Chirchiq davlat pedagogika unversiteti


I BOB. PEDAGOGIKA FANLARINI O`QITISH JARAYONIDA O`TMISH MEROSDAN, TASAVVUF TA’LIMOTIDAN FOYDALANISH ZARURIYATI


Download 79 Kb.
bet2/7
Sana17.02.2023
Hajmi79 Kb.
#1209143
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
adabiyot

I BOB. PEDAGOGIKA FANLARINI O`QITISH JARAYONIDA O`TMISH MEROSDAN, TASAVVUF TA’LIMOTIDAN FOYDALANISH ZARURIYATI

1.1. Pedagogika fanlarini o`qitishda tasavvuf ta’limotidan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari. Tasavvufning umo`minsoniy qadriyat sifatidagi o’rni va ahamiyati.


Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari o’zining ta’lim - tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr - oqibat, mehnatsevarlik, do’stlik, saxiylik kabi umo`minsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Xalqimiz yaratgan ma’rifiy fikr sarchashmalari qadim - qadimlarga borib taqaladi. Lekin mustaqillikka erishgunimizga qadar biz bu meroslarning baridan bebahra edik. Istiqlolimiz sharofati bilan milliy - madaniy merosimiz, qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni o’rganish va uni yanada yuksaltirish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi.
Yurtboshimiz I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan-nutqida ta’kidlaganidek: "Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi- qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda"1.
Bu esa qadimiy boy ma’rifiy merosimizning qimmatli manbalarini, bebaho xazinamizni yuzaga olib chiqish, uni hozirgi ilmiy - pedagogik tafakkur iste’moliga kiritishni taqozo etadi.
O’tmish ajdodlarimiz qoldirgan boy milliy qadriyatlarimizning ahamiyatini Prezidentimiz I.A.Karimov o’z asarlarida alohida ta’kidlab deydi: "Xalqimiz tayanchi - ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o’zi bir xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanishimiz lozim»2.

Prezidentimiz jamiyatimiz milliy mafkurasini yaratishda ham o’tmish mutafakkirlarimiz merosini muhim deb biladi. U bu mafkurani yaratishda "milliy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga unutilmas hissa qo’shgan olimu fuzalolarning mafkura va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida qoldirgan ilmiy merosi, falsafiy qarashlarini har tomonlama o’rganish darkor. Men bu o’rinda Abu Nosir Frobiy, Beruniy, Ibn Sino, Axmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi ulug’ ajdoddarimizning shu mavzuga daxldor asarlarini nazarda tutayapman. Masalan, Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarini esga olaylik. Buning ming yilcha muqaddam yaratilganiga qaramasdan, bugungi o’quvchi ham bu asardan hozirgi xayotning murakkab muammolarini hal qilishda asqotadigan muhim fikr va yo’l - yuriqlarni topa oladi" - deb yozadi.


Pedagogika fanini o`qitishning asosiy maqsadi pedagogika instituti talabalarini ta’lim muassasalari, jumladan, pedagogika kasb-hunar kollejlarida ishlash uchun o’qituvchi- murabbiylikka tayyorlashdan iborat.
Pedagogika fani yutuqlarisiz jamiyatni olg’a siljitish juda qiyindir. Pedagogika fanini hamma, ayniqsa, pedagoglik ishini o’ziga kasb qilib olgan kishilar ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o’rganishlari lozim. Pedagogika fanidan bexabar tarbiyachilar o’zlari bilmaganlari holda bolalarda kamchilik, nuqsonlarning vujudga kelishiga sabab bo’ladilar, ularning qobiliyatlarini bo’g’ib qo’yadilar, o’sishiga halal beradilar.
O’zbek pedagogikasining vazifasi respublikamizda yashovchi turli millat-elatlarning orzu-istaklariga monand ta'lim-tarbiyaning ham nazariy ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to’g’ri hal etib berishdir.
Pedagogika fanlarining asosiy vazifalaridan biri bo’lg’usi o’qituvchilarda pedagogik fikr va pedagogik mehnat texnologiyasi asoslarini shaklantirish, ularda iqtidor ko’nikma va malakalarni, o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini tarbiyalash, vatanparvarlik kabi tushunchalarni singdirishdan iborat bo’lib, shu bilan birga ularda quyidagilarni shakllantirishga e`tibor qaratiladi:

- pedagogika kasbiga munosib bo’lajak o’qituvchi shaxsini shakllantirish:


- o’zlashtirgan bilim, orttirgan tajribalarni pedagogik amaliyot jarayonida qo’llay olish, mustahkamlash, boyitish:
- o’rganilgan nazariy bilimlarni amalda sinab ko’rish:
- ta`lim-tarbiya jarayonini zamonaviy ilg’or tajribalar bilan boyitib borish.
Pedagogika fanini o`rganish bo’lg’usi o’qituvchilarni mustaqil fikrlashga, pedagogik mahorat cho’qqilarini egallashga, ta`lim jarayonini zamonaviy ta`lim usullari orqali boshqara olishga, muammoli vaziyatlar yechimini oson topa olish kabi malakalarni rivojlantirish imkonini beradi. Shuningdek pedagogika o’quv yurtlaridagi bo’lg’usi o’qituvchilarni pedagogika sohasidagi innovasion yangiliklardan xabardor etadi
Pedagogika fanlarini chuqur o’rganish uchun talabalar o’rta maktab va o’rta maxsus ta`limning odobnoma, ona tili va adabiyot, tarix, fiziologiya, odam anotomiyasi, psixologiya kabi fanlarni to’la hajmda bilishlari kerak.
Tasavvufning umo`minsoniy qadriyat sifatidagi o’rni va ahamiyati. Tasavvuf ta’limoti musulmon Sharqi mamlakatlari ijtimoiy va ma’naviy hayotiga chuqur kirib borgan, fan, madaniyat va adabiyot rivojiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatgan ta’limotdir.
XI –asrdan boshlab sharqning deyarli barcha nufuzli shoir va allomalari mazkur ta’limotdan oziqlanib, uning insonparvarlik va xaqsevarlik g`oyalardan ruhlangan holda ijod etganlar. Diniy axloqiy talabotlarni o’z asarlari hamda tariqatlarida bayon etganlar.
VII-VIII – asrlarda islom dini negizida paydo bo’lgan tasavvuf ta’limoti, o’z falsafiy axloqiy ijtimoiy siyosiy qarashlar va g`oyalari bilan musulmon Sharqiga tez va keng tarqaldi. Unda xalqning aqli, tafakkuri, ma’naviy xayoti, hikmatlari o’z aksini topgan. Tasavvuf ta’limoti turli yo’nalish va oqimlarni vujudga keltirdi. Bunga asoslangan tarbiyashunoslar sharq ijtimoiy pedagogikasiga oid usul va uslublar tizimini ishlab chiqdi. Tasavvufiy ta’limotlar taraqqiyotini quyidagicha davrlashtirish mumkin.

1-davr. Tasavvufning paydo bo’lish, shakllanish va yoyilish davri. (V11-1X asrlar).


2-davr. Tasavvuf va islomning uyg`unlashuv davri. (X-X1 asrlar).
3-davr. Tasavvuf tariqatlarining paydo bo’lish va tasavvufning ommalashuv davri (XI-XV asrlar).
Tasavvufning bosh g`oyasi sufiyni Haqqa vosil bo’lish yo’llari to’rt bosqichdan iborat:
1. Shariat – islom marosimlarini, shariatning, amaliy talablari, qonun-qoidalarini bilish va ularga amal qilish.
2. Tariqat - solikning «vosil bo’lish» uchun tanlangan yo’li.
3. Ma’rifat - so’fiy tomonidan Ollohni tanish va bilishdir.
4. Haqiqat - (ba’zan fano bosqichi ham deyiladi) - bu bosqichda so’fiy xudo vasliga yetadi, ya’ni so’fiy foniy bo’ladi.
So’fiylik va tasavvuf ta’limoti dastlab zoxidlik xarakati ko’rinishida kurtak yoydi. Gap shundaki, Muhammad salollohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo’linish yuz beradi, ayniqsa xalifa Usmon zamonida boylikka ruju qo’yish, qimmatbaxo tuhfalar bilan qarindosh urug`lar, yaqin do’st birodarlarning siylash rasm bo’ladi. Ummaviya xalifaligi davriga kelib esa, saroy xashamlari, dabdabali bezaklar, oltin kumushga berilish, xazina to’plash avj oladi. Ya’ni diniy mashg`ulotlar, Xudo yo’lidagi ibodat o’rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshlaydi.
Bunday ishlar e’tiqodi mustahhkam taqvodor musulmonlarning noroziligiga sabab bo’ldi. Ular xalqqa jannat ta’masida yoki do’zax qo’rqinchi bilan Olloh taologa toat ibodat qilishni riyokorlik deb bildilar. Ollohni jon dildan sevish, ko’ngilning barcha nafs, orzu – istaklarini cheklash, o’zini ruhiy poklash orqali Olloh roziligiga, vasliga yetish va bundan lazzatlanish g`oyalarini keng targ`ib qila blshladilar.
Natijada asta – sekin dunyo vasvasalaridan ko’ngil uzgan, ammo quruq zoxidlarga o’xshamagan oddiy dindorlardan farqlanadigan mutafakkir faylasuflardan ajralib turadigan, aqli –farosatda, zakovatda tengsiz shariat ilmini to’la, mukammal egallab olgan, toat – ibodatlari mustahkam, ajoyib xislatli pok insonlar toifasi vujudga keldi. Keyinroq ularga nisbatan umumiy qilib «So’fiy» degan nomni qo’llay boshladilar.
«So’fiy» degan istilohning kelib chiqishi haqida 8 xil fikr bor: «Saf» - ilohiy yo’lga kirgan musulmonlarning birinchi safida turadi; «Suffa» - tarki dunyo qilgan taqvodor; «Safo» - bu toifa kishilarning qalbi sidqu safo quyoshidek porlab turadi; «Suxuf» - biror narsaning xulosasi; «Sof» - ya’ni soflik, poklik, ruhiy kamolot; «Safos» (yunoncha) – donishmandlik; «Suf» (yunoncha) faylasuf so’zining oxirgi qismidan olingan; arabcha «suf» - jun va jundan to’qilgan mato ma’nosini beradi.
Ayrimlar so’fiylik bilan tasavvufni ikkalasi bir deb biladilar. Shunga e’tibor berish kerakkki, Sufiylar (Sufizm) va tasavvuf boshqa – boshqa narsa bo’lib, bu so’zlarning ma’nosi ham turlichadir. Agar so’fiylikning bir tarmog`i, yo’nalishi, ya’ni so’fiyning tanlagan yo’li tariqat, suluk deb atalgan bo’lsa, tasavvuf esa so’fiylikning nazariy, falsafiy dunyoqarash tizimidir.
Tasavvuf axli mutasavviflar deb ataladi. Tasavvuf ta’limoti bilimdoni bo’lgan ta’limning falsafiy g`oyalari, dunyoqarashi va axloqiy qoidalarini tan olib, o’z ijodiga tadbiq etgan, ammo so’fiylik yo’lini amalda hayotga tadbiq qilmagan mutafakkir olimlalr, yozuvchi shoirlar va boshqalar so’fiy emas, balki, tasavvuf axli yoki mutasavviflarl deb atalganlar.
Tasavvufni xurfikrlilikning bir ko’rinishi yoki oqimi deb ham qarash mumkin, chunki u islom aqidalarini chuqur va atroflicha taxlil qilish orqali ularni axloqiy tarbiyaviy ma’noda ijobiy tomondan talqin qiladi, bir qancha diniy qoidalar va xayotiy masalalar ustida zukkolik bilan teran falsafiy muloxazalar yuritadi.
Xo’sh, tasavvuf nima?
Tasavvuf – aqldan ustun turuvchi ilmdir.

Tasavvuf ilmi Ollohdan keladigan ilm, ilxom, kashfu – xoldir.

Tasavvuf - dunyodan yuz o’girib, qalbini Ollohga yo’naltirishdir.

Tasavvuf – yaratuvchi Parvardigorni va dunyoni chuqur qalbdan xis etish, tanish va bilishdir.

Tasavvuf - botin ila g`ayb olami bilan oshnolikdir.

Tasavvuf – Xudo yo’lida nafsdan, nafs lazzatlaridan kechmoqdir.

Tasavvuf – yaxshi, oliy xulqqa kirish va past xulqdan chiqishdir.

Tasavvuf – nafs tarbiyasi ilmidir.

Tasavvuf – toat ibodat va yaxshi ishlarga maxkam dil bog`lamoq, Ollohga muhabbat qo’ymoq va uning vasliga yetish yo’lida riyozat chekmoqdir.

Tasavvuf - Qur’oni Karimga chin qalbdan amal qilib, Payg`ambar sunnatlarini maxkam tutib, nafs lazzatlaridan, o’zligidan butkul voz kechib, mashaqqat chekib, faqat xaqqa yetishish uchun yashamoqdir.

Tasavvuf – xaqiqatlarni qabul etmoq va insonlarning qo’llaridagi narsalariga ko’ngil bog`lamaslikdir.


Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling