Chiziqli tеnglamalar sistеmasi. Chiziqli tenglamalar sistemasi va ularning yechimi


Download 258.02 Kb.
bet11/16
Sana19.06.2023
Hajmi258.02 Kb.
#1606908
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Chiziqli tenglamalar sistemasi2

Yechish: Holva, pecheniye va vaflining ishlab chiqarish hajmlarini mos ravishda х1, х2х3 dеb belgilaymiz. Jadvaldagi ma’lumotlar asosida uchala mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan har bir xom ashyo miqdorini topamiz va uni ombordagi zaxirasi bilan tenglashtiramiz. Natijada quyidagi chiziqli tenglamalar sistemasiga ega bo‘lamiz:

Bu chiziqli tenglamalar sistemasini yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullardan biri yordamida yechib, х1=100, х2=350 vа х3=200 ekanligini topamiz. Demak, qandolat firmasida 200 birlik holva, 350 birlik pecheniye va 200 birlik vafli ishlab chiqarilsa xom ashyo to‘liq sarflanadi.


2-masala. Buxoro va Kogon paxta zavodlari Qorako‘l va G‘ijduvon to‘qimachilik korxonalariga momiq (paxta tolasi) yetkazib beradi. Buxoro va Kogon paxta zavodlari oy davomida mos ravishda 400 va 250 birlik momiq ishlab chiqaradi. Qorako‘l va G‘ijduvon to‘qimachilik korxonalari oy davomida mos ravishda 300 va 350 birlik momiq ishlatadi. Har bir paxta zavodidan har bir to‘qimachilik korxonasiga bir birlik momiqni yetkazishning transport xarajatlari pul birligida quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:

Paxta
zavodi

Bir birlik momiqni transportda tashish xarajatlari (pul birligida)

G‘ijduvon to‘qimachilik korxonasi

Qorako‘l to‘qimachilik
korxonasi

Buxoro

10

15

Kogon

8

20

Transport xarajatlari uchun 7500 pul birligi ajratilgan. Paxta zavodlaridan momiqni to‘qimachilik korxonalariga transportda tashishning oqilona rejasini toping.



Download 258.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling