Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Afg‘oniston davlatining tashkil topishi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Afg‘oniston davlatining tashkil topishi. 1747-yili Nodirshoh o‘ldiril-
gach, imperiya ham parchalandi. Afg‘oniston davlatining tashkil to-
pishi uchun qulay sharoit tug‘ildi.
 
1709-yilda ...

1722-yilda ...

1736-yilda ...

1747-yilda ...
1747-yili afg‘on qabila xonlarining jirg‘asi (kengashi) afg‘onlar-
ning abdali qabilasi sardori Ahmadxonni Afg‘oniston shohi deb e’lon
qildi. Ahmadshoh qisqa vaqt ichida mamlakat hududini birlashtira
oldi.
Bu g‘alabalar evaziga u o‘ziga «Durri durron» unvonini qabul
qildi va abdali qabilasining nomini durroniy nomi bilan o‘zgartirdi.
Markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslik harakati va bosib olingan
o‘lka xalqlarining doimiy qo‘zg‘olonlari oqibatida durroniylar su-
lolasining hukmronligi zaiflashdi. Ahmadshohning vorislari bu ikki
omilga qarshi qanchalik kurashmasinlar, ularni bartaraf eta olma-
dilar.
Durroniylar sulolasi hukmronligining barham topishi. Ayni paytda
vorislar o‘rtasida taxt uchun kurash ham avj oldi. Bundan boshqa
qabilalar xonlari foydalanishga urindilar. Chunonchi, barakzaylar
yetakchisi Fathxon taxt uchun kurashda hali u vorisni, hali bu vorisni
qo‘llab, davlatda bosh vazir lavozimini egallab oldi va butun davlat
ishlarini amalda o‘z qo‘lida to‘plashga erishdi.
U yirik harbiy sardorlardan biri, ukasi Do‘st Muhammadxon yor-
damiga tayanardi. Ular Afg‘onistonning deyarli barcha yirik viloyat-
lari hokimlarini o‘zlariga qarashli kishilardan tayinlanishiga erishdi-
lar. Uzoq davom etgan o‘zaro kurashlardan so‘ng 1826-yili Do‘st
Muhammadxon Afg‘oniston taxtini egalladi va o‘zini amir deb e’lon
qildi.
Shu tariqa durroniylar sulolasi hukmronligi barham topdi. Mam-
lakatda barakzaylar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. Bu sulola hukm-
dori amir Do‘st Muhammadxon butun Afg‘onistonni yagona davlatga
birlashtirish va uni kuchli davlatga aylantirishga harakat qildi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling