Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Mark Òven kabi mashhur yozuvchilari asarlarida, Genri Longfello


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Mark Òven kabi mashhur yozuvchilari asarlaridaGenri Longfello
she’rlarida aks etdi.
Òasviriy san’at XVIII asrda inglizlarga taqlid qilishdan iborat
bo‘ldi. Bu davrdagi Benjamin Uest, Jon Kopli kabi rassomlar portret
va peyzaj janrida ijod qilib, ular Yevropada mashhur bo‘lishdi.
1850-yillardan boshlab, bir nechta tasviriy san’at va musiqa maktablari
ochildi. Ularda Yevropa mamlakatlaridan kelgan rassom va kom-
pozitorlar asosiy rol o‘ynadi.
XIX asr AQSH uchun jadal rivojlanish asri bo‘ldi. Hali asr
boshlarida davlatning bir butunligini saqlab qolish uchun fuqarolar
urushi olib borgan xalq asr oxiriga kelib dunyoning eng rivojlan-
gan va kuchli davlatlaridan biriga aylandi.
Keng demokratik erkinliklar, huquq va majburiyatlar tengligi,
odamlarning tadbirkorligi va tashabbuskorligi uchun yaratilgan
imkoniyatlar AQSHni dunyoning eng qudratli mamlakatiga ay-
lantirdi.
Abolitsionistlar (bekor qilish) – Amerikada qullikni bekor qilish tarafdorlari.
«Gomstedlar to‘g‘risida»gi Qonun – G‘arbdagi bo‘sh yotgan katta yer jam-
g‘armasini fermer xo‘jaligi yuritishni istagan shaxslarga bepul bo‘lib berish to‘g‘-
risidagi qonun.
Konfederatsiya (ittifoq, birlashma) – aniq maqsad yoki harakatni amalga
oshirish uchun birlashgan suveren davlatlar ittifoqi.
Fermer – xususiy yoki uzoq muddat ijaraga olingan yerda qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi qishloq xo‘jaligi tadbirkori, fermer
xo‘jaligi egasi.
Plantatsiya xo‘jaligi – AQSHning janubida qullar mehnatiga asoslangan yirik
dehqonchilik xo‘jaligi.
http://eduportal.uz


120
1. AQSHda yuz bergan fuqarolar urushining sabablarini tartib bilan daftaringizga
yozing.
2. Nega Shimol uchun fuqarolar urushiga kirish AQSHning ikkiga bo‘linib
ketishidan ustun qo‘yildi?
3. Shimolning g‘alabasini ta’minlashda prezident A. Linkoln qanday rol o‘ynadi?
4. Shimol erishgan g‘alabaning tarixiy ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling