Chirchiq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dsc
Download 44.42 Kb.
|
БаратовЖ.Ш 05.07.2023 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) IXTISOSLIGI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) ILMIY DARAJASINI OLISH UCHUN YOZILGAN
- MAVZUNING DOLZARBLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BERUVCHI DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 RAQAMLI ILMIY KENGASHChirchiq-2023BARATOV JO‘RAQO‘ZI SHUKURJON O‘G‘LINING “UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA O‘QITISHNING METODIK TIZIMINI NOSTANDART TOPSHIRIQLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH (molekulyar fizika bo‘limi misolida)” MAVZUSIDAGI 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) IXTISOSLIGI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) ILMIY DARAJASINI OLISH UCHUN YOZILGAN DISSERTATSIYA TAQDIMOTI Ilmiy rahbar: p.f.f.d., (PhD) dotsent. E.B.Xujanov
MAVZUNING DOLZARBLIGI Dunyo ta’limi oldiga ham bugungi davr katta vazifa va talablarni qo‘ymoqda. Bunda qo‘yilgan asosiy talab yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish hamda, tez o‘zgarayotgan dunyoga moslashishni amalga oshirishdan iborat. Shu bilan birga o‘quv tarbiya jarayoniga ta’lim tizimini isloh qilishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan. Jaxonda ixtisoslashtirilgan maktab, kollej, litseylarda o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarini PISA, TIMSS kabi xalqaro dasturlar asosida rivojlantirish hamda o‘qitishda yangi interfaol metodlarni, qo‘llash davr talabi hisoblanadi. O‘quvchilarning yosh psixologik, ijtimoiy va kognitiv rivojlanishi, ijodiy va mantiqiy fikirlashini xalqaro tadqiqotlar asosida rivojlantirish, o‘quvchilarning mustaqil fikirlash qobiliyatlari va o‘zlashtirilgan bilimlarni kundalik amaliyotda qo‘llay olishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda umumiy o‘rta ta’limi maktablari fizika fanini o‘qitish metodikasi bo‘yicha bir qator muammolar o‘z yechimini kutmoqda. Bu muammolarning aksariyati, fizikadan berilayotgan bilim, ko‘nikma malakalarning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasi bugungi kun talabiga mos emasligi bilan bog‘liq. Binobarin, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish”, “Ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish” kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Hozirgi kunda bu muammolarning dolzarbligi yanada oshib, ta’lim sohasida ota-onalar hamda o‘quvchilar tomonidan ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan zamonaviy talablar ta’limni innovatsion usullarda yangi mazmun bilan to‘ldirish zarurligini taqozo etadi. TADQIQOT ZARURATINI BELGILAB BERUVCHI MEYORIY-HUQUQIY HUJJATLAR AR
Download 44.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling