Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi
Òomas Mor http://eduportal.uz 24 Migel de Servantes
Download 7.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf Jahon tarixi (2019)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyot va san’at.
- Migel de Servantes
- Òasviriy san’at.
- Rafael Santi
Òomas Mor
http://eduportal.uz 24 Migel de Servantes «Mona Liza» Uilyam Shekspir ideal davlat namunasini yaratib, uni «Utopiya» deb atadi. Utopiya «mavjud bo‘lmagan yer» ma’- nosini anglatadi. O‘shandan buyon xayoliy, as- lida bo‘lmagan adolatli jamiyat haqidagi asarlar va ularda ilgari surilgan g‘oyalarni «utopiya» deb atashadi. Adabiyot va san’at. Uyg‘onish davri adabiyoti va san’atida o‘z davrining buyuk kishilari ijod qildilar. Saxiy tabiat ularning har biriga ko‘p qirrali noyob qobiliyat in’om etgan edi. Bunday noyob qobiliyat egalaridan biri Uilyam Shekspir (1564–1616) bo‘lgan. U «Inson – tabiatning ajoyib mo‘jizasi», deb hisoblardi. Shekspir teatrga muhabbat qo‘ydi. Ham aktyor, ham dramaturg sifatida ijod qildi. U insonlarni o‘rab turgan olamni sahna, odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilardi. Shekspir kelgusi avlod- larga «Otello», «Hamlet», «Qirol Lir» hamda «Romeo va Juletta» kabi mashhur asarlarini meros qoldirdi. Bu davr adabiyotining yana bir yirik arbobi, ispan yozuvchisi Migel de Servantesdir (1547– 1616). Uning mashhur «Don Kixot» asari qah- ramoni – jahongashta Don Kixot adolatsizlik olamidagi so‘nggi oliyjanob ritsar. Atrofdagi adolatsizliklar uning oliyjanob qalbini g‘azabga to‘ldiradi. U haqiqiy ritsar kabi xo‘rlanganlar himoyasiga otlanadi. Òasviriy san’at. Uyg‘onish davri madaniya- tining yana bir buyuk namoyandasi italiyalik Leonardo da Vinchi (1452–1519) edi. U bir vaqtning o‘zida rassom, shoir, me’mor, haykal- tarosh, musiqachi va ixtirochi olim edi. Leo- nardo rasm chizish san’atini «san’atlar mali- kasi» deb atagan. Leonardo asarlarining qahramonlari xudo- lar va avliyolar emas, balki oddiy odamlar edi. Uning eng mashhur asarlaridan biri – «Mona Liza» («Jokonda»). Asarda Mona Liza tomoshabinga tik boqib turibdi, lablarida sezilar-sezilmas tabassum, «u shunchalar yoqimliki, suratni ko‘rib in- soniylikdan ko‘ra ko‘proq ilohiy oziq olasan...», deb yozgan edi o‘sha http://eduportal.uz 25 davr tarixchilaridan biri. Bu davrning buyuk rassomlaridan yana biri italiyalik Rafael Santi (1483–1520) edi. U atigi 37 yil umr ko‘rdi, xolos. Lekin shu qisqa davr ichida o‘z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yarata oldi. «Sikstin madonnasi» u yaratgan asarlar ichida eng mashhuridir. Unda oyoq- yalang Bibi Maryam go‘yo bulutlarni bos- mayotgandek, ohista, ularning ustida uchib yurgandek o‘z qismatiga peshvoz chiqmoq- da. Hali go‘dak Isoning nigohlari kattalar- nikidek jiddiy. U go‘yo kelajakdagi azob va o‘limni oldindan sezayotgandek. Onaning qarashlarida ham qayg‘u va xavotir bor. U oldindan nima bo‘lishini biladi. Shunga qaramasdan, o‘g‘lining hayoti evaziga Haq yo‘llari ochiladigan odamlar tomon oldinga intiladi. Yana bir mashhur rassom Rembrandt (1606–1669) yaratgan asarlar ichida eng mashhuri «Adashgan o‘g‘ilning qaytishi» rasmi edi. Injilda oilasini tashlab ketib, uzoq vaqt sanqib yurgan, barcha boyliklari tuga- gach, ortga qaytgan o‘g‘lini ota kechiradi va uyiga qabul qiladi. Rembrandt o‘z asarida ota va o‘g‘ilning uchrashuv paytini aks ettirgan. Adashgan o‘g‘il uy ostonasi oldida tiz cho‘kib turibdi. Yirtiq kiyim va sochsiz bosh o‘tgan umr kul- fatlaridan dalolat beradi. Keksayib ko‘r bo‘- lib qolgan otaning barmoqlari o‘g‘lining yelkasiga tegayapti. Qo‘l harakati bu dunyo- dan qariyb umidini uzgan odamning yorqin quvonchini va cheksiz muhabbatini aks et- tiradi. Uilyam Shekspir faoliyati – ... Leonardo da Vinchi faoliyati – ... Renessans – bu ... Utopiya – bu ... Download 7.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling