Chiziqli algebraik tenglamalarning tizimlarini oddiy iteratsiyalar usuli bilan yechish. Usulning hisoblash algoritmi, xatoligini baholash


Strukturalar va ular bilan ishlash. Dinamik strukturalar


Download 414.51 Kb.
bet13/15
Sana19.06.2023
Hajmi414.51 Kb.
#1618794
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Azamat praktika (1)

Strukturalar va ular bilan ishlash. Dinamik strukturalar
Struktura - bu bitta nom bilan birlashtirilgan oʻzgaruvchilar yigʻindisi, bu ma‟lumotni birgalikda saqlashning umumiy qabul qilingan usulini ta‟minlaydi. Strukturani e‟lon qilish natijasida struktura obyektlarini yaratish uchun ishlatiladigan shablon paydo boʻladi. Strukturani tashkil etuvchi oʻzgaruvchilar struktura a’zolari deb ataladi. (Struktura a‟zolari koʻpincha a’zo yoki maydon deb ham ataladi.) Masalan, shaxs haqidagi ma‟lumotlarni saqlash uchun, ismingizni, tugʻilgan kuningizni, boʻyingizni, vazningizni yoki boshqa ma‟lumotlarni kiritishni xohlaysiz:
string ism;
int kun;
int oy;
int yil;
int balandlik;
int vazn;
Ammo endi sizda 6 ta alohida oʻzgaruvchi mavjud. Agar oʻzingiz haqida ma‟lumotni funksiyaga oʻtkazmoqchi boʻlsangiz, unda har bir oʻzgaruvchini alohida oʻtkazishingiz kerak. Bundan tashqari, agar siz boshqa birov haqida ma‟lumot saqlamoqchi boʻlsangiz, unda har bir kishi uchun qoʻshimcha ravishda yana 6 ta oʻzgaruvchini e'lon qilishingiz kerak boʻladi! Bunday amalga oshirish unchalik samarali emasligini oddiy koʻz bilan ham koʻrish mumkin. C++ tili dasturchilarga oʻzlarining shaxsiy ma‟lumot turlarini - bir nechta alohida oʻzgaruvchilarni birlashtirgan turlarini yaratishga imkon beradi. Foydalanuvchilar tomonidan aniqlangan ma‟lumotlar turlaridan biri bu strukturadir. Struktura har xil turdagi oʻzgaruvchilarni bir butunga birlashtirishga imkon beradi. Strukturani e’lon qilish va aniqlash. Strukturalar dasturchi tomonidan aniqlanganligi sababli, avval kompilyatorga uning qanday koʻrinishini aytib berishimiz kerak. Buning uchun struct kalit soʻzi ishlatiladi:
struct Xodim
{
- short id;
- int yosh;
- double maosh;
};
Yuqorida Xodim nomli struktura aniqlandi. U uchta oʻzgaruvchini oʻz ichiga oladi:

  1. id – short tipida

2) yosh – int tipida
3) maosh – double tipida
Strukturaning bir qismi boʻlgan ushbu oʻzgaruvchilar struktura a‟zolari (yoki "struktura maydonlari") deb nomlanadi. Xodim – bu oddiy struktura e‟loni. Garchi biz kompilyatorga uning a‟zo oʻzgaruvchilari borligini koʻrsatgan boʻlsak-da, hozirda unga xotira ajratilmagan. Odatda struktura nomlarini oddiy oʻzgaruvchi nomlardan ajratish uchun bosh harflar bilan yoziladi. C ++ da eng oddiy xatolardan biri bu struktura e‟loni oxirida nuqtali vergulni (;) unutishdir. Buning natijasida keyingi satrda kompilyatsiya xatosi paydo boʻladi. Visual Studio 2010 va undan yangi versiyalari kabi zamonaviy kompilyatorlar sizga oxirida vergulni unutganligingizni aytishadi, lekin eski kompilyatorlar buni unutishi mumkin, chunki bu xatoni topish qiyin. Employee strukturasidan foydalanish uchun biz faqatgina Employee tipidagi oʻzgaruvchini e'lon qilishimiz kerak:
Xodim Anvar;
Bu yerda biz Anvar nomidagi Xodim turidagi oʻzgaruvchini aniqladik. Oddiy oʻzgaruvchilardagi kabi, strukturali oʻzgaruvchini aniqlash, ushbu oʻzgaruvchiga xotira ajratilishiga olib keladi. Siz bir xil strukturaning bir nechta oʻzgaruvchilarini e'lon qilishingiz mumkin:

Download 414.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling