Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi
Download 7.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf Jahon tarixi (2019)
Yangi jamiyat kishilari. Kapitalistik munosabatlar jadal rivojlangan
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida kishilarning yangi tipi – tadbirkor paydo bo‘ldi. Òadbirkor kim edi? Òadbirkor o‘z shaxsiy muvaffaqiya- tiga erishish uchun har qanday ishga, tadbirga tayyor bo‘lgan omilkor shaxs edi. Eski gildiyadan chiqib aksionerlik kompaniyasiga a’zo bo‘l- gan savdogar, o‘z sexini tark etib manufakturaga kirgan hunarmand, qishloq jamoasi tarkibidan chiqqan va yerni feodaldan ijaraga olib fermerga aylangan kechagi dehqon tadbirkor bo‘lishi mumkin edi. Bu tadbirkorlarning barchasi yollanma mehnatdan foydalanardi, bozorda raqobatchilik qilardi va kapital yig‘ardi. Shu tariqa jamiyatning yangi qatlami – burjuaziya paydo bo‘ldi. Boyib ketgan burjuaziya vakillari eski zodagonlardek kiyinib, o‘zlariga hashamatli uylar qura boshladi. Ular o‘zlari yashaydigan hududlarni toza va obod qildi, natijada O‘rta asrlardagi vabo, o‘lat kabi yuqumli kasalliklar chekinib, aholi tez ko‘paydi. Boy burjuaziya vakillari eski zodagonlar bilan quda-andachilik qilib, o‘zlariga yuqori martaba va unvonlar sotib oldi. Burjuaziyaning bu qatlami yangi http://eduportal.uz 16 zodagonlar deb ataldi. Ular ruhan tadbirkorlikka yaqinligi bilan eski zodagonlardan farq qilardi. XV asrda zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank – Genuyadagi Avliyo Georgiy banki paydo bo‘ldi. Bozorlarda mahsulotning ko‘payishi natijasida uni ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o‘rtasida raqobat paydo bo‘ldi. Ammo yangicha turmushda hamma ham o‘z o‘rnini topa olmadi. Nogironlar va yetimlarning ahvoli avvalgidan ham og‘irlashdi. Òez orada minglab ishsizlar ham ular safiga kelib qo‘shildi. Ularning bir qismi manufakturalar va fermerlar yerlariga ishga yollandi. Shu tariqa yangi jamiyatda yollanib ishlaydigan yana bir qatlam – ishchilar paydo bo‘ldi. Xo‘jalik yuritishning yangi shakli va yangicha hayot tarzi turli tabaqa vakillarini bir-biriga yaqinlashtirdi. Endi ular bir-biridan il- garigidek huquq va majburiyatlari bilan emas, kapitalining bor yoki yo‘qligi, daromad darajasi bilan farq qilardi. Kishilar bir-biridan ka- pitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan ja- miyat sinfiy jamiyat deb ataladi. Yer-mulkidan, uyi va mehnat qurollaridan mahrum bo‘lgan, o‘z xohishi bilan kapitalistga ishga yollanuvchi va mehnati uchun ish haqi oluvchi kishilar yollanma ishchilar – proletariat sinfiga birlashdi. Shu tariqa G‘arbiy Yevropada jamiyatning tabaqaviy bo‘linishi tugatilib, yangi, sinfiy bo‘linish shakllandi va zamonaviy sivilizatsiya- ning asosiy jihatlari qaror topib bordi. Download 7.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling