Chiroqcni tuman axborot-kutubxona markazi ish faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotnoma


Fondni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmatida


Download 61.5 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1500735
1   2   3
Bog'liq
Shahrisabz TAKM

Fondni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmatida xizmat rahbari –Jo`raqulova Xilola ma’lumoti o‘rta maxsus (kutubxonashunos), shu xizmat mutaxassisi- Enazarova Gulchexra ma’lumoti o‘rta maxsus (kutubxonashunos).
Xizmatning Nizom va lavozim yo‘riqnomalari mavjud lekin xizmat mutaxassislari tanishmagan. 2022-yil uchun choraklik, yillik raqamli hisobotlardan 1- chorak va yillik raqamlik hisobotlar talab darajasida yuritilmagan. 2023 yil uchun yillik rejasi talab darajasida tuzilmagan, 2022 yillik raqamli hisobotda kitob fondi 18803 nusxada ko`rsatilgan 2022 yilning iyun oyidagi oylik hisobotida 18649 nusxa kitob fondi ko`rsatilgan.
Markazning kitob fondi 4034 nomda 18803 nusxani tashkil etadi. Kitob fondidan 16829 nusxa adabiyotlarga inventar raqam berilib xatlovdan o‘tkazilgan, 1974 nusxadagi adabiyotlar inventar daftariga tushirilmagan, 2022-yilda AKM fondini yangi nashrlar bilan boyitish maqsadida yuridik shaxslardan 105 nomda 225 nusxa adabiyotlar olingan, inventar daftarida 228 nusxa adabiyotlar kiritilgan. Jamlama daftariga tushirilib, fondga kirim qilingan. Dalolatnomalar xatoliklar bilan yozilgan. 2020-2021-2022- yillarda yangi olingan 4170 nusxadagi kitoblarga texnik ishlov berilgan, UDK asosida tizimlashtirilgan. 18803 nusxadagi retro fonddan 4170 nusxadagi adabiyotlarga UDK asosida ishlov berilgan.14633 nusxadagi adabiyotlarga UDK asosida ishlov berilmagan.
2022- yilda 7 nomda gazetaga, 2 nomda jurnalga obuna qilingan. 1 nomda majburiy nusxa gazeta olingan. Fond bo‘yicha choraklik hisobotlar buxgalteriyaga berib borilmagan.
2023- yilda 4 nomda gazetaga, 2 nomda jurnalga obuna tashkil etilgan . 1 nomda majburiy nusxa gazeta olingan.
Xizmatning jamlama hisobga olish daftari 1- qismi to`ldirilgan, to`ldirishda xatoliklarga yo`l qo`yilgan, 2022 yilning olingan yangi adabiyotlarning hisobi chiqarib yozilmagan 3- qismi yuritilmagan.
Axborot-bibliografiya xizmatida xizmat rahbari– Fayzullayeva Kamola ma’lumoti oliy (kutubxonashunos), Radjapova Guzal ma’lumoti o‘rta maxsus (kutubxonashunos)
Xizmat ish faoliyati o‘rganilganda 2023-yil uchun yillik, oylik ish rejalari ishlab chiqilgan. Yаnvar , fevral oyi hisoboti yozilgan, rahbar tomonidan tasdiqlanmagan.
Xizmatning Nizom va lavozim yo‘riqnomalari mavjud, xodimlardan so`ralganda bibliograf ayrim kamchiliklarga yo`l qo`ydi.
“O‘lkashunoslik kichik muzeyi tashkil etilgan, o‘lkaga oid 137 ta adabiyot mavjud, 65 ta eksponatlar qo`yilgan.
Tashkil etilgan ko‘rgazma va bibliografik sharhlar (Ma’lumotnomalari)- 8 ta ko‘rgazma tashkil etilib 8 ta biliografik sharh berilgan.
2023-yilda Ekskursiyalar soni - 12 ta
Guruhlar soni - 12 ta.
Foydalanuvchilar soni - 196 ta
Shaxs bibliografiyasi qo‘llanmasini tayyorlashda ma’lumot to‘plash (O‘lkaga oid- to`liq matnli) - 18 ta adabiyot yig‘ilgan.
Mavzuli bibliografik qo‘llanma tayyorlashda 16 ta ma’lumot to‘plangan. (O‘lkaga oid to`liq matnli)
2023-yilda “ Shahrisabz tarixi haqida ” 1 ta yo‘l ko‘rsatkich tuzilgan.
Xalq so`zi gazetasidan 35 ta, Qashqadaryo va Kesh gazetalaridan 15 ta analitik tavsif tuzilgan, xatoliklari mavjud.
2023 yilda kartotekada kartochkalar tuzilmagan,( izoh: bibtexnika AKMda mavjud bo`lmagani uchun )
Viloyat axborot – kutubxona markazi axborot - bibliografiya xizmat rahbari N.Yakubova tomonidan tushunchalar va metodik yordam ko`rsatildi.



Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling