Koʻrfaz urushi yoki Birinchi Koʻrfaz urushi, operatsiya nomi Sahrodagi boʻron


Download 79.58 Kb.
bet7/10
Sana02.06.2024
Hajmi79.58 Kb.
#1835256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Koʻrfaz urushi

Havo operatsiyalari
Amerika Qoʻshma Shtatlari harbiy havo kuchlari
Sahro boʻroni (inglizcha: Desert Storm) deb nomlangan operatsiya 16-yanvardan 17-yanvarga oʻtar kechasi AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlarining Iroqqa qarshi keng koʻlamli havo hujumi bilan boshlandi. Urush davomida uzluksiz davom etgan havo bombardimonlari davomida 100 ming jangovar parvoz amalga oshirildi va 88 500 tonna bomba tashlandi.[16] Koalitsiya kuchlarining asosiy maqsadi Iroqning havo kuchlari va havo mudofaa tizimini yoʻq qilish edi. Parvozlar asosan Saudiya Arabistonidagi bazalardan hamda Fors koʻrfazi va Qizil dengizda joylashgan samolyot tashuvchilardan oʻtkazildi. Havo hujumlari boshlanganidan bir necha hafta oʻtgach, Iroqning qoʻmondonlik va aloqa infratuzilmasi, elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati, aeroportlar va havo hujumidan mudofaa tizimi, kimyoviy qurollar va yadroviy tadqiqot ob’ektlari deyarli yoʻq qilindi.
Fevral oyi oʻrtalariga kelib, Ittifoqchilar havo hujumlari Quvayt va Iroq janubidagi ilgʻor quruqlikdagi kuchlarga oʻtdi. Ushbu hujumlar istehkomlar, yer osti bunkerlari, qurol-yarogʻ omborlari, tanklar va boshqa zirhli transport vositalarining yoʻq qilinishiga olib keldi. Iroqning koalitsiya havo hujumlariga qarshi zenit mudofaasi yetarli darajada emas edi. Urush paytida koalitsiya kuchlari 75 ta samolyotni yoʻqotdi, ulardan faqat 44 tasi iroqliklar tomonidan urib tushirildi. Ulardan ikkitasi iroqliklarning raketa zarbasidan qochgan ikki koalitsiya samolyoti havoda bir-biri bilan toʻqnashganda sodir boʻlgan.[17][18]
Havo hujumi boshlangan kunning ertasiga Iroq tomonidan sakkizta raketa uchirilgan. Sakkiz haftalik urush davomida Iroq tomonidan 88 ta Skad raketasi uchirilgan.[19] Iroq bu raketa hujumlariga javob berish orqali Isroilni urushga tortishni maqsad qilgan va shu bilan Isroil bilan bir tarafda boʻlishni istamagan koʻplab arab davlatlarining koalitsiyadan chiqishini taʼminlash edi. Dastlabki hujumlardan soʻng, Isroil havo kuchlari samolyotlari harbiy oʻch olish uchun tayyorgarlik koʻrish uchun Iroq shimolidagi havo hududini patrul qila boshladi. Biroq, AQSh prezidenti Bush Isroilning ehtimoliy hujumi koalitsiyadagi arab davlatlarini Iroq tomoniga tortishidan xavotirlanib, Isroil Bosh vaziri Yitzhak Shamirni javob qaytarmaslikni va Isroilning Iroq ustidagi parvozlarini toʻxtatishni talab qildi.
Iroqning Isroilga raketa hujumi masofa uzoqligi sababli unchalik samarali boʻlmagan. Raketa hujumlarida asosan vahima tufayli 74 nafar isroillik halok boʻldi, 230 nafar isroillik jarohat oldi.[20] Bundan tashqari, Isroil hukumati Iroq raketalarida zarin kabi nerv gazlari boʻlishi mumkinligidan qoʻrqib, oʻz fuqarolariga gaz niqoblarini tarqatgan. Skad raketalariga qarshi AQSh maʼmuriyati Isroilga Patriot raketalarini yubordi. Niderlandiya qirollik havo kuchlari ham Turkiya va Isroilga Patriot raketalarini joylashtirdi. Isroilga qarshi hujumlardan tashqari Saudiya Arabistoniga 50 ga yaqin, Bahrayn va Qatarga bittadan raketa hujumi amalga oshirilgan. Saudiya maʼmuriyati Iroq foydalanishi mumkin boʻlgan kimyoviy yoki biologik kallaklar tufayli oʻz mamlakatlaridagilarga gaz niqoblarini tarqatdi. 1991-yil 25-fevralda Skad raketasi Saudiya Arabistonining Zahron shahrida amerikalik askarlar joylashgan binoga tushib, 28 askarni oʻldirgan va 100 dan ortiq askarni yaralagan.[21]

Download 79.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling