Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi
-mavzu: G‘ARBIY YEVROPADA YANGI DAVR
Download 7.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf Jahon tarixi (2019)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Renessans – Uyg‘onish
4-mavzu: G‘ARBIY YEVROPADA YANGI DAVR
MADANIYAÒINING SHAKLLANISHI Uyg‘onish davri madaniyati. Yangi davr boshlarida Yevropaning ko‘pgina mamlakatlari misli ko‘rilmagan madaniy yuksalishni boshi- dan kechirdi. Fan taraqqiyotidagi yutuqlar kishilarning olam haqi- http://eduportal.uz 23 dagi tasavvurlarini o‘zgartirib yubordi, madaniy aloqalarni kengayti- rishga imkon beradigan yangi ufqlar ochildi. Fan va san’atda ulkan o‘zgarishlar yuz berdi. Olimlar, ijodkorlar ideal va namuna izlab Antik davr madaniyatiga murojaat qildilar. Ilgari fan va adabiyot tili bo‘lgan lotin tili o‘rniga italyan, ispan, fransuz kabi xalq tillari rivojlandi. XVI asrda yashagan fransuz shoiri bu jarayonni o‘z she’rida shunday ifoda etadi: Men o‘tmishni o‘rganib, o‘zligimga yo‘l topdim, Nutqim bo‘ldi tartibli, so‘zlarim ko‘p ma’nolik. Men she’riyatdan tartib, musiqadan zavq topdim, Rimlik va yunon kabi fransuz bo‘ldi buyuk. Shu tariqa, XIV asrga kelib, avval unutib yuborilgan antik ma- daniyat qayta tiklana boshladi va bu jarayon Renessans – Uyg‘onish nomini oldi. Uyg‘onish Yangi davr bo‘sag‘asida turgan jamiyatning ma’naviy yangilanishida katta rol o‘ynadi. Insonning bu dunyodagi o‘z o‘rnini qayta anglashi, taqdirdan in’om kutib emas, faol yaratuv- chi bo‘lib yashash hissi yangi industrial sivilizatsiyaning shakllanishi- da asosiy omillardan biri bo‘ldi. Gumanizm. Uyg‘onish davrida insonga nisbatan munosabatlarda buyuk burilish yuz berdi. Odamlar hayotning quvonchlarini qadr- lashga o‘rgandi, tabiatga, jamiyatga, insonga yangicha qaraydigan bo‘ldilar. O‘rab turgan olamga ilohiy emas, dunyoviy, insoniy qarash tarafdorlari gumanist (humanus – insoniy) deb ataldi. Gumanistlar inson haqidagi O‘rta asrchilik tasavvurlarini rad etdi, ular har bir shaxsning noyobligi va qadrini ko‘rsatishga urindilar. Bilim va erkin fikr o‘ziga yo‘l ochib bordi. O‘rta asrlardagi ta’qib va cheklashlardan so‘ng fan va san’at diniy taqiqdan chiqdi. Gumanistlar dastlab cherkov tomonidan ta’qib qilindi, ularning asarlari yondirildi. Ammo XVI asrga kelib, ko‘plab ruhoniylar va hatto Rim papalari ham gumanizm g‘oyalari bilan qiziqib, gumanistlarga o‘z fikrlarini erkin bayon qilish imkonini berdi. Gumanizm XIV asr o‘rtalarida dastlab Ita- liyada paydo bo‘ldi. Keyinroq boshqa mamla- katlarda ham italyan gumanistlarining izdoshlari va tarafdorlari ko‘paydi. Angliyada ularning g‘oyalari dono siyosatchi va qirolning birinchi vaziri Òomas Mor (1478– 1535)ga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U o‘z asarida Download 7.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling