Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi
Download 7.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf Jahon tarixi (2019)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1517-yili
Reformatsiyaning boshlanishi. Jamiyatdagi umumiy norozilik sha-
roitida G‘arbiy Yevropada xristianlik cherkovini isloh qilish uchun harakat boshlanib, bu jarayon Reformatsiya (reforma – islohot) deb ataldi. Yangi davr boshlarida tarqoq knyazliklardan iborat bo‘lgan Germaniyaning ichki ishlarida hal qiluvchi rolga katolik cherkov da’- vo qilardi. Germaniyada juda katta yerlar, hatto butun boshli sha- harlar ham katolik cherkoviga qarashli edi. Indulgensiya sotuvchi ruhoniylar va cherkov soliqlarini yig‘uvchilar butun Germaniya bo‘y- lab kezib yurardi. O‘rta asrlarda katolik cherkovi qaysi omillar sababli o‘zining qudratiga erishgan edi? Reformatsiya 1517-yili Germaniyaning Vittenberg universiteti ilohiyot fani professori Martin Lyuterning «95 tezislar» deb ataluvchi indulgensiyalarga qarshi da’vati bilan boshlandi. Aslida faqat ilmiy munozara uchun mo‘ljallangan ushbu tezislar lotinchadan nemis ti- http://eduportal.uz 19 liga tarjima qilinib, butun Germaniyani hayajonga soldi. M. Lyuterning bu qilmishi Rim papasining jahlini chiqardi. U M. Lyuterni Vorms shahar sudiga chaqirdi. Papa M. Lyuterdan o‘z g‘oyala- ridan voz kechishni talab qildi, lekin u papaga bo‘ysunishdan va indulgensiyalarning sotilishini ma’qullashdan bosh tortib, sudda yorqin nutq so‘zladi. M. Lyuterning suddagi nutqi xalqni to‘l- qinlantirib yubordi. Uning tarafdorlari o‘z mazhabi va cherkovini tashkil qildilar. Ular lyuteranlar deb ataldi. XVI asrda Yevropada Reformatsiya Martin Lyuter http://eduportal.uz 20 Yevropada Reformatsiya – katolik cherkovni isloh qilish jarayoni shunday boshlandi. Dehqonlar urushi. Yevropada an’anaviy jamiyatning inqirozi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi zodagonlar va knyazlarda o‘z daromadini oshirish istagini kuchaytirdi. Ular jamoa yerlarini egallab olib, dehqonlarning ulushini qisqartirdi, natural va pul yig‘im- larini, dehqonlarning ishlab berish majburiyatlarini oshirdi. Amerika- dan g‘alla va kumushning oqib kelishi natijasida yuz bergan narx- navo inqilobidan ham, avvalo, Yevropa dehqonlari aziyat chekdi. Deh- qonlarning og‘ir ahvoli ularni qo‘zg‘olon ko‘tarishga majbur qildi. Dehqonlar qo‘zg‘oloni 1524-yil yozida Germaniyada boshlandi. Download 7.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling