Cho`kindi hosil bo`lish sharoitlari reja
Cho’kindi jinislarni tasvirlash
Download 52.52 Kb.
|
Dengizda cho’kindi hosil bo’lish sharoiti va hududlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yumaloqlanmagan jinslar
Cho’kindi jinislarni tasvirlash
Siniq (klastik) jinslar. Siniq jinslarning tasnifl bo'laklarining katta-kichikligiga, shakli va qanchalik sementlanganligiga asoslan- gan. Bu belgilar jinslarning tashqi ko'rinishini belgilash bilan bir vaqtda, ularning hosil bo'lish sharoitini ham aks ettiradi. Dag'al siniq jinslar (psefitlar) psefit strukturali siniq jinslar bo'shoq (chochiq) va sementlangan turlarga bo'linadi. Chochiq psefitlar shakli va kattaligiga qarab yumaloqlangan va yumaloqlan- magan jinslarga bo'linadi. Ular yana yirik, o'rta va kichik donalarga bo'linadi. Bo'laklari rosa dumaloq, odatda qirralari ham silliqlanib ketgan jinslar yumaloqlangan jinslarga kiradi. Yumaloqlanmagan jinslar ning siniqlari (bo'laklari) odatda burchakli, ya’ni silliqlanmagan bo‘ladi. Yumaloqlanmagan jinslar 2-10 shag'al toshjjfr g‘o‘la chaqiq tosh xarsang 10-200 tosHlar toshlar 200 katta Jinslarning yumaloq bo'lishi siniq jinslar yemirilgan joyida to'planadigan yeriga qadar kelguncha uzoq vaqt ichida ko'p masofani bosib o'tganligini ko'rsatadi. Jinslarning yumaloqlanmay qolganligi esa aksincha uncha uzoq bo'lmagan masofadan keltirilganligidan darak beradi. Sement va toshning tarkibi qanday boiishidan qat’y nazar, sement bilan birikkan, yumaloqlangan siniq dag'al toshlarning hammasini konglomeratlar, yumaloqlan magan bo'laklardan iborat bo'lib, sementlangan jinslarni esa brekchiyalar deyiladi. Konglomeratlar faqatgina cho'kindi tog' jinsiga xosdir, brekchiyalar esa har xil sharoitda hosil bo'ladi. Konglomeratlar kabi bir xil sement bilan sementlangan brekchiyalar cho'kindi jinslarga kiradi. Har xil kattalikdagi o'tkir qirrali bo'laklarining tarkibi sementning tarkibi bilan bir xil bo'lgan brekchiyalar surilish jarayonlari natijasida hosil bo'ladi. Bundan tashqari tektonika brekchiyalari ham bor. Ulardagi har turli siniq bo'laklari, jinsning turli qismida tarkibi har xil bo'lgan sement bilan yopishgan bo'ladi. Jins bo'laklarida esa bosim izi saqlanib qolgan bo'lib, darzlar ko'ri- nadi. Jins bo'laklarida ham, sementda ham siljish tekisligi (oyna), ya’ni uzunasiga ketgan chuqur ariqchalar bilan qoplangan silliq yuzalar uchraydi. Tektonika brekchiyalar tektonik harakatlar natijasida jinslarning yemirilishi va bir qatlamning ikkinchisi ustidan surilishi jarayonidan hosil bo'ladi. Shuning uchun ham bu brekchiyalarni cho'kindi jinslar qatoriga kiritmay, tektonika, uziluvchanlik harakatlari ta’sirida paydo bo'lgan jinslar deb qarash kerak. Psefitlarni tasvirlashda bo'laklarning tarkibini, rangini va kattaligini, qanchalik yumaloqligini, sementning tarkibini, rangini hamda jinsdagi bo'laklar bilan sement o'rtasidagi nisbatni ko'rsatish kerak. Konglomeratni tasvirlashga misol: shag'al konglomerat kulrang ohaktosh, pushti fanitdan, qora kremniydan hosil bo'lgan yumaloq shakldagi mayda tosh, o'rtacha donador, qo'ng'ir temirli qumtoshdan iborat bo'lgan, sementi zich joylashgan, shagal bilan mayda tosh o'rtasidagi bo'shliqlarni to'ldirgan. Qum va qumtoshlar (psammitlar). Psammitlar guruhiga strukturasiga qarab kattaligi 0,1 mm gacha bo'lgan jinslar kiradi. Bu jinslar zichlanganligiga va sementlanganligiga qarab ikkita katta guruhga a) bo'shoq (chochiq) — qumlarga va b) semenllan- gan jinslar — qumtosh (peschanik)larga bo'linadi. Qum va qumtoshlar donachalarining katta-kichikligiga qarab quyidagi kichik gruppalarga bo'linadi: a) 2 mm dan 1 mm gacha bo'lgan (shag'alga yaqin) dag'al donali qum va qumtoshlar; b) 1 mm dan 0,5 mm gacha bo'lgan yirik donali qum va qumtoshlar; d) 0,5 mm dan 0,25 mm gacha bo'lgan o'rta donali qum va qumtoshlar; e) 0,25 mm dan 0,1 mm gacha bo'lgan mayda donali qum va qumtoshlar. Psammitlarni tasvirlashda xuddi psefitlardek donalarimng katta-kichikligini va yumaloqligini, mineral tarkibi va rangini ta’riflash kerak bo'ladi. Psammitlar, asosan bir mineraldan tuzilgan bo'lishi mumkin. Masalan, kvarsdan, bunday hollarda uni kvarsli qum yoki qumtoshlar deyiladi. Bundaylarni oligomikt psammitlar deb yuritiladi. Har xil mineral bo'laklaridan iborat bo'lgan (kvars, dala shpati, slyuda, glaukonit bo'laklari) polimikt psammitlar deyiladi. Psammitlarni tasvirlashda yuqorida ko'rsatilgan belgilardan tashqari ularning sement va donachalari orasida uchraydigan ohakning bor-yo'qliginij 5-10% xlorid kislotasi yordamida aniqlashga e’tibor berish kerak. Jinslarda oz miqdorda ohak bo'Isa ham xlorid kislotasining bir tomchisidan qaynash hodisasi ko‘riladi. Reaktsiya natija bermasa jinsda ohak yo‘q deb hisoblanadi. Scmentlashgan jinslarda tsementining tarkibi bilan xususiya- tini, mahkamlik darajasini, zichligi va g‘ovakligini bir xil bo‘lishini yoki har xilligini va boshqa belgilarini albatta ko'rsatish kerak. Psammit jinsni mikroskopik (ko‘z bilan) yo‘l bilan tasvirlashga misol keltiramiz. Oldimizda ancha zich, yashil-kulrang jins bo'lagi turibdi. Bu jins qirralari silliqlangan 0,3-0,5 mm kattalikdagi kvarts donalaridan iborat. Jinsda kvarsdan tashqari 0,3 mm kattalikdagi glaukonit donalari ham ko'p. Shu donalar jinsga yashil tus beradi. NCI kislotasi ta’sir qilganda jins kuchsiz qaynay boshlaydi. Bu esa jinsning sementida bir oz oh,aK qo'shilgan yashil-kulrang, o'rtacha donador polimikt (kvars, glaukonit) qum-tosh ekanligini ko‘rsatadi. Psammitlar donalaming nisbiy kattaligiga qarab teng donali (saralangan) va har xil donali (saralanmagan) turlarga bo'linadi. Mineral tarkibiga ko‘ra, psammitlar quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1. Kvarsli qumlar va qumtoshlar, asosiy komponent- kvars; aralashma shaklida dala shpatlari, slyuda, glaukonit va boshqalar uchraydi. sementi har xil: kremniyli, gilli, glaukonit va boshqalar uchraydi. Bu qumtoshlar sementiga qarab kremniyli, temirli va hokazo bo'ladi. 2. Magnetitli va granatli qumlar kam uchraydi, tarkibida minerallarning nomi ko‘rsatilgan donalar ko‘proq bo'ladi. 3. Glaukonitli qum va qumtoshlar Glaukonit jinsning 2,0-40% ni va undan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Boshqa komponentlardan kvars (60-80%) va slyuda ko'proq uchraydi. Glaukonitning miqdoriga va uning rangining ravshanligiga qarab qum to‘q yoki ochyashil bo'ladi. Qum nuraganida esa glaukonit parchalanib, qo'ngir-qoramtir rangdagi temirli qumga aylanadi. 4. Temirli qum va qumtoshlar. Qum kvartsdan iboratdir. Kvars donalari qo'ng'ir temir qobig'i bilan o'ralgandir; qumtoshlar esa shu temirli minerallar bilan tsementlangan. Rangi ochqo'ngirdan qizg'ish zarg'aldoq ranggacha bo'ladi. 5. Arkoz qum va qumtoshlar. Asosiy komponentlari granit va gneyslaming fizik yemirilishidan hosil bo'lgan kvarts, dala shpati va oz miqdorda rangdor minerallardan (rogovaya obmanka, biotit va piroksen) iboratdir. Sementining tarkibi juda mayda yuqoridagi minerallar. Gryauvyakkalar qoramtir, yashil-qo'ng'ir va yashil-kulrang jinslar bo'lib, odatda zich sementlangan. Bu jinslar оЧа asos jinslarning bo'laklaridan iborat. Sementning tarkibi juda maydalangan plegoklaz va rangdor minerallardan iborat. Alevritlar va alevrolitlar. Psammitlar guruhi va pelitlar bilan bir qancha oraliq jinslar — alevrit va alevrolitlar orqali bog'langandir. Alevritlarga lyoss (sof tuproq), lyossimon qumoq tuproq, ba’zi bir xil qumli tuproq, qumoq tuproqlar va boshqa qumgffli jinslarni ko'rsatish mumkin. Bu jinslarning hammasi bo'shoq chochiq bo'ladi. Alevritlarga nisbatan alevrolitlar sementlangan bo'ladi. Ularga «changsimon» yoki «alevrit» (diametri 0,1 ^0,01 mm) donalaridan iborat bo'lgan mayin donali va mexanik tarkibiga ko'ra qum va gil donachalarining aralashmasidan iborat bo'lgan alevrolitlarni ko'rsatish mumkin. Gilli tog‘ jinslari (pelitlar). Fizik maydalanish va kimyoviy parchalanish jarayonida tog' jinslari va minerallarning 0,01 mm dan ham kichik zarralarga maydalanib ketishi natijasida kolloidlardan yuzaga keladigan va pelitlar deb ataladigan juda katta jinslar guruhi hosil bo'ladi. Pelitlar o'zlarining bir qator asosiy xususiyatlariga ko'ra siniq bo'lakli jinslardan ham asl kimyoviy cho'kindilardan ham keskin farq qiladi. Pelitlarning xossalari eritmada juda mayin 1-200 milli mikron atrofida bo'ladigan koiloid zarrachalarga bog'liq. Bunday zarrachalar cho'kmaydi. So'ssizlashgan eritmalar to'g'risida ham shunday deb aytish mumkin. Umuman, bir eritmadagi bir xil moddada zarrachalaming elektr zaryadi bir xil bo'ladi. Gho'ldndilarning hosil bo'lishi uchun koiloid va suspenziyalashgan zarrachalar elektr zaryadini yo'qotib, birmuncha yirik dona hosil qilib, bir-biriga yopisha olish xususiyatini kasb etishi kerak. Bunday hodisa koiloid eritma zarrachalarining elektr zaryadlari qarama-qarshi bo'lgan boshqa eritma bilan uchrashganda kuzatilishi mumkin. Masalan^ daryodan dengizga temir oksidli eritma yoki gilli moddalaming suspenziyasi oqib kelayotgan bo‘Isa va ular dengiz suvida erigan natriy xlorid bilan uchrashsa dengiz tubiga cho‘ka boshlaydi, ya’ni kaogulatsiya sodir bo‘ladi. Bir-biriga yopishgan va cho‘kib tushgan koiloid zarrachalar, asosan gilli (pelit) jinslami hosil qiladi. Gilli jinslar orasida qoldiq gillar va keltirilgan yoki asl gillar bo'ladi. Qoldiq gilli jinslar. Turli jinslarning fizik va kimyoviy nurashi natijasida hosil bo'lgan materiallar, ba’zan o‘z o‘rnida qoladi (elyuviy) yoki bir oz siljib o‘z o‘rnidan ketadi va boshqa joyda to‘planadi. Shunday yo‘l bilan hosihbo'lgan jinslarga kaolinlar va lateritlar kiradi. ■ Kaolinlar — juda toza, o'ta plastik va oq rangli kaolinit to'pla- midir. Kaolinlar magmatik tog‘ jinslaridagi dala shpatlarining kimyoviy nurashi (gidroliz) natijasida hosil bo‘ladi. Bunday dast- labki kaolinlar o‘zida, kvars, slyuda va o'shajins tarkibiga kiruvchi boshqa minerallarning donalari bo‘lishi bilan farq qilib turadi. Boksitlar. Odatda qattiq, ba’zan kulrang gilli jins bo‘lib, asosan aluminiy gidroksidi (A120 3-2H20) dan iborat bo'ladi, ba’zan unga temir oksidi ham aralashadi. Boksitlar va amiminiy minerallarining cho‘kishi natijasida nurash qobiqlarining yuvilishi qayta yotqizili- shidan hosil bo'ladi. U xalq xo'jalikda katta ahamiyatga ega. Undan aluviy, olinadi. Gillar. M.S. Shvetsovning ta’rifiga ko'ra, gil bu suv bilan aralashganda plastik massa hosil qiluvchi, quriganda qotuvchi, qizdirganda esa toshdek qattiq bo'lib qoluvchi tuproqsimon jinsdir. Ko'pincha gilning unga uxlagandan keyin bo'ladigan hidi («pechka hidi») bo'ladi deb hisoblaydilar. Ba’zi xillarda haqiqatdan ham bu xususiyat bor, lekin bu hamma gillar uchun aniqlash belgisi bo'la olmaydi. Gillar quruq holida tashqi ko'rinishidan tuproqsimon, yumshoq, oson maydalanadigan va eziladigan yoki juda qattiq, «toshdek» jinsdir. Gillarning qattiqligi birga teng. Shunga ko'ra ularga tirnoq bilan oson chiziladi. Zich gilning yuzasi barmoq bilan ishqalansa, yaltiroq iz qoladi. Gillar ho'l barmoqqa yopishib, suvni tez shimib oladi. Gil suvga to'yingandan keyin bo'kadi, yumshaydi va yopishqoq plastik massaga aylanadi. Unga yana suv qo'shilsa asta-sekin suyuq massaga aylanadi. Gillarning muhim xususiyatlariga quyidagilarni ko'rsatish mumkin: 1) qayishqoqlik, ya’ni bosim ta’sirida osonlik bilan har qanday shaklga kira olish va bosim to'xtagandan so‘ng shu shaklni saqlab qolish xususiyati. Bu xususiyat gilni tashkil qiluvchi zarrachalaming juda mayin va asosan plastinka (taxtacha) shaklida bo'lishi, shuningdek gilga xos bo'lgan boshqa belgilaiga bog'liqdir. Gil haddan tashqari quritilsa yoki qizdirilsa qayishqoqligi yo'qoladi. 2) Ko'p suvni (hajmning 40-70% i) shima olishi, jins suvni shimib olganda ko'pchiydi (gigroskopili). 3) Suvga juda to'yingandan so'ng suv o'tkazmasligi. 4) Ba’zi koiloid va bo'yoqli moddalami, tuzlami va yog'larni yuta olishi va hokazo. Hamma gillarda bu xususiyat turlichadir. 5) O'tga chidamliligi — erimasdan yuqori haroratga chidashi. Gillar xilma-xil yo'llar bilan paydo bo'ladi. Ular orasida kontinental (ko'l, allyuvial va boshqa gillar) va dengizda paydo bo'lganlari bor. Gillar turli sharoitlarda, sayoz suvlarda ham, chuqur suvlarda ham to'planadi. Shunga ko'ra, gillar tekstura belgilariga (qatlamli va boshqa), fizik xossalariga, rangiga, tarkibiga, shuningdek, aralashmalari (qum, ko'mirli, ohak, kremniy) va eritmalaming xususiyatiga qarab farq qiladilar. Toza gillar yog'liq gil, bir oz qum aralashgani yog'siz gil deyiladi. Qumli gillar tarkibida qum ko'paysa gilli qumga, changsimon zarralari ko'paysa, gilli alevrit jinsiga aylanadi. Gilning tarkibida oz miqdorda kalsiy karbonat (ohak CaC03) bo'lsa, ular ohakli yoki mergelli gil deyiladi. Ohak ko'p bo'lsa, meigelga o'tadi. Gillarning suvli kremnezemga boy bo'lgan xillari ham bo'ladi. Bunda gil zarrachalarini kremnezem sementlaydi. Gillarni tasvirlashda uning rangini (shu bilan bir vaqtda uning namligini ko'rsatish kerak); qayishqoqligi, yog'liq, quruq va qumliligini, rang beruvchi aralashmalarning tabiatini (gil, ko'mirga o'xshagan qoramtir, deyarli qora, bitumli va bitum hidli, bitumga juda to'yingan bo'lsa qog'ozda yog'li dog' qoldiradigan va yengil erituvchilami (benzin va boshqa) bo'yaydigan: teksturasini (varaq- varaq mayda qavatchali va hokazo), hayvon, tosh tamg'alarini va o'simlik qoldiqlarini ko'rsatish lozim bo'ladi. Gilli jinslar turli aniqlash jarayonlari natijasida odatda kremnezem bilan sementlashgan, ko'pincha juda qattiq argilitlarga aylanadi. Bunda gilga xos bo'lgan bir qancha xususiyatlar, masa lan, plastiklik va suv shimuvchanlik xususiyatlari yo'qoladi. Kimyoviy va organogen yo‘l bilan hosil bo‘lgan jinslar. Turli kimyoviy jarayonlar, hayvonot va o‘simlik dunyosining hayot faoliyati natijasida, shuningdek organizmlarning to'planib qolishi natijasida suvli sharoitda va ba’zan quruqlikda turli tuman jinslar hosil bo'ladi. Bu ikkala katta guruh talaygina oraliq jinslar vositasida bir-biri bilan bog‘langan bo-lib, ularning qanday paydo bo'lganligini hamma vaqt to'g'ri aniqlab bo‘lmaydi. Ularning kimyoviy tarkibiga qarab aniqlash ancha qulaydir. Shflnga ko‘ra, ularning orasida quyidagi jins guruhlarini: karbonatli, kremniyli, sulfatli Va galoidli, temirli, fosforli jinslar va kaustobioitlami ko'rsatish mumkin. Download 52.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling