Chirchiq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dsc


«Fizikada nostandart topshiriqlarning xususiyatlari, darajalari haqida zamonaviy qarashlarning nazariy asoslari


Download 44.42 Kb.
bet5/14
Sana19.08.2023
Hajmi44.42 Kb.
#1668480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
БаратовЖ.Ш 05.07.2023 (2)

.


«Fizikada nostandart topshiriqlarning xususiyatlari, darajalari haqida zamonaviy qarashlarning nazariy asoslari» deb nomlangan birinchi bobida hozirgi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikani o‘qitishda o‘qituvchining o‘z fikrini moxirona bayon qilishi tabiatdagi yuz berayotgan jarayonlar va kundalik hayotimizda ishtirok etayotgan hodisalarning jarayoniga bog‘liq topshiriqlarni nostandart topshirilar asosida o‘qitish haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
O‘quvchilarining kognitiv mustaqilligini shakllantirishda nostandart topshiriqlarni qo‘lash uchun didaktik xususiyatlar mavjud, bunday xususiyatlar “Molekulyar fizika” bo‘limini o‘qtishda masala yechish, ijodiy loyiha ishlarini bajarish, labaratorya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish metodik tizimi nostandart topshiriqlar asosida zaruriy tushunchalarning mohiyatining ilmiylik tamoyili orqali tushunamiz.
.

.


Fizikadan nostandart topshiriq bajarishning asosiy vazifasi sifatida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash faoliyatini rivojlantirish deb qaraladi.
Fizikadan nostandart topshiriqlarni tuzish yoki tanlash va ularni bajarishda nostandart vaziyatni yuzaga kelishining muhim psixologik jihatlarini takidlashicha, nostandart topshiriqlar bajarganda o‘quvchining xotirasida saqlab qolishi ancha yaxshilanadi.
Fizikadan nostandart topshiriqlarni tuzish yoki tanlash va ularni bajarishda nostandart vaziyatlar o‘quvchining o‘quv-ijodiy faolyatga bo‘lgan qiziqishini orttiradi va uning yangi materialini ijodiy o‘rganishga yordam beradi.
Psixologlar faqat nostandart vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar bilan emas, balki nostandart topshiriq bilan o‘qitish ta’lim sifatning samaradorligi, o‘quvchining aqliy rivojlanishi muammolari bo‘yicha ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishgan.

.


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida oddiy nostandart topshiriqlar nostandart vaziyatni yuzaga keltirmaydi. Nostanadrt topshiriqlarning murakkabligi shunday bo‘lishi kerakki, o‘quvchi o‘zidagi nazariy bilim amaliy ko‘nikma va malakalar orqali mazkur nostandart topshiriqni bajara olsin. Lekin bu nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar nostandart topshiriqlarni bajarish uchun yetarli bo’lsin.
Nostandart topshiriq-bu noan‘anaviy (aniqlanmagan) tuzilishga ega bo‘lgan tezkor topshiriq. Nostandart topshiriq tuzilishini tashkil etilishi va metodikasi bo‘yicha g‘ayrioddiy topshiriqdir. Nostandart topshiriq eng muhim o‘quv vositalaridan biridir, chunki ular o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan doimiy qiziqishini shakllantiradi, stressni yengillashtiradi, o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi, bolalarga hissiy ta‘sir ko‘rsatadi, shu tufayli ular yanada kuchli va chuqur bilimlarni rivojlantiradi

Download 44.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling