Cho’kindi tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha. Reja


Download 18.25 Kb.
bet4/6
Sana08.05.2023
Hajmi18.25 Kb.
#1443481
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Cho\'kindi tog\' jinslari slayt

Metamorfik tog’ jinslari

  • Metamorfik togʻ jinslarining struktura va teksturasi birlamchi choʻkindi va magmatik togʻ jinslarining qattiq holatda katta chuqurlikda litostatik bosim taʼsiri ostida, temperaturalar va eritmalar (flyuidlar) taʼsirida koʻpincha deformatsiya vaziyatida qayta kristallanishi mobaynida mineral donalarining maʼlum yoʻnalishda yotishi, gneysli va slanetsli teksturalarga qonuniyatli tarzda olib keladi. Metamorfik togʻ jinslari strukturalari qattiq yoki egiluvchan muhitda minerallarning oʻsishi natijasida paydo boʻlsa, kristall oblastli deyiladi. Tekis donali va notekis donali strukturalar boʻlib, ular mayda donali jinslar massasi orasida minerallarning yirik kristallari koʻpligi bilan tavsiflanadi. Mineral donalarining shakliga qarab metamorfik jinslar orasida granoblastli yoki donali (kvarsitlar, marmarlar), lepidogranooblastli yoki bargsimon shaklga ega boʻlgan mineral donalaridan tarkib topgan (slyudali slanetslar, fillitlar) bargli, lepidogranoblastli yoki dona barglilar farq qilinadi. Agar metamorfik togʻ jinslari boshlangʻich strukturasining relikti saklangan boʻlsa, strukturaning nomi birlamchi struktura nomiga blast soʻzi qoʻshilib (blastporfirli, blastpeammitli va b.) aytiladi. Metamorfik togʻ jinslari dastlabki jinslar teksturasining relikti ham saklanib qolishi mumkin.

Cho’kindi tog’ jinslari

  • Choʻkindi togʻ jinslarining tuzilishi bilan genezisi orasidagi aloqa otqindi jinslarnikiga qaraganda yanada yaqqolroq koʻrinadi. Chaqiq togʻ jinslari donalarining oʻzaro joylashishi bilan aniqlanadigan teksturasi 3 xil asosiy tipda; tartibsiz, qatlamli va flyuidalli boʻladi. Chaqiq toshlar sementlangan (kvars, opal, kaltsit) yoki oʻzaro bogʻlanmagan boʻlishi mumkin. Organogen togʻ jinslarining tuzilishi, ayniqsa, keng tarqalgan karbonat jinslar (ohaktosh, dolomit) da xilmaxil boʻladi. Bu jinslar tarkib topgan organik qoldiqlar yaxshi saqlanganda, struktura butkul shu organizmlarning tavsifi bilan aniqlanadi: bu strukturalar biomorfli va yaxlit chigʻanokli deb ataladi. Biogen jinslar uchun qayta kristallanish va metasomatizm strukturalari xos. Xemogen togʻ jinslarining tuzilishi turli oʻlchamdagi kristall donalarining oʻsishi bilan tavsiflanadi. Xemogen togʻ jinslarining teksturasi orasida oolitli, massivli va qatlamlilari koʻp tarqalgan.

Download 18.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling