Koʻrfaz urushi yoki Birinchi Koʻrfaz urushi, operatsiya nomi Sahrodagi boʻron


Download 79.58 Kb.
bet1/10
Sana02.06.2024
Hajmi79.58 Kb.
#1835256
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Koʻrfaz urushi


Koʻrfaz urushi yoki Birinchi Koʻrfaz urushi, operatsiya nomi Sahrodagi boʻron (Operation Desert Storm) 1990-yil 2-avgustda Iroqning Quvaytga bostirib kirishi bilan boshlangan inqiroz natijasida AQSh boshchiligida koalitsiya kuchlari, 37 davlat, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Misr, Iroqqa qarshi jang qildi. Harbiy operatsiya 1991-yil 17-yanvar — 1991-yil 28-fevral oraligʻida boʻlgan.
Koʻrfazi urushi — Fors koʻrfazi urushiQuvayt urushi yoki Birinchi Iroq urushi kabi nomlar bilan ham ataladi. 1990-yil 2-avgustda Iroqning janubi-sharqiy qoʻshnisi Quvaytga bostirib kirishi xalqaro noroziliklarga sabab boʻldi va reaksiyalar natijasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi aʼzolari tomonidan Iroqqa qarshi qator iqtisodiy sanksiyalar joriy etildi. AQSh prezidenti Jorj H. W. Bush oʻz mamlakati qoʻshinlarini Saudiya Arabistoniga yuborar ekan, u boshqa davlatlarni mintaqaga harbiy kuchlarini yuborishga chaqirdi. Buning natijasida Ikkinchi jahon urushidan keyin eng yirik harbiy koalitsiya paydo boʻldi. Unda Birlashgan Qirollik, Fransiya, Suriya, Misr va Saudiya Arabistoni boshqa hukmron kuchlar boʻlgan, AQSh esa koalitsiya kuchining asosiy qismini tashkil qilgan. Birgina Saudiya Arabistoni 60 milliard dollarni tashkil qilgan urush xarajatlarining 36 milliardini qoplagan. Operatsiyaya 1991-yil 17-yanvarda Iroq kuchlarini Quvaytdan chiqarib yuborish uchun havodan bombardimon qilish bilan boshlandi. Buning ortidan 24-fevral kuni quruqlikdagi operatsiya oʻtkazildi. Amaliyot yakunida Iroqni Quvaytdan siqib chiqargan koalitsiya kuchlari mutlaq gʻalabaga erishdi. Quvaytning ozod etilishi bilan quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan 100 soat oʻtib sulh eʼlon qilindi. Quvayt va Saudiya Arabistonining Iroq chegarasidagi havo va quruqlik operatsiyalariga javoban Iroq Saudiya Arabistonidagi koalitsiya nishonlariga va Isroilga qarshi Skad raketalari bilan javob berdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 1991-yil aprel oyida qabul qilingan 687-sonli rezolyutsiyasi bilan sulh shartlari eʼlon qilindi. 687-sonli qarorni amalga oshirish amaliyotlari va bu qarordan keyingi qarorlar 12 yildan keyin boshlangan yana bir urushga sabab boʻldi.

Download 79.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling