Chizma chizishdagi aniqlik shartlari


Birinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi


Download 151.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana23.11.2023
Hajmi151.75 Kb.
#1796159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1 (1)

Birinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi. A nuqtaning (3.4-rasm) H va tekisliklardagi 


proeksiyalarini yasash uchun bu nuqtadan mazkur tekisliklarga perpendikulyar o‘tkazamiz va ularning 
bu tekisliklar bilan kesishish nuqtalarini aniqlaymiz. Faraz qilaylik, A nuqtadan H tekislikka 
tushirilgan perpendikulyarning asosi A’ bo‘lsin. A nuqtadan V tekislikka tushirilgan 
perpendikulyarning asosi A” ni aniqlash uchun A’ dan Ox o‘qiga perpendikulyar o‘tkazamiz va A
x
nuqtani aniqlaymiz. V tekislikka tushirilgan perpendikulyar bilan Ox o‘qidagi Ax nuqtadan ko‘tarilgan 
vertikal bilan kesishtirib A” nuqtasini topamiz. 
A nuqtadan H va V tekisliklarga o‘tkazilgan perpendikulyarlarning A’ va A”asoslari nuqtaning 
to‘g‘ri burchakli proeksiyalari deyiladi. Bu erda A’- A nuqtaning gorizontal proeksiyasi, A” - uning 
frontal proeksiyasi deb ataladi. Shakldagi AA’ va AA” chiziqlar proeksiyalovchi nurlar yoki 
proeksiyalovchi chiziqlar deyiladi. 
A nuqtaning chizmasini tuzish uchun tekisliklarning fazoviy modelini yuqorida qayd qilingan 
qoidaga muvofiq tekislikka jipslashtiramiz (3.5-rasm). Bunda A nuqtaning A” frontal proeksiyasi V 
tekislikda bo‘lgani uchun uning vaziyati o‘zgarmay qoladi. Gorizontal A’ proeksiyasi H tekislik bilan 
Ox o‘qi atrofida pastga 90
o
ga buriladi va V tekislikning davomida jipslashadi. Natijada, A nuqtaning 
A’ gorizontal hamda A” frontal proeksiyalari Ox o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan bir bog‘lovchi 
chiziqda joylashadi (3.6-rasm). 
3.4-rasm 3.5-rasm 3.6-rasm 
Demak, I chorakda joylashgan har qanday nuqtaning gorizontal proeksiyasi Ox o‘qining ostida, 
frontal proeksiyasi uning yuqorisida, Ox o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan bir bog‘lovchi chiziqda 
joylashadi. 

Download 151.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling