Chizma chizishdagi aniqlik shartlari


Ikkinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi


Download 151.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana23.11.2023
Hajmi151.75 Kb.
#1796159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1 (1)

Ikkinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi. Fazoda berilgan B nuqtaning (3.7- rasm) 
proeksiyalarini yasash uchun bu nuqtadan H va V tekisliklarga perpendikulyarlar o‘tkazamiz, bu 
perpendikulyarlarning proeksiyalar tekisliklari bilan kesishgan B’ va B” asoslari B nuqtaning 
gorizontal va frontal proeksiyalari bo‘ladi. B nuqtaning chizmasini tuzish uchun H tekislikni 3.8-
rasmda ko‘rsatilganidek V tekislikka jipslashtiramiz. B nuqtaning B” frontal proeksiyasining vaziyati 
o‘zgarmay qoladi. Uning B’ gorizontal proeksiyasi esa H tekislik bilan Vtekislikka jipslashadi va Ox 
o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan, chiziqda bo‘ladi (3.9-rasm). 
3.7-rasm 3.8-rasm 3.9-rasm 


Demak, II chorakda joylashgan har qanday nuqtaning gorizontal va frontal proeksiyalari Ox o‘qiga 
perpendikulyar bo‘lgan bir bog‘lovchi chiziqda va Ox o‘qining yuqorisida joylashadi. 
Uchinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi. Fazodagi C nuqta III chorakda joylashgan 
(3.10-rasm). Bu nuqtaning gorizontal va frontal proeksiyalarini yasash uchun H va V tekisliklarga 
perpendikulyar tushiramiz. Bu perpendikulyarlarning H va V tekisliklardagi C’ va C” asoslari C 
nuqtaning gorizontal va frontal proeksiyalari bo‘ladi. Nuqtaning epyurini yasash uchun H tekislikni 
qabul qilingan qoidaga muvofiq V tekislikning davomi bilan jipslashtiramiz (3.11-rasm). Bunda H 
tekislik yuqorida joylashadi. C nuqtaning C” frontal proeksiyasi tekislikda bo‘lgani uchun vaziyati 
o‘zgarmay qoladi, C’ gorizontal proeksiyasi esa H tekislik bilan birga V tekislikka jipslashadi va 3.12-
rasmda ko‘rsatilgan vaziyatni egallaydi. 
3.10-rasm 3.11-rasm 3.12-rasm 
Demak, III chorakda joylashgan har qanday nuqtaning gorizontal proeksiyasi Ox o‘qining 
yuqorisida, frontal proeksiyasi esa uning ostida, Ox o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan bir bog‘lovchi 
chiziqda joylashadi. 

Download 151.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling