Chizma chizishdagi aniqlik shartlari
Nuqtani 2 va 3 tekislikka proeksiyalash
Download 151.75 Kb. Pdf ko'rish
|
1 (1)
Nuqtani 2 va 3 tekislikka proeksiyalash.
Birinchi oktantda joylashgan nuqtaning chizmasi. Fazodaning I oktantida joylashgan A nuqta va o‘zaro perpendikulyar H, V va W proeksiyalar tekisliklari sistemasi berilgan (3.20,a- rasm). A nuqtaning ortogonal proeksiyalarini yasash uchun bu nuqtadan proeksiyalar tekisliklariga perpendikulyarlar o‘tkazamiz. Faraz qilaylik, A nuqtadan H tekislikka tushirilgan perpendikulyarning asosi A' bo‘lsin. Mazkur nuqtadan V tekislikka tushirilgan perpendikulyarning asosini aniqlash uchun A dan Ox ga perpendikulyar o‘tkazamiz va bu o‘qda Ax ni topamiz. So‘ngra Ax dan Ox ga perpendikulyar qilib o‘tkazilgan chiziqning A nuqtadan V tekislikka tushirilgan perpendikulyar bilan kesishgan A” nuqtasini topamiz. 3.20-rasm A nuqtadan W tekislikka tushirilgan perpendikulyarning asosini (3.20a-rasm) aniqlash uchun A' dan Oy o‘qiga tushirilgan perpendikulyar o‘tkazamiz va A y ni belgilaymiz. So‘ngra A y dan Oy ga perpendikulyar qilib o‘tkazilgan chiziqning A nuqtadan W ga tushirilgan perpendikulyar bilan kesishgan A"' nuqtasini topamiz. A nuqtadan W tekislikka tushirilgan perpendikulyarning asosi A"' ni A" dan Oz o‘qigacha o‘tkazilgan perpendikulyar orqali ham aniqlash mumkin. A nuqtadan H, Vva Wtekisliklariga o‘tkazilgan perpendikulyarlarning asoslari A', A" va A"' nuqtaning ortogonal proeksiyalari deyiladi. Bunda A' - nuqtaning gorizontal proeksiyasi, A" - frontal proeksiyasi va A"' - profil proeksiyasi deyiladi va A(A',A",A’”) ko‘rinishida yoziladi. A nuqtaning chizmasini tuzish uchun V tekislikni qo‘zg‘atmasdan H va W proeksiyalar tekisliklarini V tekislikka jipslashtiramiz (3.20,b-rasm). A nuqtaning A" frontal proeksiyasi V tekislikka tegishli bo‘lgani uchun uning vaziyati o‘zgarmay qoladi. Gorizontal A' va profil A"' proeksiyalar H va Wtekisliklariga mos ravishda tegishli bo‘lgani uchun bu tekisliklar Ox va Oz o‘qlar atrofida pastga va o‘ngga 90° ga buriladi va 3.20,b,v-rasmda ko‘rsatilgan vaziyatni egallaydi. A nuqtaning hosil qilingan chizmasida uning A' va A" proeksiyalari Ox ga perpendikulyar bo‘lgan bir proeksion chiziqda, frontal A" va A"' profil proeksiyalari esa Oz o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan ikkinchi proeksion chiziqda joylashadi. Ta’rif: Har qanday nuqtaning frontal va profil proeksiyalari Oz o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan bitta proeksion bog‘lovchi chiziqda yotadi. Shuningdek, 3.20,g-rasmdan A x A'=OA y =A z A"' ekanligini aniqlash mumkin. Demak, chizmada A nuqtaning A' gorizontal va A"' profil proeksiyalari orasidagi proeksion bog‘lanish chizig‘i, markazi O nuqtada bo‘lgan radiusi OA u ga teng yoy yoki A u nuqtadan 45° da o‘tkazilgan chiziq yordamida hosil qilinadi. Shuningdek, A' va A"' proeksiyalar orasidagi proeksion bog‘lanishni chizmaning doimiy chizig‘i A yo A y burchak A y bissektrisasi T zW chiziq yordami bilan AArjA"' to‘g‘ri burchak orqali ham hosil qilish mumkin. Download 151.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling