Chirchiq davlat pedagogika unversiteti


Download 79 Kb.
bet1/7
Sana17.02.2023
Hajmi79 Kb.
#1209143
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
adabiyot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI


GUMANITAR FANLAR FAKULTETI


ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI
KURS ISHI

Mavzu: Adabiyot darslarida tasavvuf adabiyotini o‘rganish.


Bajardi: _____________
Tekshirdi: _____________

CHIRCHIQ – 2023

MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I BOB. PEDAGOGIKA FANLARINI O`QITISH JARAYONIDA O`TMISH MEROSDAN, TASAVVUF TA’LIMOTIDAN FOYDALANISH ZARURIYATI……………………………………………………………………..5
1.1. Pedagogika fanlarini o`qitishda tasavvuf ta’limotidan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari. Tasavvufning umo`minsoniy qadriyat sifatidagi o’rni va ahamiyati…………………………………………………………………………..5
1.2. Pedagogik fikrlar taraqqiyotining tasavvuf ta’limoti bilan uzviyligi….11
II-bob. PEDAGOGIKA FANLARINI O`QITISH JARAYONIDA XO`JA AHMAD YASSAVIYNING TA’LIMIY – TARBIYAVIY QARASHLARIDAN FOYDALANISH………………………………………………………………….17
2.1. Pedagogika fanlarini o`qitish jarayonida Xo`ja Ahmad Yassaviyning insoniy fazilatlar va insonparvarlik haqidagi fikrlaridan foydalanish…………….17
2.2. Xo`ja Ahmad Yassaviy «Devoni hikmatlar”idagi insonning ma’naviy qiyofasi haqidagi qarashlardan foydalanish………………………………………24
XULOSA…………………………………………………………………………29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………32

KIRISH

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohatlarning uzviy davomi sifatida 2010 yil Yurtboshimiz tomonidan «Barkamol avlod yili» deb e’lon qilindi.


Mamlakatimizda 2010 yilga «Barkamol avlod yili» deb nom berilishining sabablarini Prezidenti Islom Karimov shunday izohlaydi: “Yangi yilga aynan shunday nom berishning sabablari xalqimiz va davlatimiz, har qaysi inson nimaniki o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan bo’lmasin, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmasin, barcha harakatlar, ezgu niyatlar markazida tabiiyki, farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog’lom qilib o’stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko’rish, dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi”
Haqiqatda ham, mustaqil O’zbekistonning XXI asrda jahonning ilg`or va yetakchi davlatlari qatorida bo’lishini ta’minlashga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Yoshlarimizni barkamol insonlar qilib yetishtirishda ma’naviyatning o`rni juda muhimdir. “Ma’naviyat” tushunchasiga Prezidentimiz quyidagicha ta’rif beradi: “ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”
I.Karimov ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar deb ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklarni biladi, hamda “bizning qadimiy va go’zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lgani, bu tabarruk zaminda azal-azaldan madaniy va ma’naviy ildizlari teran, yuksak intellektual salohiyatga ega xalq yashab kelgani, ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, dunyoviy va diniy ilmlarning umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgani, ayniqsa, islom dini bilan bog’liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko’tarilishida ona yurtimizda tug’ilib kamolga yetgan ulug’ allomalarning xizmatlari beqiyos” ekanini ko’rsatib beradi.
Suning uchun yoshlar nafaqat hozirgi zamon dunyoviy ilmlarini, balki o’tmishda o`tgan buyuk ajdodlarimizning ulkan merosini, ijtimoiy tajribalarini ham mukammal bilishlari kerak. Chunki biz o’tmish tariximizni chuqur bilsak hozirgi davrimizning qadr — qimmatini samarali tushunamiz va kelajakka to’g`ri yo’nalish olamiz.
O’zbekistan Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli risolasida «Mustaqillik mamlakatimiz hayotida ikki asr o’rtasidagi ko’prik vazifasini bajardi deyish mumkin»2, deb XXI asrdagi mamlakatimiz istiqboli manzaralarini chizib beradi. Shuningdek, yurtboshimiz nima yaxshi, nima yomon, nimalarni XX asrda qoldirishimiz mumkinligini ko’rsatib o’tdi, istiqbolimiz yo’lida ko’ndalang bo’lib turgan xavf-xatarga e’tiborni qaratishga da’vat etadi.
Mamlakatimizdan tashqaridagi ekstremist-aqidaparast kuchlar xalqimizning Islom diniga muqaddas munosabatidan qurol sifatida foydalanib, bizni tanlagan yo’limizdan chalg`itmokchi bo’ladilar. O’zbekistonning tobora rivojlanib, taraqqiy etib borayotganini ko’rolmayotgan yovuz kuchlar bizning doimo xushyor bo’lishimizni taqozo etadi diniy e’tiqodlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning huquqlarini ham teng kafolatlash hamda ularning ta’qib qilinishiga yo’l qo’ymaslik;
ma’naviy tiklanish, umo`minsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish uchun-turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish, ular bilan muloqot yo’llarini izlash zaruriyati;
dindan buzg`unchilik maqsadida foydalanishga yo’l qo’yib bo’lmasligini e’tiborga olish.


Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling