Cho’kindi tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha. Reja


Tog’ jinslarining xususiyatlari


Download 18.25 Kb.
bet2/6
Sana08.05.2023
Hajmi18.25 Kb.
#1443481
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Cho\'kindi tog\' jinslari slayt

Tog’ jinslarining xususiyatlari

  • Tog’ jinslarining zichligi ularning gʻovakligi va mineral tarkibi bilan bogʻliq. Rudali minerallar yuqori zichlikka ega (masalan, piritda — 5000 kg/m3 gacha, galenitda 7570 kg/m3 gacha). Choʻkindi togʻ jinslari minerallarining zichligi kam (masalan, tosh tuzining zichligi 2,2 g/ sm3). Tog’ jinslarining issiqlik sigʻimi va hajmning issiqlikdan kengayish koeffitsenti birinchi galda ularning mineral tarkibi bilan aniqlanadi. Tog’ jinslarining mustahkamlik, taranglik xususiyatlari, issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi, asosan, jinslarning tuzilishi va ayniqsa donachalarning uzaro bog’lanish kuchiga bogʻliq. Fizik xossalari qatlam tekisliklari yoʻnalishida bir xil boʻlsa, koʻndalang yoʻnalish boʻylab boshqacha boʻladi. Tog’ jinslarining choʻzilishga chidash darajasi, issiqlik oʻtkazuvchanlik, elektr oʻtkazuvchanlik, dielektrik va magnit oʻtkazuvchanlik xususiyatlari qatlam yoʻnalishi boʻylab, siqilishga chidash darajasi esa koʻndalang yoʻnalish boʻylab koʻproq boʻladi. Mayda donador tog’ jinslarida mustahkamlik yuqori boʻlsa, yirik donador tog’ jinslarida past boʻladi. Siqilishga chidash darajasi ayniqsa, tolasimon tuzilgan mayda donador jinslarda yuqori (masalan, nefritda 500 MN/m2). Koʻpgina choʻkindi jinslarda (tosh tuzi, gips va b.)da siqilishga chidash darajasi past.

Tog’ jinslarining xususiyatlari

  • Togʻ jinslari odatda, issiqlikni yomon oʻtkazadi, gʻovaklik ortishi bilan ularning issiqlik o’tkazuvchanligi yanada susayadi. Tarkibida yarim oʻtkazgichlar (grafit, temir va polimetall rudalari va b.) boʻlgan jinslarda issiqlik oʻtkazuvchanlik xususiyati koʻp boʻladi. Togʻ jinslarining ko’pi dielektrik va yarim oʻtkazgichlarga kiradi. Ularning magnitlanish xossalari, birinchi galda, ular tarkibidagi ferromagnit minerallar (magnetit, titanmagnetit, pirrotin)ga bogʻliq. Togʻ jinslarining xossalari mexanik (bosim), issiqlik (temperatura), elektr, magnit, radiatsion (kuchlanish) va moddiy (suyuklik, gaz va boshqalarga toʻyinganligi) maydonlarning taʼsiriga bogʻliq. Bosim taʼsirida jinslar zichlashadi, gʻovaklar eziladi, donachalarning kontakt maydoni kengayadi, shu tariqa togʻ jinslarining xossalari oʻzgaradi. Odatda, bosim ortishi bilan elektr va issiklik oʻtkazuvchanlik, mustahkamlik oshib boradi. Issiqlik ayrim minerallarning erib zichlashishi, parchalanishi, bug’lanishiga olib keladi, natijada togʻ jinslari xossalari oʻzgaradi. Elektromagnit maydonlarning kuchlanishi va chastotasi togʻ jinslarining elektromagnit va radioto’lqin xususiyatlariga katta taʼsir kursatadi. Togʻ jinslari foydali qazilma sifatida o’ziga xos mustahkamlik, abrazivlik, qattiqlik, parmalanish darajasi, portlashga chidamliligi va boshqa texnologik xususiyatlarga ega. Ularning moddiy tarkibi, fizik va kimyoviy xususiyatlari geofizika, geologiya (jumladan, muxandislik geologiyasi) va konchilik sanoatida informatsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi.

Download 18.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling