144
Òurkiyaga qaram o‘lkalarda yashovchi barcha pravoslav xalqlari, shu-
ningdek, xristianlikning Falastindagi
muqaddas qadamjolari ustidan
homiy deb tan olishini talab qildi. Buyuk Britaniya va Fransiya
Òurkiya sultonini bu talabni rad etishga undadilar.
Oqibatda,
Rossiya – Òurkiya urushi boshlandi.
Urushda Buyuk Britaniya, Fransiya va Òurkiya uchlik ittifoqi g‘a-
laba qozondi. Biroq bu g‘alaba Òurkiyaning
Buyuk Britaniya va
Fransiyaga qaramligini yanada kuchaytirdi. Urush natijasida 1856-yil
imzolangan Parij Òinchlik shartnomasi Òurkiya ustidan amalda G‘arb
davlatlarining «homiyligi»ni o‘rnatdi. Chet elliklarga Òurkiyada yer va
boshqa ko‘chmas mulklar sotib olishga ruxsat berildi.
Xorijiy davlat-
larga berilgan konsessiyalar kafolatlandi. Shu tariqa Òurkiyaning
yarimmustamlakaga aylanishi uchun yo‘l ochildi. XIX asrning
60-yillariga kelib, mustamlakachi davlatlar Òurkiyada
uning siyosatini
belgilashga imkon beruvchi iqtisodiy va siyosiy mavqega ega bo‘lib
oldilar.
Xullas, mamlakatdagi qoloq ijtimoiy va siyosiy tizim tufayli
imperiya asta-sekin yemirilib bordi. Imperiya va unga qaram hu-
Qrim urushi
http://eduportal.uz