Chizma chizishdagi aniqlik shartlari
Download 151.75 Kb. Pdf ko'rish
|
1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy tushunchalar .
- Umumiy tushunchalar.
Kirish. Proeksiyalash usullari. Nuqta. To'g'ri chiziqning ortogonal proeksiyalari. Xususiy vaziyatdagi to'g'ri chiziqlar va ularning proeksiyalari. Chizma chizishdagi aniqlik shartlari. Har qanday chizma aniq va mukammal darajada chizilishi talab qilinadi. Mukammal chizilmagan chizma orqali buyumni yasab bo‘lmaydi. Shunday ekan, chizma chizishda asosan, O‘zbekiston Davlat standartlari, O‘zbekiston Respublikasi konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KHYAT) asosiy qoidalari (O‘z.DSt 2.001:2003) talablari to‘liq bajarilishi shart. Umumiy tushunchalar. Chizmalardagi har qanday yozuv O’zDSt 2.304:96 talabiga muvofiq aniq, yaqqol va chiroyli yozilishi lozim. Davlat standarti bajariladigan chizmalarning hammasida yoziladigan barcha yozuvlarni ushbu shriftlarda yozishni talab etadi. Chizma shrifti o‘zining oddiyligi, harflarning va raqamlarning bir xil yo‘g‘onlikda bo‘lishi va doim 75° qiyalikda yozilishi bilan xarakterlanadi. Chizma shriftlar O‘z.DSt 2304:96 ga muvofiq quyidagi o‘lchamlarda yozilishi tasdiqlangan: 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; 40. SHriftlarning o‘lchamlari deb bosh harflarning balandligi h bilan ifodalanishiga aytiladi. Masalan, bosh harfning balandligi 10 mm bo‘lsa, shriftning o‘lchami bilan ifodalanuvchiligining nomi ham 10 bo‘ladi. Standartga muvofiq shriftlar tik va qiya yozilishi mumkin. Ularni yozish qulay bo‘lishi uchun yordamchi kvadrat to‘rlar chizib olinishi lozim. Umumiy tushunchalar. Chizmalardagi har qanday yozuv O’zDSt 2.304:96 talabiga muvofiq aniq, yaqqol va chiroyli yozilishi lozim. Davlat standard bajariladigan chizmalarning hammasida yoziladigan barcha yozuvlarni ushbu shriftlarda yozishni talab etadi. Chizma shrifti o‘zining oddiyligi, harflarning va raqamlarning bir xil yo‘g‘onlikda bo‘lishi va doim 75° qiyalikda yozilishi bilan xarakterlanadi. Chizma shriftlar O‘z.DSt 2304:96 ga muvofiq quyidagi o‘lchamlarda yozilishi tasdiqlangan: 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; 40. SHriftlarning o‘lchamlari deb bosh harflarning balandligi h bilan ifodalanishiga aytiladi. Masalan, bosh harfning balandligi 10 mm bo‘lsa, shriftning o‘lchami bilan ifodalanuvchiligining nomi ham 10 bo‘ladi. Standartga muvofiq shriftlar tik va qiya yozilishi mumkin. Ularni yozish qulay bo‘lishi uchun yordamchi kvadrat to‘rlar chizib olinishi lozim. O‘lchamlar qo‘yish qoidalari O‘zDSt 2.307: 97 da to‘liq bayon qilingan bo‘lib, biz ularning ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz. CHizmaga qarab detalning qanday katta-kichiklikda chizilganini aniqlashda yordam beradigan o‘chamlar chizma o‘lchamlari deyiladi. O‘lchamlar o‘lcham chiziqlari va o‘lcham sonlari yordantida ko‘rsatiladi. Mashinasozlik chizmalarida chiziqli o‘lchamlar hamma vaqt millimetr hisobida qo‘yiladi. Lekin mm belgisi chizmada tushirib qoldiriladi. Burchak o‘lchamlari gradus belgilari bilan ko‘rsatiladi. Chizmaning qanday masshtabda chizilishidan qat’iy nazar, unga hamma vaqt o‘sha detalning haqiqiy o‘lchamlari qiymati qo‘yiladi. O‘lcham chiziqlari detalning konturidan unga parallel qilib 6-10 mm masofada o‘tkaziladi (2.1-rasmdagi 56, 76 ... o‘lchamlar). O‘lcham chiziqlari boshqa joy chiqarish chiziqlari bilan mumkin qadar kesishmasligi lozim. O‘lcham sonlari oicham chizig‘ining ustida mumkin qadar uning o‘rtarog‘ida yoki unga yaqinroq ko‘r- satilishi lozim. SHuning uchun eng avval kichikroq o‘lcham, keyin kattaroqlari qo‘yiladi (2.1- rasmdagi 15, 33, 94 o‘lchamlar). Chizmadagi vertikal o‘lcham chiziqlari listiga qo‘yilgan o‘lcham sonlarini o‘qish va ularni yozish qulay bo‘lishi uchun chizmani soat millari yo‘nalishida chapdan o‘ngga 90° ga burib qaraladi va yoziladi. Chizmada har bir joy o‘lchami bir marta ko‘rsatiladi. Detalning eng katta o‘lchamlarini: balandligi, eni va kengligini ko‘rsatuvchi o‘lchamlar gabarit o‘lchamlar deyiladi (2.24-rasmdagi 5, 76, 94 o’lchamlar). Gabarit o‘lchamlarni ko‘rsatuvchi o‘lcham chiziqlari vertikal va gorizontal chiziqlarga parallel olinadi. o‘lcham chiziqlari chiqarish chiziqlariga ko‘rsatkich (strelka) uchi bilan tegib turishi kerak. Ko‘rsatkichning tuzilishi ko‘rsatilgan. 2.1- rasm. Ko‘rsatkich kattaligi kontur chiziqlarning yo‘g‘onligiga bog‘liq bo‘lib, chizmaning hamma joyida u bir xil kattalikda bo‘ladi. Chiqarish chiziqlari oxirgi ko‘rsatkichdan, chizmaning katta va kichikligiga qarab, 1-3 mm gacha chiqib tursa kifoya, ortiqchasini o‘chirib tashlash kerak. 2.2-rasm. Burchak o‘lchamlarini qo‘yish qoidalari 2.3- a rasmda berilgan. Shtrixlab qo‘yilgan joydagi burchak o‘lchamlari chiqarib ko‘rsatiladi. Aylana diametrining o‘l- chamlarini ko‘rsatishda o‘lcham soni oldiga hamma vaqt diametrni ifodalovchi shartli belgi O qo‘yiladi (2.3- rasm). 2.3- rasm. Radiuslarning o‘lchamlarini ko‘rsatuvchi o‘lcham soni oldiga hamma vaqt radius belgisi R yoziladi (2.3-b rasm). 2.3- rasmdagi aylana va radius o‘lchamlariga e’tibor bering. Chizmadagi kvadrat teshik yoki kvadratli chiqiq (bo‘rtiq) o‘lcham soni oldiga kvadrat belgisi qo‘yiladi. Detalda bir xil element, ya’ni aylanali silindrik teshik ko‘p marta takrorlansa va uiarning diametr oichamlari bir xil bo‘lsa, hammasi uchun bitta o‘lcham bitta teshikka qo‘yilib, uning nechtaligi son bilan yozib ko‘rsatiladi (2.1- rasmdagi 3 tesh. 6 o‘lchamga qarang). Aylana chizmada to‘liq tasvirlanmasa, ya’ni yarmidan ortiqroq chizilsa ham diametrning o‘lcham chizig‘i uzib chiziladi, lekin aylana diametrining o‘lcham soni to‘liq ko‘rsatiladi. Agar o‘lcham sonini, ya’ni, aylana diametrining qiymatini yozish uchun joy etarli bo‘lmasa, bu sonni chiqarib yozish mumkin. Agar aylana diametri 12 mm dan kichik bo‘lsa, o‘lcham chiziq ko‘rsatkichlarini aylana tashqarisiga qo‘yish mumkin (2.3- b rasmdagi 0 5). Agar radiuslarning o‘lchamlari 5 mm dan kichik bo‘lsa, o‘lcham chizig‘i nayzasini 2.26- c chizmadagidek (RS) yoy tashqarisiga qo‘yish tavsiya etiladi. Chiqarish chiziqlari va ko‘rinarli kontur chiziqlari orasidagi joy o‘lcham sonini yozish uchun etarli bo‘lmasa, o‘lcham chizig‘ini va ulardagi ko‘rsatkichlarni qo‘yish mumkin. O‘lcham chizig‘idagi ko‘rsatkichlarni qo‘yish uchun joy etarli bo‘lmagan hollarda chiqarish chizig‘idagi ba’zi ko‘rsatkichlarni nuqta yoki shtrix bilan almashtirish mumkin O‘zaro perpendikulyar bo‘lgan ikki tekislik bir—biri bilan kesishib fazoni to‘rt qismga - kvadrantlarga (choraklarga) bo‘ladi.Fazoda gorizontal vaziyatda joylashgan (3.1-rasm) H tekislik gorizontal proeksiyalar tekisligi, vertikal joylashgan V tekislik frontal proeksiyalari tekisligi deb ataladi. H va V proeksiyalar tekisliklari o‘zaro kesishgan Ox chizig‘i proeksiyalar o‘qi deyiladi. Proeksiyalar tekisliklari sistemasining bunday fazoviy modelida turli geometrik shakllar, shuningdek, detallar, mashina va inshootlarni joylashtirib, so‘ngra ularning chizmalarini yasash katta noqulayliklar tug‘diradi va zaruriyati ham bo‘lmaydi. Tekisliklarning Konstruktorlik hujjatlarini bajarishda bu bir tekislikka joylashtirilgan (jipslashtirilgan) tekis tasvirlaridan foydalaniladi. Shu maqsadda H gorizontal proeksiyalar tekisligini Ox proeksiyalar o‘qi atrofida aylantirib, V tekislik bilan ustma-ust tushirib jipslashtiriladi (3.2-rasm). Natijada, H va V tekisliklarda bajarilgan barcha yasashlar asosiy chizma tekisligi sifatida qabul qilingan V frontal proeksiyalar tekisligiga joylashtiriladi. Bunda nuqta yoki geometrik shaklning bitta tekislikda joylashtirilgan ikki - gorizontal va frontal tasvirlari - Monj chizmasi (yoki kompleks chizma) hosil qilinadi. Amalda geometrik shakllarning to‘g‘ri burchakli proeksiyalarini yasashda asosan proeksiyalar o‘qlaridan foydalaniladi. Shuning uchun chizmada proeksiyalar tekisliklarining konturini tasvirlash shart emas (3.3-rasm). 3.1-rasm 3.2-rasm 3.3-rasm Nuqta yoki geometrik shakl fazoning turli choraklarida joylashuvi mumkin. Quyida I-IV choraklarda joylashgan nuqtalarini ko‘rib chiqamiz. Download 151.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling