Chirchiq davlat pedagogika unversiteti


Download 0.52 Mb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1595609
1   2   3   4   5
Bog'liq
A.Xamroz tayor

I BOB. Moddiy nuqta.

    1. Moddiy nuqta haqida.

Nazariy mexanikaning kinematika bo‘limida moddiy nuqta va absolyut qattiq jismning harakati shu harakatni vujudga keltirgan sabablarga bog‘lanmagan holda faqat geometrik nuqtai nazardan o‘rganiladi.
Harakat tushunchasi harakatlanuvchi moddiy nuqta (yoki absolyut qattiq jism), vaqt va fazo tushunchalari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ko‘chish va harakat tushunchalari nazariy mexanikaning asosiy tushunchalari hisoblanadi. Moddiy nuqtaning ma’lum vaqt Ichida fazoda biror sanoq sistemasiga nisbatan bir holatdan boshqa holatga ixtiyoriy ravishda о ‘tishi ко ‘chish deyiladi.
Nuqtaning boshlang ‘ich holatdan oxirgi holatga aniq bir usulda vaqtga bog ‘liq holda о ‘tishi esa harakat deyiladi.
Klassik mexanikada fazo uch oichovli, absolyut qo‘zg‘almas Evklid fazosi deb qaraladi va undagi barcha omchaimlar Evklid geometriyasi asosida olib boriladi.
Vaqt ob’yektiv borliqda ro‘y beruvchi hodisalaming qaocha davom etishini ifodalaydi va u absolyut deb qaraladi. Vaqt barcha sanoq sistemalarida bir xil o‘tadi va bir sistemaning ikkinchi sistemaga nisbatan harakatiga bog‘liq bo‘lmaydi. SI sistemasida sekund vaqt birligi hisoblanadi.
Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning fazoda biror sanoq sistemasiga nisbatan holati bilan vaqt orasidagi bog lanishni ifodalovchi tenglama nuqtaning harakat qonunini ifodalaydi.
Agar moddiy nuqtaning biror sanoq sistemasiga nisbatan harakat qonuni berilgan bo‘lsa, uning traektoriyasi, tezligi va tezlanishini aniqlash mumkin bo‘ladi. Traektoriya deb — moddiy nuqta yoki absolyut qattiq jismning fiarakatlanishi tufayli tekislik yoki fazoda qoldirgan iziga aytiladi.
Kinematikaning asosiy vazifasi moddiy nuqta va absolyut qattiq jismning harakat qonunlarini o’rganishdan iborat.
Kinematikada nuqtaning harakati vektor, koordinatalar va tabiiy usulda beriladi.
1. Vektor usuli.
Harakatdagi M nuqtaning Oxyz sanoq sistemasiga nisbatan holati О markazdan o‘tkazilgan r radius — vektor bilan aniqlanadi (1 -rasm). M nuqta harakatlanganda vaqt o‘tishi bilan uning radius - vektori r miqdor va yo‘nalish jihatdan o‘zgaradi, ya’ni skalyar argument t ning vektorli fiinksiyasidan iborat boladi:
r=r(t).

(1-rasm)
Agar r(t) fiinksiyasi ma’lum bo‘lsa, nuqtaning fazodagi holati vaqtning har bir payti uchun aniq boiadi. Shu sababli (1-rasm) tenglama nuqta harakatining vektor ko‘rinishdagi kinematik tenglamasi deyiladi. Ko‘riladigan masalalarda r(t) funksiya bir qiymatli, uzluksiz va kamida ikkinchi tartibli hosilaga ega bolishi lozim.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling