Koʻrfaz urushi yoki Birinchi Koʻrfaz urushi, operatsiya nomi Sahrodagi boʻron


Download 79.58 Kb.
bet10/10
Sana02.06.2024
Hajmi79.58 Kb.
#1835256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Koʻrfaz urushi

Urushning oqibatlari
Koʻrfaz urushi aniq harbiy natija keltirgan boʻlsa-da, mintaqadagi beqarorlikni bevosita bartaraf eta olmadi. Birinchi Fors koʻrfazi urushining eng muhim va uzoq muddatli natijasi barcha Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida fundamentalistik oqimlarning kuchayishidir. Koʻrfaz urushi natijasida mintaqada 1945-yildan beri koʻp gapirilayotgan va barcha arab mamlakatlari siyosiy partiyalari dasturlari boshida turgan arab davlatlarini birlashtirish gʻoyasi barbod boʻldi. Fors koʻrfazi urushida arablarning alohida saflarda toʻplanib, oʻz milliy davlatlari bilan bir qatorda Gʻarb davlatlarining manfaatlarini himoya qilish uchun kurash olib borishlari Arab Ligasi orzusini zaiflashtirdi. Urushning yana bir muhim natijasi shundaki, Iroqning zaiflashishi bilan Eronning mintaqadagi salmogʻi ortdi. Mintaqada Isroil Iroqning magʻlubiyati bilan yengil tortgan boʻlsa, Iroq tomonida boʻlgan Falastin Ozodlik Tashkiloti qiyin ahvolda qoldi.
Fitna nazariyalari

1990-yil 25-iyulda AQShning Bagʻdoddagi elchisi Aprel Glaspi Saddam Husayn bilan boʻlgan uchrashuvda „Bu arablarning oʻzlari orasida muammo. Bu mutlaqo bizning ishimiz emas“, degan.


AQShning Bagʻdoddagi elchisi Aprel Glaspi 1990-yil 25-iyulda Iroq yetakchisi Saddam Husayn bilan uchrashuvi chogʻida oʻz mamlakati arablar oʻrtasidagi muammolarga aralashishni istamasligini aytdi, u ikki kundan keyin Bagʻdodni tark etdi. AQSh maʼmuriyati jiddiy ogohlantirish berganiga qaramay, bu AQSh Iroqqa ataylab yashil chiroq yoqdi degan baholarga sabab boʻldi. AQShning bu urushdan olgan yutuqlarini quyidagicha sanab oʻtish mumkin;

  • 500 000 dan ortiq qoʻshinni Yaqin Sharqqa koʻchirish va Iroqni qatʼiy magʻlub etish orqali oʻzining xalqaro lider ekanligini koʻrsatib, Vyetnam sindromini yengib chiqdi.

  • Urush xarajatlarining salmoqli qismi Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Bahrayn, Ummon, Yaponiya va Germaniya kabi davlatlar zimmasiga tushganligi.

  • Quvayt, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Qatar, Ummon kabi davlatlar neftidan uzoq vaqt davomida tekin foydalanish.

  • Qurolsizlanish boʻyicha kelishuvlarga muvofiq yoʻq qilinishi kerak boʻlgan eskirgan qurol va oʻq-dorilarning bir qismini bu yerda ishlatish, ulardan oson yoʻl bilan qutulish.

  • Haqiqiy jangovar muhitda yangi qurol tizimlarini sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqish.

  • Saddamni taxtdan agʻdara olmay, undan qoʻrqqan konservativ Fors koʻrfazi mamlakatlariga katta miqdorda qurol sotish orqali qoʻshimcha daromad olgani.

  • Iroqni haqiqatda uchga boʻlish va embargo qoʻyish orqali kuchsizligini saqlab qolish va bu mamlakatning neft eksportini bostirish orqali xalqaro miqyosda neft narxini nazorat qilish.

  • Iroqni zaiflashtirish va uni Isroil uchun xavfsiz qilish.

Download 79.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling