Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi
«Ma’rifatli boshqaruv» davrining boshlanishi
Download 7.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf Jahon tarixi (2019)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaponlarda sholi oqlash jarayoni
«Ma’rifatli boshqaruv» davrining boshlanishi. Chet el davlatlari
uchun «ochilish» Yaponiya iqtisodiga ham salbiy ta’sir ko‘rsata bosh- ladi. Chunki Yaponiya bozorlarining chet el tovarlari bilan to‘ldirilishi bu yerdagi manufaktura va hunarmandchilik ishlab chiqarishiga katta zarba berdi. Natijada, chet elliklarni mamlakatdan quvib chiqarishni talab qiluvchilar harakati kuchaydi. Ayni paytda samuraylarning savodxon qismi va ziyolilar Yaponiya chet elliklar uchun yopiq bo‘lgan yillarda mamlakat taraqqiyoti AQSH va G‘arbiy Yevropa davlatlaridan orqada qolganligini yaxshi tushun- ganlar. Shuning uchun ular chuqur islohotlar o‘tkazish yo‘li bilan Yaponiyani zamonaviy davlatga aylantirish haqida o‘ylay boshla- ganlar. Imperator tarafdorlari Yaponiyani modernizatsiya qilish uchun kurashuvchilar harakatidan syogun hokimiyatini tugatish va imperator hokimiyatini qayta tiklash uchun foydalanishga qaror qildilar. Shu tariqa mamlakatning kuch bilan ochilishi va syogun hukuma- tining chet davlatlar bilan imzolagan teng bo‘lmagan shartnomalari Yaponlarda sholi oqlash jarayoni http://eduportal.uz 136 mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishiga turtki bo‘ldi. Syogun ho- kimiyatini ag‘darish uchun ommaviy harakatning asosiy kuchini sa- muraylar tashkil etdi. Ularga qishloq va shaharlarning boy hamda o‘rta tabaqalari qo‘shilishdi. Fuqarolar urushi natijasida syogun ho- kimiyati ag‘darildi. 1867-yili tokugava sulolasining oxirgi syoguni imperator Mutsu- xitoning foydasiga oliy hokimiyatdan voz kechdi. Shu yili unga imperator Meydzi («ma’rifatli boshqaruv») nomi bilan toj kiydirildi. Meydzi islohotlarining boshlanishi. Yaponiya uchun modernizatsiya davri bosh- landi. Hukumat o‘z oldiga milliy an’analar- dan voz kechmagan, mustaqillikni to‘la saq- lab qolgan holda G‘arb namunasida Yaponi- yani zamonaviylashtirish vazifasini qo‘ydi. Dastlab agrar islohot o‘tkazildi. Bu islohot yerni sotish va sotib olishga, uni xususiy mulkka aylantirishga ruxsat berdi. Natijada, asrlar davomida katta yer egalari uchun mehnat qilib kelgan deh- qonlar chek yerga ega bo‘ldilar. Shuningdek, yer uchun katta soliq ham belgilab qo‘yildi. Bu soliq qiymati hosildan olinadigan daromad hajmining 50 foiziga teng edi. Shuning uchun ham islohotdan 10 yil o‘tgach, yer olgan dehqonlarning atigi 1/3 qismi o‘zlariga berilgan yerni qo‘llarida saqlab qola oldilar. Qolganlari esa ijarachilarga aylandilar. Shunday bo‘lishiga qaramay, islohot qishloq xo‘jaligida kapitalistik muno- sabatlarning rivojlanishini ta’minladi. Ma’muriy sohada o‘tkazilgan islohot mahalliy knyazlar hoki- miyatini tugatdi. Knyazlar qudratini sindirish uchun dastlab ular yer- larining bir qismi musodara qilindi. So‘ng knyazlar boshqaruv hu- quqidan ham mahrum etildi. Joylarda hokimiyat imperator tayin- laydigan gubernatorlar qo‘liga o‘tdi. Download 7.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling