Chizma chizishdagi aniqlik shartlari


Birinchi oktantda joylashgan nuqtaning chizmasi


Download 151.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana23.11.2023
Hajmi151.75 Kb.
#1796159
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1 (1)

Birinchi oktantda joylashgan nuqtaning chizmasi. Fazoning I oktantida joylashgan A nuqta va 
o‘zaro perpendikulyar H, V va W proyeksiyalar tekisliklari sistemasi berilgan (1.16,a-chizma). A 
nuqtaning ortogonal proyeksiyalarini yasash uchun bu nuqtadan proyeksiyalar tekisliklariga 
perpendikulyar qilib o‘tkazamiz. 
Faraz qilaylik, A nuqtadan H tekislikka tushirilgan perpendikulyarning asosi A' bo‘lsin. Mazkur 
nuqtadan V tekislikka tushirilgan perpendikulyarning asosini aniqlash uchun A' dan Ox ga 
perpendikulyar o‘tkazamiz va bu o‘qda Ax ni topamiz. So‘ngra Ax dan O
x
ga perpendikulyar qilib 
o‘tkazilgan chiziqning A nuqtadan V tekislikka tushirilgan perpendikulyar bilan kesishgan A" 
nuqtasini topamiz. 


v) g) 
1.16-chizma 
A nuqtadan W tekislikka tushirilgan perpendikulyarning asosini (1.16,a-chizma) aniqlash uchun A' 
dan Oy o‘qiga tushirilgan perpendikulyar o‘tkazamiz va Ay ni belgilaymiz. So‘ngra Ay dan Oy ga 
perpendikulyar qilib o‘tkazilgan chiziqning A nuqtadan W ga tushirilgan perpendikulyar bilan 
kesishgan A"' nuqtasini topamiz. A nuqtadan W tekislikka tushirilgan perpendikulyarning asosi A"' ni 
A" dan Oz o‘qigacha o‘tkazilgan perpendikulyar orqali ham aniqlash mumkin.
A nuqtadan H, V va W tekisliklariga o‘tkazilgan perpendikulyarlarning asoslari A', A" va A"' 
nuqtaning ortogonal proyeksiyalari deyiladi. Bunda A-nuqtaning gorizontal proyeksiyasi, A"- frontal 
proyeksiyasi va A"'-profil proyeksiyasi deyiladi va A(A',A",A"') ko‘rinishida yoziladi. A nuqtaning 
chizmasini tuzish uchun V tekislikni qo‘zg‘atmasdan H va W proyeksiyalar tekisliklarini V tekislikka 
jipslashtiramiz (1.16,b-chizma). A nuqtaning A" frontal proyeksiyasi V tekislikka tegishli bo‘lgani 
uchun uning vaziyati o‘zgarmay qoladi. Gorizontal A' va profil A"' proyeksiyalar H va W tekisliklariga 
mos ravishda tegishli bo‘lgani uchun bu tekisliklar Ox va Oz o‘qlar atrofida pastga va o‘ngga 90
0
ga 
buriladi va a,b-chizmada ko‘rsatilgan vaziyatni egallaydi. A nuqtaning hosil qilingan chizmasida uning 
A' va A" proyeksiyalari Ox ga perpendikulyar bo‘lgan bir proyeksion chiziqda, frontal A" va A"' profil 
proyeksiyalari esa Oz o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan ikkinchi proyeksion chiziqda joylashadi. 

Download 151.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling