Chizmachilik
O'zaro perpendikulyar to'g'ri chiziqlar o'tkazish
Download 3.71 Mb.
|
GEOMETRIK YASASHLAR 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesmani ozaro teng bolaklarga bolish.
- BURCHAKLAR YASASH VA ULARNI TENG BOLISH. AYLANALARNI TENG BO‘LARKLARGA BO‘LISH
O'zaro perpendikulyar to'g'ri chiziqlar o'tkazish.
Bunday chiziqlarni reysshina va uchburchaklik, ikkita uchburchaklik yordamida chizish qulay (4-chizma). To'g'ri chiziqqa perpendikulyar chiziqni sirkul yordamida o'tkazish uchun berilgan chiziqda tanlab olingan A va В nuqtalardan o'zaro kesishadigan yoylar chiziladi va hosil bo'lgan С va E nuqtalar tutashtiriladi (5-chizma). Berilgan to'g'ri chiziqqa A nuqta orqali perpendikulyar tushirish uchun A dan shu chiziqni kesadigan yoy chiziladi (6-chizma, a). 1 va 2 nuqtalardan o'zaro kesishadigan yoylar chiziladi va hosil qilingan В nuqta A bilan tutashtiriladi (26-chizma). Berilgan chiziqqa perpendikulyar chiziqni o'tkazishda aylanadan foydalanish ham mumkin. Buning uchun to'g'ri chiziqni kesib o'tadigan ixtiyoriy kattalikdagi aylana chiziladi va A yoki В nuqtalardan aylana diametri o'tkaziladi. С nuqta bilan A nuqta tutashtiriladi. Shunda CA t chiziqqa perpendikulyar bo'ladi (7-chizma, a). Chunki aylana diametri kesishayotgan А, В nuqtali aylananing xohlagan nuqtasi, masalan, С bilan tutashtirilsa, to'g'ri burchak hosil bo'ladi (7-chizma). 6-chizma 7-chizma Kesmani o'zaro teng bo'laklarga bo'lish. Kesmaning A va В nuqtalaridan o'zaro kesishadigan yoylar chiziladi va hosil qilingan 1 va 2 nuqtalar o'zaro tutashtirilsa, kesmani teng ikkiga bo'ladigan С nuqta topiladi. Shu tartibda kesmani to'rtga teng bo'lish uchun oldin AB teng ikkiga, so'ngra AC va ВС bo'laklari ham teng ikkiga bo'lib chiqiladi. АВ kesmani, masalan, 5 ga bo'lish uchun kesmaning A yoki В uchidan ixtiyoriy burchakda yordamchi chiziq o'tkaziladi va unga ixtiyoriy kattalikdagi bir xil beshta bo'lak o'lchab qo'yiladi. Oxirgi 5-nuqta В bilan tutashtiriladi, qolgan nuqtalardan shu B5 chiziqqa parallel chiziqlar o'tkazilsa, kesma o'zaro teng besh bo'lakka bo'linadi (8-chizma, a). Yordamchi chiziqni AB ga parallel o'tkazsa ham bo'ladi. U vaqtda yordamchi chiziqqa o'zaro teng beshta bo'lak o'lchab qo'yilib, 0 va 5 nuqtalar A va В nuqtalar bilan tutashtiriladi. Shunda ulaming o'zaro kesishishidan 0 nuqta markazi sifatida hosil bo'ladi. Endi 1,2,3 va 4 nuqtalar 0 bilan tutashtirilsa AB kesma teng besh bo'lakka bo'linadi (8-chizma, b). A 8-chizma 9-chizma To'g'ri chiziq kesmasini nisbatlarda bo'lish uchun bayon qilingan usuldan foydalanish mumkin. 9-chizmada AB kesma AB/BC=2/3 nisbatda bo'lishi ko'rsatilgan. 10-chizma BURCHAKLAR YASASH VA ULARNI TENG BO'LISH. AYLANALARNI TENG BO‘LARKLARGA BO‘LISH 11-chizmada reysshina va uchburchakliklar yoki transportir yordamida burchaklarni chizish tasvirlangan. To'g'ri burchakning markazi 0 dan ixtiyoriy kattalikdagi aylana yoyi chiziladi va shu kattalikdagi radiusda A nuqtadan yoy chizilsa, С nuqta hosil bo'ladi. С nuqta 0 bilan tutashtirilganda 30° va 60° li burchaklar yasaladi (12-chizma). Ixtiyoriy kattalikdagi burchakni teng ikkiga bo'lish uchun xohlagan radiusdagi yoy burchak uchidan chiziladi va А, В nuqtalardan o'zaro kesishadigan yoylar chiziladi. Ularning kesishishidan hosil qilingan С nuqta 0 bilan tutashtiriladi (13-chizma). To'g'ri burchakni o'zaro teng uchga bo'lish uchun ixtiyoriy kattalikdagi yoy 0 nuqtadan chiziladi va shu kattalikdagi radiusli yoy bilan A va В nuqtalardan yoylar chizilsa, С va D nuqtalar hosil bo'ladi. So'ngra С va D nuqtalar 0 bilan tutashtiriladi (14-chizma) 12-chizma 13-chizma 14-chizma Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling