“Chizmachilik” o‘quv fanidan yillik mavzuiy ish reja
Kompyuterda chizma bajarish
Download 150 Kb.
|
Chizmachilik dastur taqvim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chizmachilik” o‘quv fanidan yillik mavzuiy ish reja
Kompyuterda chizma bajarish (3 soat)
Tekis va hajmli shakl tasvirini yasash. Oddiy geometrik shakllardan tuzilgan sodda detallarning proyeksiyalarini yasash. Berilgan jismning fazoviy holatini hamda uning shaklini o`zgartirish. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 8-9- sinflarida Chizmachilik o`quv dasturidan foydalanish yuzasidan t a v s i ya l a rUmumiy o`rta ta`lim maktablarining 8-9 sinflarida chizmachilik darslarini olib boruvchi o`qituvchilar mazkur o`quv dasturi tarkibidan o`rin olgan mavzular mazmuni va ular yuzasidan berilgan tavsiyalar bilan tanishib chiqishlari zarur. Dastur mazmunida aks ettirilgan mavzularni ketma-ketlik tartibi va ular uchun belgilangan soatlar hajmi imkon qadar o`zgartirilmasdan ilova qilingan taqvimiy-mavzuiy reja asosida darslar olib borilishi tavsiya etiladi. Sakkizinchi sinf dasturining kirish qismida chizmalar tarixiga alohida e`tibor berib, O`rta Osiyoda chizmalarning shakllanishiga asos solgan buyuk mutafakkir olimlardan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar kabi buyuk ajdodlarimiz haqida ma`ruza qilinadi. Chizma asboblari va o`quv qurollarning ro`yhati mashq daftariga yozib qo`yiladi. Chizma chiziqlarning asosiy beshta turi haqida keng ma`lumot berib, ularning bir-biridan farqi va vazifalari to`la bayon etiladi. O`lcham qo`yish qoidalari va chizma shriftlarning yozilishi ko`rsatib beriladi. Bu harflar va raqamlarning o`lchamlari (5,7,10) haqida to`la ma`lumot berilib, ularning yozilishi, konsruktiv tuzilishi bo`yicha guruhlarga ajratilib tushuntiriladi. Dasturda geometrik yasashlar uchun ajratilgan soatlardan unumli foydalanilgan holda har bir mavzu yuzasidan o`quvchilarning mashq bajarishlariga imkoniyat yaratiladi. Mazkur mavzular bo`yicha amaliy ishlar ko`proq mashq daftarida bajariladi. Proyeksiyalash usullari mavzusini bayon etishda ko`rgazmali qurollar, maketlar, geometrik jismlar, modellar, detallar va o`quv plakatlardan keng foydalanish zarur. Oktant va epyur haqida ma`lumot berilgandan so`ng, nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning birinchi oktantdagi va epyurdagi proyeksiyalari ko`rsatib beriladi. Geometrik jismlarning proyeksiyalari haqida ma`lumot berilganda ularning modellaridan ko`proq foydalaniladi. Geometrik jismlarga detallarning tarkibiy elementi sifatida qaraladi. Ko`rinishlar mavzusini bayon etishda proyeksiyalash usullari takrorlanib, mustahkamlanadi. O`quvchilar har bir ko`rinish nomlarini xotirada chuqur saqlab qolish uchun qisqa muddatli mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Oddiy detallarning asliga qarab uning ko`rinishlari bajarilishi zarur. Detalning bosh ko`rinishi bo`yicha va zaruriy ko`rinishlar sonini aniqlash yuzasidan ko`nikmalar hosil qilinadi. Chizmalarni o`qish mavzusida dastlab oddiy modellarning, ya`ni ishlov berilmagan detallar chizmalari tahlil qilinadi va geometrik jismlarga ajratiladi. Bunda o`quv detallarda foydalaniladi. O`quvchilar chizmalarni o`qish tartibi va qoidalarini yod olishlari lozim. Aksonometrik proyeksiyalar haqida umumiy ma`lumotlar berilib, ularning o`qlarini hosil qilish va ellipslarini qurish ko`rsatib beriladi. Izometrik va dimetrik proyeksiyalar yasash tushuntirilgandan so`ng, texnik rasm bajarish tartib-qoidalari bayon etiladi. O`qituvchi tomonidan sinf doskasida bajarilgan chizmalar mashq daftariga ko`chirilishi bilan barobar o`quvchilar mavzu mazmunidan kelib chiqib qisqa muddatli mashqlar bajarishi va o`tilgan materiallarni mustahkamlab borishlari lozim. Sakkizinchi sinf o`quvchilarining dastur o`quv materiallari yuzasidan egallangan bilimlari baholanadi va nazariy bilimlar test savollari orqali, amaliy bilimlar esa grafik torshiriq yordamida sinaladi. Dastur mazmunida sakkizinchi sinflar uchun 8 ta grafik ish bajarilishi mo`ljallangan bo`lib, har chorakka 2 tadan to`g`ri keladi. Grafik ishlarning bajarilishi majburiy bo`lib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat: 1. Grafik ishda chizma chiziqlarning 5 ta asosiy turlari aks ettirilib, ularning qalinligi, o`lchamlari ko`rsatiladi. Detal chizmasi misolida ularning vazifasi ifodalanadi va yozuvlari chizma shriftda (5,7) bajariladi. 2. Grafik chizmachilik shriftlari yuzasidan bajarilib, A4 format chizma qog`oziga hoshiya, asosiy yozuv bilan birga 10 shriftda bosh va yozma harflar hamda raqamlar yoziladi. 3. Grafik ish mazmunida tutashmalar bajariladi va o`lcham qo`yish qoidalari aks ettiriladi. Bunda oddiy tekis shakllardan foydalaniladi. Mazkur format qog`ozda qiyaliklar va konusliklar ham chiziladi. 4. Grafik ishda lekalo va sirkul yordamida egri chiziqlar bajarilib, bunda oval va ellips chiziladi. Mazkur grafik ishlarning 2 tasi bajarilib, qabul qilingandan so`ng, o`quvchilarning bitta chorakdagi grafik faoliyatiga yakun yasaladi va hulosa qilinadi. ikkinchi yarim yil davomida ham 4 ta grafik ish bajariladi va dastlab 5-grafik ish geometrik jismlarning proyeksiyalariga bag`ishlanadi. Bunda ko`pyoqli va aylanish sirtli geometrik jismlarning (bittadan) uch ko`rinishi chiziladi. Geometrik jismlar proyeksiyalarining birida o`qituvchi tomonidan belgilangan nuqtaning yetishmaydigan proyeksiyalari topiladi. 6-grafik ishda o`quvchilar chizma tarkibidan mahsus olib tashlangan chiziqlarni to`ldiradilar. Mazkur ish oddiy simmetrik detal chizmalari yordamida bajarilib, to`g`ri burchakli proyeksiyalarning yetishmaydigan chiziqlari to`ldiriladi. 7-grafik ish modelning asliga qarab eskizini bajarishga mo`ljallangan bo`lib, bunda katak daftar yoki millimetrovkalarga bo`lingan qog`ozga ( A4 format ) oddiy detalning ko`rinishlarini chizish tavsiya etiladi. 8-grafik ishda detalning uch ko`rinishiga asosan izometrik yoki dimetrik proyeksiyalari yasaladi. O`lcham qo`yish tartib qoidalari 5-7 grafik ishlar mazmunida o`z ifodasini topishi lozim. O`quvchilar tomonidan bajarilgan barcha grafik ishlar o`qituvchi tomonidan ball qo`yib qabul qilinadi va amaliy bilimlarni o`zlashtirilishi yuzasidan hulosa yasaladi. Har chorak davomida o`tilgan materiallar yuzasidan o`quvchilarning egallagan nazariy bilimlari test savollari yordamida sinab ko`riladi. 9-sinf dasturi mazmunidan o`rin olgan o`quv materiallarini bayon etishdan oldin 8-sinfda o`tilgan o`quv materiallar takrorlab umumlashtiriladi. Kesimlar va qirqimlar mavzusiga ajratilagan soatlar sonidan unumli foydalanilgan holda chizmalarda materiallarning grafik belgilanishi kesim yuzasining shtrixlanishi tushuntirib o`tiladi. Kesim va qirqim turlari to`la tushuntiriladi. Qiya qirqim hamda uning kesilgan yuzasini haqiqiy kattaligi yasaladi. Aksonometriyada qirqim bajariladi. Chizmalardagi shartliliklar va soddalashtirishlar haqida ma`lumot berilib, mazkur mavzu yuzasidan daftarga mashqlar bajariladi. Buning davomida eskiz bajarish qoidalari o`rganiladi va texnik rasm bajarish mustahkamlanadi. Loyihalash elementlari haqida tushuncha berilgandan so`ng, mashq daftariga mazkur mavzu yuzasidan detalning shaklini va fazoviy holatini o`zgartirishga oid torshiriqlar bajariladi. Kompyuter imkoniyatlaridan, foydalanib o`quvchilar format rom chizig`i shtampi va oddiy geometrik modelning chizmasini bajaradilar. Mashinasozlik chizmalari haqida umumiy ma`lumotlar berib, buyumlarning hamda hujjatlarning turlari bo`yicha tushuncha beriladi. Yig`ish chizmalari yuzasidan ma`ruza qilinib, ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar bilan tanishtirib, ularning vazifalari bo`yicha ma`lumot beriladi. Rezba turlari bayon etiladi va ularni chizmalarda belgilanishi ko`rsatiladi. Rezbali detallar va ularning birikmalari mashq daftariga chiziladi. Qurilish chizmachiligi va sxemalar haqida umumiy ma`lumot berilib, mavzu yuzasidan chizmalar mashq daftariga bajariladi hamda chizmalarni o`qish yuzasidan torshiriqlar beriladi. Dastur mazmunida 9- sinflar uchun 8 ta grafik ish bajarish nazarda tutilgan bo`lib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat: 1-2 grafik ishda kesimlar va qirqimlar talab qiluvchi detallar zaruriy ko`rinishlarda chizmalar bajarilishiga mo`ljallangan bo`lib, bunda tanlab olingan detal oddiy bo`lishi lozim. Har ikki grafik ish mazmunida ham o`lchamlar qo`yish bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish nazarda tutilishi kerak. 3- grafik ishning bundan oldingi 1-2 grafik ishlardan farqi, mazkur ish mazmunida yuqoridagilarni mustahkamlash bilan birga ko`rinishning yarmi (qismi) bilan qirqimning yarmi (qismi)ni birlashtirib tasvirlaydi. 4- grafik ishda sodda detallarning eskizi va texnik rasmi qirqim qo`llangan holda bajarilib, mazkur mavzu bo`yicha 8-sinfda egallangan bilimlar yuzasidan ko`nikma va malakalar hosil qilinadi. 5-grafik ishda boltli birikma uchta ko`rinishda va shpilkali birikma bitta ko`rinishda bajariladi. Unda o`quvchilarga variantlar sonini ko`paytirish maqsadga muvofiqdir. 6-grafik ish loyihalash elementlariga oid torshiriqlarga bag`ishlanadi. Bunda berilgan vazifaga muvofiq narsaning shaklini va fazoviy holatini o`zgartirib tasvirlash bo`yicha topshiriqlar bajariladi. Topshiriqlar mazmunini murakkablashtirib yubormaslik tavsiya etiladi. 7-grafik ishda qurilish chizmachiligi bo`yicha bir qavatli uyning plani, fasadi va qirqimi bajariladi. 8- grafik ish kompyuterda loyihalash, fazoviy holatini va detalning reja bo`yicha qismini qisman o`zgartirishga oid ish bajariladi va natijasi chop etiladi. 1-2- grafik ishlar bajarilgandan so`ng, birinchi CHORAKka, 3 va4 grafik ishlarning bajarilishiga qarab o`quvchilarning yarim yillik faoliyatiga yakun yasalib hulosa chiqariladi. 5 va 6- grafik ishlar bajarilgandan so`ng uchinchi chorakka, 7 va 8-grafik ishlaning bajarilishiga qarab ikkinchi yarim yillik bo`yicha o`quvchilarning grafik faoliyatiga yakun yasaladi va hulosa qilinadi. Mazkur grafik ishlarning barchasi A4 format qog`oziga bajariladi va o`qituvchi tomonidan qabul qilinadi. O`quvchilarning o`tilgan materiallar yuzasidan nazariy bilimlari test sinovlari yordamida sinab ko`riladi. “Chizmachilik” o‘quv fanidan yillik mavzuiy ish reja 8-SINF
Download 150 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling