Cho’kindi tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha. Reja


Download 18.25 Kb.
bet1/6
Sana08.05.2023
Hajmi18.25 Kb.
#1443481
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Cho\'kindi tog\' jinslari slayt

Cho’kindi tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha.

Reja:

  • Tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha.
  • Tog’ jinslarining xususiyatlari.
  • Magmatik, metamorfik va cho’kindi tog’ jinslari haqida ma’lumot.
  • Minerallar va ularning turlari.
  • Qimmatbaho minerallar haqida ma’lumot.

Tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha.

  • Togʻ jinslari - Yer poʻstini tashkil qiluvchi, mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega boʻlgan tabiiy mineral agregatlardir. "Tog’ jinslari" termini hozirgi maʼnoda 1798 yildan beri ishlatilib kelinadi. Odatda tog’ jinslari deb faqat qattiq jismlarni tushuniladi, keng maʼnoda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. Tog’ jinslarining kimyoviy va mineral tarkibi bilan bir qatorda, struktura va teksturasi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi. Tog’ jinslaridagi minerallar foizi, ularning mineral tarkibini aniqlaydi. Kelib chiqishiga qarab ular 3 guruhga boʻlinadi: magmatik (otqindi), choʻkindi va metamorfik jinslar . Yer poʻstining 90% ga yaqin qismi magmatik va metamorfik, qolgan 10% choʻkindi togʻ jinslaridan iborat, ammo yer yuzasining 75% maydonini choʻkindi togʻ jinslari egallaydi. Tog’ jinslariningning kelib chiqishida mineral tarkibidagi farqi, ularning kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlarida oʻz aksini topgan.

Tog’ jinslarining xususiyatlari.

  • Tog’ jinslari zichlik, elastiklik, pishiqlik, issiqlik, elektr va magnit xususiyatlariga ega. Tog’ jinslarining xususiyatlari ularning mineral tarkibi, tuzilishi va tashqi sharoitiga bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik tog’ jinslari xossalarini aniqlaydigan muhim parametrlardir. Gʻovakchalar qisman suyuqlik bilan toʻlgan boʻlishi mumkin, shuning uchun tog’ jinslarining xossalari qattik, gazsimon va suyuq fazalarning xususiyatlari va ularning nisbiy miqdoriga ham bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik tog’ jinslarini neft va suv kollektori sifatida baholashda, hamda ularning buloqqa, burgʻi qudugʻi va boshqalarga oqib kelish tezligini aniklashda muhimdir. Tog’ jinslarining namlik va gaz sigʻimi, suv va gaz oʻtkazuvchanligi ham ularning gʻovakliligi bilan aniqlanadi. Magmatik tog’ jinslarida gazli boʻshliklar miqdori 60— 80% ga yetadi (masalan, pemza va pemza tuflari). Choʻkindi tog’ jinslarida choʻkindi hosil boʻlish jarayonida gʻovakchalar vujudga kelib, sementlanish vaqtida berkilishi yoki saqlanib qolishi mumkin. Metamorfik tog’ jinslarida gʻovakchalar kam buladi, faqat yoriqlar (darzliklar) boʻlib, ular jinslar soviyotganda paydo boʻladi.

Download 18.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling