gavjum.Taqsim maydonining eng mashhur, tomoshabop monumenti 1928 yilda Petro Kanonik tomonidan ishlangan «Respublika» haykalidir. Mustafo Kamol Otaturk sharafiga o‘rnatilgan ushbu sanʼat namunasida xalq yetakchisining qahramonlik timsoli tasvirlangan. Uning xalqni, mamlakatni qanday yog‘iylardan qutqargani, Vatanni qanday asrab qolgani aks etgan.

Download 77.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling