Koʻrfaz urushi yoki Birinchi Koʻrfaz urushi, operatsiya nomi Sahrodagi boʻron
Download 79.58 Kb.
|
Koʻrfaz urushi
Diplomatik jarayonlar
Bosqindan soʻng darhol AQSh va Quvayt delegatsiyalarining talabi bilan bir necha soat ichida yigʻilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi (BMT Xavfsizlik Kengashi) 660-sonli rezolyutsiya bilan bosqinni qoraladi va Iroqning Quvaytdan zudlik bilan chiqib ketishini talab qildi.[10] Arab Ligasi 3-avgust kuni qabul qilgan qarori bilan muammoning arab davlatlari oʻrtasida hal qilinishini kerakligini va chet el aralashuviga qarshi ekanliklarini eʼlon qildi. Faqat ikki arab davlati, Sudan va Liviya Iroqning Quvaytdan chiqib ketishiga qarshi ekanliklarini eʼlon qilishdi. Falastin Ozodlik Tashkiloti ham bunday yechimga qarshi ekanini eʼlon qildi. Gʻarbparast va Iroq bilan juda yaqin iqtisodiy aloqalarga ega boʻlgan Iordaniya arab dunyosidan tashqaridan kelishi mumkin boʻlgan harbiy aralashuvlarga qarshi ekanini eʼlon qildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 6-avgustdagi 661-sonli rezolyutsiyasi bilan Iroq bilan xalqaro savdo qilish taqiqlandi. 25-avgust kuni ushbu qarordan keyin 665-sonli qaror bilan Quvayt hukumati bilan hamkorlikda davlatlarni Iroqqa kelayotgan va bu davlatdan ketayotgan yuk kemalarini qidirishga chaqirdi. Voqea boshidanoq amerikalik maʼmurlar Iroqqa imtiyoz bu davlatning mintaqadagi qudratini oshirishidan qoʻrqib, Iroqdan bosqinni Yaqin Sharqdagi hech qanday muammo bilan bogʻlamasdan toʻxtatishni soʻradilar. Iroq yetakchisi Saddam Husayn 12-avgust kuni Bagʻdod radiosi orqali efirga uzatilgan nutqida Isroilning bosib olingan hududlardan chiqib ketishini, Suriyaning Livan hududini tark etishini va Saudiya Arabistoniga yuborilgan Amerika askarlari oʻrniga arab kuchlarini joylashtirishni talab qildi. Bu talablarning BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlari doirasida bajarilishini istagan Saddam, bundan keyin Quvayt masalasi muhokama qilinishi mumkinligini taʼkidladi. Bunga qoʻshimcha ravishda Saddam Husayn Iroqqa qarshi barcha boykot va blokadalarni zudlik bilan muzlatishni talab qildi. Ushbu bayonotga qaramay, AQSh prezidenti Jorj H.W. Bush inqiroz boshidan beri Quvaytning bosqinini Yaqin Sharqdagi boshqa bosqinlar bilan bogʻlashga qarshi edi. 23-avgust kuni Saddam Iroq davlat televideniyesi orqali efirga uzatilgan kadrlarda Iroqni tark etishga ruxsat berilmagan gʻarbliklar bilan birga paydo boʻldi. Qachon suratga olingani nomaʼlum boʻlgan kadrlarda Saddam bir guruh britaniyaliklar bilan gaplashayotgani tasvirlangan. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Margaret Tetcher bu kadrlarni „jirkanch“ tomosha ekanligimi aytgan boʻlsa, AQSh Davlat departamenti „Saddam sharmandali film suratga oldi“ dedi.[11] Avgust oyida AQSh milliy xavfsizlik maslahatchisi Brent Skoukroftga iroqlik nomaʼlum amaldordan taklif yuborilgan edi. Taklifga koʻra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining embargosi bekor qilinsa, Quvaytga tegishli Bubiyan va Varbah orollari orqali Fors koʻrfaziga chiqish va Rumayla neft koni ustidan toʻliq hukmronlik vaʼda qilinsa, Iroq Quvaytdan chiqishi mumkinligi taʼkidlandi.Taklifda, shuningdek, AQSh va Iroq ikki davlatning milliy xavfsizlik manfaatlarini qondiradigan, Iroqning iqtisodiy va moliyaviy muammolarini yengillashtiradigan, Fors koʻrfazi mintaqasida barqarorlikni taʼminlaydigan qoʻshma reja ishlab chiqish uchun birgalikda harakat qilishlari taklif qilingan. 1990-yil dekabr oyida qilingan yana bir taklifda Iroq Quvayt ishgʻolini mintaqadan chet el qoʻshinlarini olib chiqib ketishi, Falastin masalasi boʻyicha shartnoma tuzish va Isroil ommaviy qirgʻin qurollaridan voz kechishi evaziga Quvaytning ishgʻoliga chek qoʻyishini aytdi. Oq uy bu taklifni rad etdi. Falastin Ozodlik Tashkiloti rahbari Yosir Arafat avvalroq Quvaytning bosib olinishi bilan Falastin-Isroil muammosi oʻrtasida chambarchas bogʻliqlik borligini taʼkidlagan boʻlsa-da, u na oʻzi, na Saddam Husayn bu ikki muammoning yechimini taqdim etishga qodir emasligini aytdi. Iroq tomonining barcha bu takliflariga javoban AQSH maʼmuriyati siyosatini oʻzgartirmadi, yaʼni Iroq Quvaytdan chiqmagunicha bu davlat bilan muzokaralar olib borishga ruxsat bermadi. 1991-yil 9-yanvarda Shveysariyaning Jeneva shahrida Iroq Tashqi ishlar vaziri Tariq Aziz va AQSh Davlat kotibi Jeyms Beyker oʻrtasida yakuniy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tariq Aziz oʻz davlatining qatʼiy pozitsiyasini davom ettirgan va Quvayt muammosining Falastin muammosi bilan birga muhokama qilinishini istagan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 1990-yil 29-noyabrda qabul qilingan 678-sonli rezolyutsiya bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iroq 1991-yil 15-yanvargacha Quvaytni tark etmasa, majburlash choralari qoʻllanilishi, yaʼni kuch ishlatilishi haqida maʼlumot berdi. 1991-yil 14-yanvarda Fransiya Iroq uchun belgilangan muddat tugashidan biroz avval 6 banddan iborat tinchlik rejasini taklif qildi. Iroqni oxirgi marta chaqirib, Iroqni Quvaytdan belgilangan jadvalga muvofiq chiqib ketish niyatini eʼlon qilishga va buni imkon qadar tezroq boshlashga taklif qilib, Iroq qoʻshinlarining Quvaytdan olib chiqilishini nazorat qilish uchun BMT kuzatuvchilarini yuborish va tinchlikparvar kuchlarni yuborish, ayniqsa arab askarlari, mintaqaga 6 moddadan iborat tinchlik rejasi, Iroqqa hujum qilmaslik kafolatini berish, tinch yoʻl bilan hal qilish jarayonini kuchaytirish uchun barcha zarur choralarni koʻrish va muammoni hal qilishga faol hissa qoʻshishdan iborat edi. Koʻplab davlatlar, ayniqsa Saudiya Arabistoni, Jazoir va Misr bu rejani qoʻllab-quvvatlaganliklarini bildirdi. Biroq bu reja AQSh va Britaniya tomonidan rad etildi. Fransiya ham Iroqdan aniq qadamboʻlmaganini aytib, rejadan voz kechdi. Download 79.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling