Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Ijodiy ish topshirig‘i
Venn diagrammasi yordamida Xitoyda bo‘lib o‘tgan Birinchi va Ikkinchi afyun
urushlarining umumiy va farqli jihatlarini tahlil qiling va daftaringizga yozing.
Internet vositasida XIX asrda Xitoy davlatiga virtual sayohat uyushtiring va Xun
Syutsyuan faoliyatini tahlil qiling.
28-mavzu: 1800–1870-YILLARDA YAPONIYA
Yaponiyaning kuch bilan «ochilishi». XVI asrdayoq Yaponiyada
xristian dinining tarqalishi taqiqlangan edi. Hukmdorlar xristian
dinini yapon xalqi milliy an’analarini buzuvchi, xristian missioner-
larini bosqinchilarning dastlabki guruhi deb hisoblaganlar. Shu tufayli
XVII asrda Yaponiya hukmdorlari mamlakatni chet elliklar uchun
yopib qo‘ydilar va mamlakatdan barcha yevropaliklarni quvib yubor-
dilar.
Syogun hokimiyati Yaponiyada qay tariqa o‘rnatilganligini eslang.
Syogun farmonida shunday deyilgan edi: «Shu davrdan boshlab,
Yaponiyaga chet ellardan hech kim, hatto elchilar ham kiritilmaydi.
O‘lim xavfi ham bu farmonni bekor qila olmasligi lozim».
Shu tariqa yillar ketidan yillar o‘taverdi. Va nihoyat, 1854-yili
AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi. Shu yili
AQSH bilan Yaponiya o‘rtasida «Òinchlik va do‘stlik to‘g‘risida»gi
Shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, Yaponiya AQSHga ikkita portini
ochdi va AQSH konsulini qabul qildi. AQSHdan so‘ng Yaponiyaga
Yevropa davlatlari ham kirib kela boshladilar. Ularning maqsadlari
Yaponiya bozorlarini egallash edi.
1858-yili amerikaliklarga yana bir nechta port ochib qo‘yildi.
Yaponiyadagi AQSH fuqarolariga eksterritoriallik huquqi berildi. Ayni
paytda AQSH tovarlariga juda past boj to‘lovlari belgilandi. Òez orada
xuddi shu mazmundagi shartnomalar Yevropa davlatlari bilan ham
imzolandi. Aslida bu shartnomalar Yaponiyani kamsituvchi, teng bo‘l-
magan shartnomalar bo‘lib, harbiy jihatdan qudratli davlatlarga yon
bermaslikning iloji yo‘q edi. Shu tariqa Yaponiyaning siyosiy va iqti-
sodiy yopiqlik davri tugadi.
http://eduportal.uz


135

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling