Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

IMPERIYASI
Davlat tuzumi. Usmoniylar imperiyasi so‘z yuritilayotgan davrda
ham mutlaq monarxiya bo‘lib, O‘rta asrlarga xos harbiy davlat belgilari
to‘la saqlanib qoldi. Davlatni huquqi hech narsa bilan cheklanmagan
sulton boshqarar edi. Aynan uning zulmga asoslangan hokimiyati va
yangilikni qabul qilishga mutlaqo tayyor emasligi jamiyat taraqqiyoti
yo‘lidagi asosiy g‘ovga aylandi. Aholining ruhoniylardan boshqa bar-
cha davlat xizmatchilari sultonning quli hisoblangan. Òo‘g‘ri, mam-
lakatda islohotlar o‘tkazishga urinishlar ham bo‘ldi. Biroq ular muta-
assib din arboblari va mustamlakachi chet el davlatlarining qarshiligi
tufayli amalga oshmay qolaverdi.
Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati qachon parchalanib ketdi?
«Sharq masalasi». XVIII asr oxiriga kelib, Yevropaning kuchli
davlatlari Usmoniylar imperiyasining zaiflashib qolganligidan foyda-
lanib, uning mustamlaka hududlariga ko‘z olaytira boshladilar. Bu
hududlar geografik va siyosiy jihatdan katta ahamiyatga ega, tabiiy
boyliklarga, xomashyolarga boy o‘lkalar edi.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya va Rossiya hukmron doira-
larining har biri bu o‘lkalardan mumkin qadar ko‘proq o‘ljani qo‘lga
kiritishga intilardilar. Yevropa davlatlarining Usmoniylar imperiyasiga
qaram o‘lkalarni egallab olish uchun o‘zaro kurashi tarixga «Sharq
masalasi» degan nom bilan kirgan. Buyuk
Britaniya va Fransiya imperiyani o‘z ta’sirida
tutishga urindilar.
Rossiya esa Òurkiyaga qaram bo‘lgan Bol-
qon yarimorolida mustahkam o‘rnashib olishga
va Qora dengizning Bosfor hamda Dardanell
bo‘g‘ozlarini, shuningdek, Istanbul shahrini
qo‘lga kiritishga intilgan.
Sharq masalasining keskinlashuvi. Yevropa-
ning taraqqiy etgan mamlakatlarida kapitalistik
ishlab chiqarishning rivojlanishi yangi-yangi
xomashyo o‘lkalariga bo‘lgan talabni yanada
oshirib yubordi. Bu hodisa ularning Òurkiya

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling