7.2. Poydevor tovonining o’lchamlarini aniqlash
Markaziy yuklangan poydevor (7.4-rasm) tovonining o’lchamlari quyidagi shartni qanoatlantirishi lozim:
P = (N + Q)/A R , (7.1)
bu ifodada N – poydevor ustki tekisligi bo’yicha ta‘sir qiluvchi yuk, Q – poydevor va uning ustidagi gruntning og’irligi; A – poydevor tovonining yuzasi. Taqribiy hisoblarda Q yukni quyidagi formula bo’yicha aniqlash mumkin:
Q = Adп п, (7.2)
bu yerda d – poydevor tovonining yotish chuqurligi; п – poydevor materialining solishtirma og’irligi ; п – poydevor va uning ustidagi grunt og’irliklari nisbiy salmogini hisobga oluvchi koeffitsient. Odatdagi konstruktsiyali poydevorlarda bu koeffitsienti taqriban = 0,85 qiymat bilan qabul qilish mumkin.
(7.1)-formula Q ning ifodasini hisobga olib, biroz o’zgartirilgan shaklda yozilsa:
N A R - A d п п , (7.3)
(7.3)-ning tenglik shartidan poydevor tovoni yuzasini aniqlash formulasi kelib chiqadi:
A = N / (R - d п п ) (7.4)
Poydevor tovonining o’lchamlari (b – kengligi va l – uzunligi) devor yoki ustun o’lchamlari hamda shakliga asoslangan holda «A» yuza bo’yicha bajariladigan geometrik hisoblar asosida qabul qilinadi. Masalan, kvadrat shakli poydevorda b = l = ; to’g’ri to’rtburchak yoki lentasimon poydevorda, agar uning uzunligi ma‘lum bo’lsa b = A/l va h. k.
Do'stlaringiz bilan baham: |